Danak mevali daraxtlarning teshik dog’lanish kasalliklari va ularga qarshi kurash choralari Kirish I. Asosiy qism


Download 42.57 Kb.
bet3/15
Sana16.06.2023
Hajmi42.57 Kb.
#1509081
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15
Bog'liq
Danak mevali daraxtlarning teshik dog’lanish kasalliklari va ularga qarshi kurash choralari

Sitosporoz


Kasallik urug’li va danakli meva ekinlarining novdalari va skelet shoxlarida po’stloqning nobud bo’lishini keltirib chiqaradi. Dastlab kasallik belgilari qora rakni eslatadi. Biroq keyinchalik po’stloqning ko’mirga aylanishi va bo’yalishi kuzatilmaydi. Po’stloq qizg’ish-jigarrang tusini saqlab qoladi va yog’ochlikdan qiyin ajraladi. Sitosporoz zararlangan joylarda po’stloq terisi ostidan chiqib turuvchi juda ko’p yarim sharsimon stromalar xosil bo’ladi.
Sitosporoz qo’zg’atuvchisi – Sphaeropsidalestartibiga mansub takomillashmagan zamburug’lar: CytosporacarphospermaFr., C. capitataSacc. etSchilz. (ikkalasi xam olmada), C. macrosporaRobernh (olma va nokda) va C. cydoniaeBud. atKab. (bexida).
C. carphospermaning stromasi ellipssimon yoki to’mtoq uchli, zaytunrangqora, asosida diametri 1,5 mm gacha, yuzaga qora og’iz-chali dumaloq yoki ellipssimon qora plastinka bilan (diametri 250-450 mkm) chiqib turadi. Xar bir stromada 15-18 kamera (piknida) mavjud bo’lib, ularda tupcha shaklida uzunligi
15-18 mkm bo’lgan konidiyabandlar joylashadi. Konidiyabandlarda o’lchami 4,56,5x1,5 mkm li sosiskasimon konidiyalar shakllanadi.
C. capitata ning stromasi konsentrik joylashgan ko’p kame-ralardan iborat. Uning o’lchami asosida 1,4-1,6 diametrli, balandligi 400-600 mkm; yuzaga qora og’izchali qavariqsimon qora plastinka bilan chiqadi. Konidiyabandlari tupsimon, konidiya-lari esa sosiskasimon, o’lchami 4-5,8x1,1-1,8 mkm.
C. macrosporako’p kamerali konussimon stromaga ega, asosida diametri taxminan 1,5 mkm, balandligi 600 mkm gacha, bitta qora og’izchali. Zaytunrangyashil devorli xar xil shakldagi kameralar 1,5-2 yarus bo’lib joylashadi. Konidiyabandlarining uzunligi 22 mkm, o’tkir uchli, shoxlangan, konidiyalari esa sosiskasimon, o’lchami 5-6,5x1,5 mkm.
C. cydoniae ning stromasi zaytunrang-qora, yarim sharsimon, dumaloq yoki ellipssimon asosli, diametri 1-1,5 mkm, so’rg’ich-simon yaltiroq qora og’izchali, konsentrik joylashgan dumaloqsimon yaltiroq kamerali. Konidiyabandlari ipsimon, uzunligi 20-35 mkm. Konidiyalari sosiskasimon, o’lchami 6,5x1,5 mkm. Ba’zan mazkur zamburug’lar Diaporthalestartibi, Valsaceaeoilasi, Valsa turkumiga kiritiluvchi xaltali davr xosil qiladi.
O’simliklarning zararlanishi mexanik shikastlangan joy orqali amalga oshadi. Ko’pincha sitosporoz qora rakning rivoj-lanishiga imkon beradi. Kasallik kuchli rivojlanganda daraxtlar vaqtidan ilgari nobud bo’ladi.

Download 42.57 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling