Danak mevali daraxtlarning teshik dog’lanish kasalliklari va ularga qarshi kurash choralari Kirish I. Asosiy qism


Download 42.57 Kb.
bet5/15
Sana16.06.2023
Hajmi42.57 Kb.
#1509081
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15
Bog'liq
Danak mevali daraxtlarning teshik dog’lanish kasalliklari va ularga qarshi kurash choralari

Fillostiktoz


Kasallik bog’lar gullagandan so’ng paydo bo’ladi va yoz o’rtalariga borib kuchli rivojlanadi. Asosan olma barglari, axyon-axyonda nok va bexi barglari xam zararlanadi. Ularda qo’ng’ir rangli dog’lar paydo bo’ladi, shu bois kasallikni ba’zan qo’ng’ir dog’lanish deb xam aatashadi. Ba’zan olma mevalari xam zararlanadi, ularda kichik, qo’ng’ir, biroz botiq quruq dog’lar (dia-metri 5-8 mm) kuzatiladi.
Kasallik qo’zg’atuvchilari – Sphaeropsidales tartibi, Phyillosticta turkumiga mansub takomillashmagan zamburug’lar, ular muayyan zamburug’ turi uchun xos bo’lgan kichikroq yoki kattaroq tipik dog’lar xosil qiladi.
Olmada ko’pincha barglarining Phyillosticta briardi Sacc. va Ph. Mali Pr. Et Del zamburug’lari bilan zararlanishi kuzatiladi. Birinchi xolatda och sariq dumaloq yoki biroz burchakli xoshiyasiz dog’lar (diametri 5 mm gacha), ikkinchisida – dastlab qo’ng’ir, keyinchalik kulrang, to’q jigarrang xoshiyali kichik dog’lar xosil bo’lish kuzatiladi. Nokda (ba’zan olmada) kasallik qo’zg’atuvchisi Ph. Pirina Sacc. xisoblanadi. U ko’pincha o’zaro qo’shilib ketadigan qo’ng’ir dumaloq yoki noto’g’ri shaklli dog’lar xosil qiladi. Bexida jigarrang dumaloq yoki noto’g’ri shaklli dog’lar ko’rinishidagi kasallikni Ph. Cydoniae Sacc. qo’zg’atadi.
Fillostiktozda dog’larda rangsiz bir xujayrali pikno-sporali qora piknidalar paydo bo’ladi. Ph. briardi da piknosporalar silindrsimon, o’lchami 4-5x4,5 mkm, Ph. mali da – tuxumsimon yoki ellipssimon, o’lchami 4-5x2,5 mkm, Ph. pirina da – silindrsimon, to’g’ri yoki egilgan, uzunligi 10 mkm.
Nam ob-xavoda zamburug’lar tashqariga shilimshik egri-bugri tasmasimon ko’rinishda chiquvchi piknosporalar bilan tarqaladi. Zamburug’lar to’kilgan barglarda piknidial davrda qishlaydi. Ba’zan kuzga borib zararlangan joylarda psevdotetsiy xosil qiladi, ularda xaltasporali xaltalar shakllanadi. Bunda ularni Dothideales tartibi, Mycosphaerella turkumiga kiritishadi. Kasallikning etkazadigan zarari barglarning vaqtidan ilgari qurishi bilan ifodalanadi, bu o’simlikning kuchsizlanishi va maxsuldorligining pasayishiga olib keladi.

Download 42.57 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling