Darija kiri
Download 0.51 Mb.
|
лирикаси ва унинг ўзига хос услуби
Yuzu xattining nasimidan chu toptim toza jon,
Vah, ne jonimg’a kerak emdi gulu rayhon isi60. Oshiq kо‘ngli zaxmli — yaralangan. Nima bilan yaralangan? Albatta, ishq paykoni bilan. Oshiq uchun esa ishqdan yoqimli holat yо‘q. Shu sababli, lirik qahramonga g’unchaning yoqimli atridan kо‘ra ham, kо‘ngliga sanchilgan, hatto qadi-miyligi va davomiyligidan zanglab ketgan paykon hidi qadrdonroq: G’uncha atrin xushlamasmen menki, kо‘nglum bog’ida Dark etarga о‘rganibmen zanglig’ paykon isi. Buning sababi aniq, chunki faqat ishqqina oshiqni asl maqsadiga yetkazuvchi, vaslga muyassar eltuvchi bukj va sirli vosita. Keyingi baytda xoli savdo - qora xol haqida fikr yuritiladi: Xoli savdosin, dema, kо‘nglung nega fosh ayladi Kim, yoshurg’on birla bо‘lmas mushkning pinhon isi. Baytda xol mushkka qiyoslanadi. Mushkni qancha yashirsang-da, hidi oshkor etadi. Tasavvuf lug’atlarida qora xol g’ayb olami ramzi sifatida izohlanadi61. Shundan kelib chiqib, shoir uni mushk bilan muqoyasa etadi. Chunki uni kо‘z bilan kо‘rmasangda, muattar bо‘yi sehri bilan seni о‘ziga jalb etadi. Xuddi shuningdek, kо‘nglingda mujassamlashgan g’ayb asro-rini ham sening ruhiy holating oshkor etib qо‘yadi. Keyingi baytda shoir boda timsolini qо‘llaydi. U ham ramziy ma’no kasb etadi. Bodani kо‘p istifoda etganda, kishi mayet bо‘lib yiqiladi. Uzini unutadi. Shoir shu holatdan ishq maqomi-ning yuqori darajasidagi ruhiy holatni ifodalash maqsa-dida foydalanadi. G’azalning maqta’si umumlashtiruvchi, ya’ni barcha aytilgan fikrlarga yasalgan xulosa vazifasini bajaradi. Ma’lum ma’noda, matla’dagi fikrga qaytish, uni eslatish maqomida turadi. Asarda shaklan raddul — matla’ san’ati qо‘llan-magan. Ammo shu san’at vazifasini shoir о‘zgacha sо‘zlar va obrazlar keltirish orqali amalga oshirgan: Guldin ul gulrux isin topqach Navoiy ochti kо‘z, Uylakim, YA’qub kо‘nglakdin maxi Kanyon isi. Ayniqsa, mazkur sо‘nggi baytda, Navoiyning g’azaldan kо‘zlagan muddaosi tо‘la yuzaga chiqadi. Shoir talmeh san’ati vositasida Yusuf qissasiga ishora qiladi: Yusufning kо‘yla-gini hidlagan otasi — Ya’qubning kо‘zi ochilganidek, ya’ni hodisaning mohiyatiga yetganidek, Gulda gul yuzli gо‘zallikning ramzini kurgan lirik qahramonning ham kо‘zi ochiladi. Ya’ni asl mohiyat nimada ekanligini anglaydi. Gulrux mahbuba vasliga yetishda oshiq uchun gul vosita vazifasini bajaryapti. Oshiq о‘zini unutgan edi. Gul ramzi orqali vaslga erishib, kо‘zi ochildi. Ya’ni asl mohiyatni angladi. Uning asosiy maqsadi ham xuddi shu edi. Navoiyning mazkur g’azaliga Rojiy Marg’iloniy ham nazira—muxammas yozgan. Uni tadqiq etgan adabiyotshunos olim R. Orzibekov shunday mulohaza bildiradi: "Rojiy Marg’ilo-niyning mazkur g’azalga hazaj bahrining hazaji musamman shaxobchasida yozgan62 muxammasidan bir bandi quyidagicha: Elga bargi aysh ekan har bir guli bо‘ston isi, Iskadim men g’am samumi birla gо‘yo kon isi Topmadim gulshan nasimidin magar hirmon isi, "Gar bahor el mona bо‘stondin gulu rayhon isi, Kelur ul rayhon ila guldin menga hijron isi ". Tazminli nazira muxammasning birinchi bandi bо‘lgan bu parchada qо‘shtirnoq orasidagi sо‘nggi 4- va 5- misralar Alisher Navoiyning shu radifli g’azalining matla’i bо‘lib, uning ustidagi uch misra Rojiyning о‘z tab’idandir"63. Ammo, shu о‘rinda, bir masalaga oydinlik kiritish lozim, deb hisoblaymiz. Risola muallifi muxammasdagi 4- va 5- misralar Navoiy g’azalining matla’si deya ma’lumot beryapti. Lekin Navoiyning g’azalida bunday bayt uchramaydi. Qо‘qon adabiy muhitida mazkur g’azalga nazira yozgan Amiriy, Uvaysiy, Furqat kabi ijodkorlar asarlarida ham bunday bayt keltirilmagan. Demak, Rojiyning mazkur tazminli muxammasi tо‘la ravishda shoirning mustaqil ijodi namunasidir. Amiriyning nazira g’azalida ham e’tibor, asosan, vaslga qaratiladi. Lirik qahramon vasldan masrur va shodmon. U asl maqsadga erishgan. Shu sababli, haqiqiy vaslga ishora qiluvchi turli ramzu majozlarni inkor etadi. Jumladan, 2-baytda sunbul, rayhon timsollariga kokil va xatni muqobillashtiradi. Shoir laff va nashr san’atini qо‘llab, sunbulu kokil, rayhonu xat timsollaridan о‘z fikrini ifoda-lash uchun foydalanadi. Sajjodiyning tasavvuf lug’atida zulf - kokilning turli izohlari beriladi. Shulardan birida: "Zulf — hech kim anglayolmaydigan g’oyiblik mohiyatidir"64, deyiladi. Amiriy lirik qahramoni yuqori maqomda turib, xuddi ana shu mohiyatga yetishni orzulaydi: Download 0.51 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling