Darija kiri


Download 0.51 Mb.
bet11/16
Sana03.11.2023
Hajmi0.51 Mb.
#1743152
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   16
Bog'liq
лирикаси ва унинг ўзига хос услуби

Sunbulu rayhon shamimin aylamasmen orzu,
Kim, tilarmen kokuli xatti abirafshon isi65.

Tasavvuf lug’atlarida vasl - Haqdan boshqa hamma mav-judlikni unutish ma’nosida talqin etiladi66. Amiriy g’azalida ham lirik qahramon ana shunday о‘zini va borliqni unutgan visol holatida:


Vasl ummidida erdim oxiri toptim murod,
Shukrilillah, kelmadi hargiz menga hirmon isi.
Vasl о‘lg’och yorga aydimki: hajringdur balo,
Aydi ul gul: vaslaro kelturmagil hijron isi.

G’azal mumtoz adabiyotga xos bо‘lgan kо‘pma’noli mazmunga ega. Zohiran qaraganda, bir gо‘zal dilbarga oshuftalik, vi­sol va hijron tuyg’ulari ifodalangandek kо‘rinadi. Ammo, botinan g’azal zamirida ramziy obrazlar vositasi bilan ishora etilayotgan teran ilohiy mohiyat mavjudligini ham anglash qiyin emas:




Yorga aydim: yuzu zulfung asirimen Amir,
Aydikim, keldi bu sо‘zdin kufr ila iymon isi.

Ma’lumki, tasavvufda yuz — ilohiy jamol tajallisi. Zulfning esa turli ma’nolari bor. Shunday ma’nolaridan biri Sajjodiy lug’atida quyidagicha izohlangan: "Dar "Istilohoti sufiya" omadaki, zulf kinoya az zulmati kufr ast"67. Ya’ni, "Sо‘fiy atamalari"da keltiri-lishicha, zulf — kufr zulmatiga ishoradir. Shunday ekan, yuqoridagi baytda shoir uslubidagi kо‘pma’nolilikka uning о‘zi ham ishora qilib ketayotganga о‘xshaydi. Chunki, zohiran majoziy, botinan esa ilohiy vasl holati о‘z ifodasini topgan. Bunday xulosaga kelishimizga asarda qо‘llanilgan ramzlar, timsollar va sо‘zlar tizimi ham asos beradi. Ayniqsa, yuz va zulfga, kufr va iymon sо‘zining zidlantirib qо‘llanishi bu mohiyatni yanada oydin-lashtiradi.


Uvaysiy she’riyati ruhiy tahlilning nihoyatda chuqurligi bilan ajralib turadi. Uning devonida ham "Isi" radif­li 7 baytdan iborat g’azal bor. U ham ramali musammani mahzuf vaznida yozilgan. Navoiy, Amiriy, Furqat g’azalla-ridan farqli ravishda unda fikr bir-biriga zid holat -vasl va hajr tuyg’usi haqida boradi.
Uvaysiyning hodisalarga yondashishi, talqin etishi о‘zi ga xos. Jumladan, ushbu g’azalda vasl holati tasvirga olingan va Lirik qahramon vaslga erishgan. Ammo, u "shodmonlikda g’am-ginlikni unutmang" aqidasiga amal qiladi.
Hozirda vasl og’ushida bо‘lsada, hijron haqida eslaydi. Uning riyozatlarini xotirlaydi. Unutmaydi. Ushbu. g’azalda shoira mahoratining ikki qirrasi kо‘rinadi:
1. Uzi yaratayotgan timsolning ichki olamini chuqur talqin eta olish;
2. Sо‘zlarni tanlash va qо‘llashdagi о‘ziga xos noyob iste’dodini namoyon eta olish.
Uvaysiy g’azalidan shoira kо‘zlagan muddao boshqa shoirlarning mazkur radifli asarlaridan farqlanmaydi. Ammo, uslub, mahorat, poetika nuqtai nazaridan keskin farqlanuvchi qirralar bisyor.
Avvalo, shoira asarida ayollarga xos teran mushohada yaqqol kо‘zga tashlanadi. Shoira uslubiga xos chuqur ruhiy tahlil, hayot mohiyati, inson ruhiyatini anglashga intilish, sо‘zlar zamiridagi hayotni, dardlarni uyg’otib qо‘llay olish san’ati yaqqol namoyon bо‘ladi. Ayniqsa, qofiya tarzida tanlangan sо‘zlar bu borada alohida ahamiyatga molik.
Ma’lumki, sportda g’alaba ta’minoti vujuddagi butun quvvatni, zarbani a’zolarning bir nuqtasiga — qо‘lga jamlay olish mahoratiga bog’liq. Nazarimda, she’rdagi qofiya xuddi shunday vazifani bajaradi. Unda ham she’rning butun quvvati jamlanadi va she’rxon qalbi mо‘ljalga olinadi. Qofiya uchun muvaffaqiyat bilan tanlangan ana shunday о‘tkir sо‘zlar she’r va shoir maqomini belgilovchi asosiy omil-lardan biridir. Mazkur g’azaldagi qofiyalar xuddi ana shun­day vazifani bajarishga bexato yо‘naltirilgan sо‘zlardir.
Shoiranyng mazkur g’azali nazira shaklida yaratilgan. Shu sababli, ma’lum ma’noda о‘zi ta’sirlangan g’azallarga noziklik bilan, sezdirmay о‘z munosabatini ham bildirib о‘tadi. Jumladan, Amiriy g’azalida ham ilohiy jamolga, ham majoziy dilbar qiyofasiga chizgilar yaqqol seziladi.
Yuqorida keltirganimizdek, vasl - Haqdan boshqa hamma narsani unutmoqdir. Ammo, Amiriy g’azali lirik qahramoni tabiatida bunday yuksak maqomdan chekinish holatlari kо‘rinib turadi. Undagi oshiq ba’zan о‘zini unutsa, ba’zan dunyoviy maqomi borasida ham faxr va kibr bilan eslaydi:



Download 0.51 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   16




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling