Darija kiri


Download 0.51 Mb.
bet14/16
Sana03.11.2023
Hajmi0.51 Mb.
#1743152
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   16
Bog'liq
лирикаси ва унинг ўзига хос услуби

Zamona kulfatidin bu kо‘ngul dog’ о‘ldi, dog’ о‘ldi,
Bu charxi bemuruvvatdin kо‘ngul dog’ о‘ldi, dog’ о‘ldi.
Jarohat bо‘ldi bag’rim tig’i bedodi raqiblardin,
Bu kо‘tohfaxm mardumdin kо‘ngul dog’ о‘ldi, dog’ о‘ldi43.

Uvaysiy lirik qahramoni atrofmuhitdan, zamondoshlaridan qanoatlanmaydi. Mazkur g’azalda kо‘ngullar tо‘qnashuvidan, ruhiy ziddiyatlardan tug’ilgan tuyg’ular о‘z ifodasini topadi. Shoira dunyoning, jamiyatning g’alayonli, tо‘fonli munosabatlari manzarasini ta’sirli chizib bera olgan.


Acap kо‘ngil jarohati haqida. U kuchli ruhiy g’alayon mahsuli. Uning sababchisi esa zamona kulfati, bemuruvvat charx, kaltafahm va yovuz sо‘zli kishilardir. Asar bu sitamgarlardan jarohatlangan kо‘ngil hayqirig’i bо‘lib dunyoga kelgan. Unda qofiya yо‘q. Shu sababli radifning ushbu she’rdagi о‘rni muhim maqomga ega. U lirik qahramonning butun fig’onu nolasini keng qamrovda о‘zida mujassamlashtirgan.
"Kо‘ngul dog’ о‘ldi, dog’ о‘ldi" jumlasi radif vazifasida kelgan. U lirik qahramon ruhiy holatining kulminatsiyasini ifodalay olgan. Shu sababli о‘quvchi e’tibori ushbu jumlaga qaratilgan. Lug’atlarda izohlanishicha, "dog’" sо‘zining bir nechta ma’nolari bor. Kuyuk, kuygan joy, qoralik, belgi, iz; qayg’u kabilar shular jumlasidandir. Uvaysiy iste’dodining tabiatidan kelib chiqib, g’azalda ushbu sо‘zning bir nechta ma’nosini nazarda tutib qо‘llaydi. "Dog’ о‘ldi" iborasi, birinchidan, lirik qahramon kо‘nglidagi zaxmu jarohat izlarini ifodalasa, ikkinchidan, kо‘ngilning g’am-u anduhda qovurilganligi, dog’langanligi haqida ham xabar beradi.
G’azal maqta’si quyidagi bayt bilan yakunlangan:


Ajab ash’ori mavzun bog’ladi Vaysiy hasaddinkim,
Umarxon zufununekim, kо‘ngul dog’ о‘ldi, dog’ о‘ldi44.

Bayt mazmunidan kо‘rinadiki, g’azal nazira sifatida yaratilgan. Biz Amiriy devonini kuzatib, uning "bо‘ldi" radifli bir g’azali borligini kо‘rdik. U quyidagi matla’ bilan boshlanadi:




Ajab yо‘ldur rahi ishqingda kо‘p dono zabun bо‘ldi,
Junun har kimga tugyon ayladi, ul zufunun bо‘ldi45.

E’tibor berilsa, keltirilgan ikkala baytning bir-biriga mutanosib jihatlari bor.


Avvalo, maqta’da shoira she’rning yozilish sababini kо‘rsatadi. Umarxon asaridan ta’sirlanib, uning donoligiga havaslanib, chuqur mazmunli she’r — "ash’ori mavzun" bog’laganini tan oladi va e’tirof etadi.
Ikkinchidan, ikkala baytda ham "ajab" va "zufunun" sо‘zlari uchraydi. Ular orqali shoira asari Umarxon g’azali ta’sirida yaratilganiga ishora borligini sezish qiyin emas.
Uchinchidan, ikkala g’azal ham hazaji musammani solim (mafoiylun — mafoiylun — mafoiylun — mafoiylun; V ---V-----V-----V-----) vaznida yozilgan. Ushbu о‘rinda Uvaysiy Amiriy ijodiga, uning shaxsiyatiga ham "zufunun" sо‘zi or­qali baho beradi.
Biz ikki g’azalni qiyosan о‘rganganimizda, Uvaysiy mahoratini yanada yaqqolroq kо‘ramiz. Amiriy g’azali 7 baytdan iborat. U ishqiy yо‘nalishdagi asar. Unda ishqning kirdikorlari, oshiqning ruhiy g’alayon-u holatlari о‘z ifodasini topgan. Shoir bir jumla bilan birinchi baytdayoq, bu masalani aksioma, tezis sifatida bayon etadi: Ishq shunday qudratki, u "kо‘p donolarni zabun" etadi. Uning yо‘ldoshi ju­nun esa kо‘plarni donoga aylantiradi. Asar oxirigacha shoir e’tibori dono — zabun — junun - zufununlik silsilasini oydinlashtirishga qaratilgan. Sо‘nggi baytda shoir oshiq kо‘ngli suratini chizib beradi: Uningcha, ishq dardiga mubtalo kо‘ngilda chandiqlar, tugunlar shunday rang-barangki, xuddi tovus kabi sernaqshdir:
Amiriy, tushti xattu xolidin kо‘nglumg’a savdoye,
Tugunlar kо‘ksuma tovusdek andin fuzun bо‘ldi46.

Yuqorida ta’kidlaganimizdek, g’azal hazaj bahrida yozil­gan. Zabun, zufunun, nilgun, xun, nigun, tugun, fuzun kabi sо‘zlar qofiya sifatida qо‘llangan. "Bо‘ldi" sо‘zi radif bо‘lib kelgan.


Uvaysiy g’azali Amiriy asariga javob tarzida yozilgan. Shoira sof oshiqona yо‘nalishdagi asardan ta’sirlanib, mazmun, g’oya, badiiy tasvir usullari qamrovi kengaygan, о‘ziga xos yangi asar yaratadi.
Amiriy oshiqning yoqimli, iztirobli dardlarini tasvirlaydi, Uvaysiy esa ishq kechinmalarini chuqur insoniy munosabatlar, ijtimoiy hodisalar tahlili bilan mutano­sib holatda ifodalaydi. Inson kо‘nglini anglash, tushunish muammolari bilan bog’liqlikda talqin etadi.
Biz mumtoz adabiyotning kо‘plab namunalarini kuzatib, ba’zan qofiyasi mukammal bо‘lmagan, ba’zan qofiyasiz yozil­gan ayrim baytlarga duch keldik. Ammo Uvaysiygacha bо‘lgan davrda, qofiyasiz yozilgan tugal asarni uchratmadik. Uvaysiy о‘zining kuchli mahorati tufayli she’rning asosiy unsurla-ridan biri hisoblangan qofiyasiz ham gо‘zal asar yaratish mumkinligini isbotladi. U qofiya qо‘llamasdan bir marom-dagi ohangni — ritmni yarata oldi . Uquvchi e’tiborini mu-him fikr-g’oya atrofiga jamlay bildi.
Filologiya fanlari doktori U. Tо‘ychiyev Uvaysiyning mazkur g’azalini quyidagicha baholaydi: "Demak bu g’azal (Uvay-siy "Kо‘ngul dog’ о‘ldi, dog’ о‘ldi..." - I.A.) an’anaviy qofiya nazariyasiga kо‘ra erkin yozilgan. Bu hol inqilobgacha bо‘lgan davrda "Oq she’r" yozishda birinchi urinishdir"47.
Ahmad Taroziy fikriga kо‘ra, uzbek adabiyotida ham qadimdan qofiyasiz she’r yaratish an’anasi mavjud. Uvaysiy ana shu unutilayozgan an’anani о‘zining noyob iste’dodi va takrorlanmas mahorati tufayli harora she’r misolida qayta jonlantirishga muyassar bо‘ldi.
Uvaysiy yetuk shoira sifatida shaklbozlikka, san’atpardozlikka qarshi edi. U asarlarida mazmun, fikr, g’oya muhim ekanligini e’tirof etgan о‘rinlar bor:



Download 0.51 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   16




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling