Darija kiri
Download 0.51 Mb.
|
лирикаси ва унинг ўзига хос услуби
Uvaysiy, qofiya tang о‘lsa ham mazmuni mahvashdin
Xayolin mahkam et, ayg’ilki: "Ehromingga sallamno/"46’ Adabiyotshunoslar fikriga kо‘ra, Uvaysiydan keyingi davrda Nihoniy, Usmon Nosir kabi shoirlar ijodida ham bunday she’rning ayrim namunalari uchraydi. Harora she’rlar keyinchalik, balki, adabiyotda oq she’r - erkin she’rlarning paydo bо‘lishiga zamin yaratgandir. Shoiraning mazkur she’rida ayrim sо‘zlar turli manba-larda turlicha shaklda yozilgan. Shu о‘rinda ba’zi mulohazala-rimizni bayon etib о‘tmokchimiz. G’azalning 5-bayti quyidagicha: Kо‘ngul qoni bu rohi diydadin bir lahza band о‘lmaz, Vujudim iztirob aylab, kо‘ngul dog’ о‘ldi, dog’ о‘ldi49. Ushbu baytdagi "bu rohi diydadin" jumlasining turlicha keltirilishi bizni о‘ylantirdi. U Uvaysiy asarlarining 1980 yilda chop etilgan nashrida ham (95-bet), Uzbek adabiyoti tarixi 5 jildligida (165-bet) ham xuddi shu shaklda yozilgan. 1963 va 1983 yillarda chop etilgan nashrlarda esa ushbu g’azal umuman berilmagan. Maktablar uchun mо‘ljallangan 10-sinf majmua-darsligida esa "farog’i diydadin" shaklida beriladi. Ammo, bizningcha, ushbu jumla"qarog’i diydadin" shaklida bо‘lishi lozim. "Shunda shoira aytmoqchi bо‘lgan fikr ham mukammal bо‘ladi. Chunki lug’atlarda "qarog’" sо‘zining ma’nosi "qо‘z qorachig’i" deb izohlanadi. "Diyda" — esa "kо‘z". "Band" sо‘zining turli ma’nolari bilan bir qatorda "tо‘xtatmoq" ma’nosi ham bor. Shunda misraning ma’nosi "Kо‘ngil qoni kо‘z qorachig’idan bir lahza ham tо‘xtamaydi" deb nuqsonsiz izohlanishi mumkin. Biz ishimizning mazkur qismida Uvaysiy g’azalchiligi-ning о‘ziga xos bir qirrasigagina tо‘xtaldik. Qofiya, qofiyaning she’riyatdagi о‘rni, unga shoiraning munosabati masalalari borasida fikr yuritdik. Ayrim xulosalarimiznigina bayon etdik. G’azal janrining tarixiy takomilida Uvaysiyning xizmatlari beqiyos. Bu haqda ishimizning keyingi qismlarida alohida tо‘xtalishni nazarda tutganmiz. Uvaysiyning ijodi hududsiz ummon. Iste’dodi esa takrorlanmas va noyob. Uni о‘rgangan sari tafakkurning teran hududlarini kashf etaveramiz. Uning mо‘jizalaridan hayratga tushaveramiz. XULOSA XIX asr о‘zbek adabiyotida shoiralar silsilasini boshlab bergan ijodkor shoira Uvaysiydir. Uning lirik she’rlaridan iborat devoni, “Shahzoda Hasan”, “Shahzoda Husayn”, “Voqeoti Muhammad Alixon” dostonlari adabiyotimiz tarixida muhim о‘rin tutadi. Uvaysiy ijodi undan keyingi shoiralar ijodi shakllanishiga sezilarli ta’sir kо‘rsatgan. Uning bir qancha she’rlari xalqning sevimli qо‘shiqlariga aylanib ketgan. Uvaysiyning A.Qayumov va E.Ibrohimova nashrga tayyorlagan nisbatan tо‘liq devoni ham 1959-yili О‘zbekiston Fanlar akademiyasi tomonidan chop etildi. Atoqli adabiyotshunos olim Aziz Qayumovning 1961 yili nashr etilgan “Qо‘qon adabiy muhiti” nomli kitobida Uvaysiy hayoti va ijodiga alohida fasl ajratilib, shoira asarlari atroflicha tahlil etib berilgan. Shoira asarlari 1963–1993-yillar davomida E.Ibrohimova, M.Qodirova, I.Qosimov, A.Valixonovlar tomonidan bir necha marta nashr etilib, adabiyot ixlosmandlarining sevimli mulkiga aylandi. Shoiraning Sharqshunoslik instituti fondida 1837-raqam ostida saqlanayotgan mukammal devoni “Shahzoda Hasan”, “Shahzoda Husayn” dostoni va tugallanmagan “Voqeoti Muhammad Alixon” dostonlari bilan birga qо‘shib kо‘chirilgan. Mazkur devonda 269 g’azal, 29 muxammas, 55 musaddas, 1 murabba va chistonlar о‘rin olgan. Shoira lirikasida asosiy о‘rinni ishq-muhabbat mavzusi egallaydi. Yuksak did va mahorat bilan yozilgan bu she’rlarda oshiq qalbning iztirobli kechinmalari о‘z aksini topgan. Mana bir misol: Z aboningni keturgil, ey shakarlab, tо‘ti guftora, Nechukkim marhamat bо‘lsun necha mendek dilafgora. Nigohing tashlag’il lutf aylabon, ey shо‘xi beparvo, Yulungda intizor о‘lg’on meni bul oshiqi zora. Yoki bо‘lmasa о‘ziga xos radifga ega bо‘lgan g’azaldan olingan mana bu parchaga e’tibor bering:
Vujudiy sham’i sо‘zon aylamakni mandin о‘rgandi. Borib sahrog’a qon bag’rimdin izhor ayladim bir kun, Falak bag’rin qizil qon aylamakni mandin о‘rgandi. Uvaysiy she’rlarida charx zulmidan, zamona ahlining johilligiyu nodonligidan shikoyat qilish ohanglari ham bot-bot uchrab turadi:
Bu charxi bemuruvvatdin kо‘ngul dog’ о‘ldi, dog’ о‘ldi... … Fano mardumlarini sirridin hech kimsa yо‘q ogoh, Qabih guftor mardumdin kо‘ngul dog’ о‘ldi, dog’ о‘ldi. Uvaysiy devonida bir necha chistonlar (she’riy topishmoq) ham mavjud. Uning anorga bag’ishlangan chistoni, ayniqsa, gо‘zal she’riy timsollari tufayli kо‘pchilik yodida saqlanib qolgan. Uvaysiyning ulug’ mumtoz shoirlarimiz Navoiy, Fuzuliy, Mashrab g’azallariga yozgan naziralari, bog’lagan muxammaslari ular maktabidan naqadar kо‘p saboq olganligini kо‘rsatib turadi. О‘z navbatida, Uvaysiy she’riyati ham undan keyingi davr shoirlari uchun ibrat maktabi bо‘lib qolmoqda. Istiqlol yillarida Uvaysiy hayoti va ijodini о‘rganish, ommalashtirish borasida sezilarli ishlar amalga oshirildi. Biz yuqoridagi fikr mulohazalardan kelib chiqib quyidagicha xulosalarga keldik. Birinchidan kirik janrlar takomilida shoira uslubining о‘ziga xos xususiyatlarini tahlil qilishga urindik. Ikkinchidan Uvaysiy ijodiga xos fard janri alohida tahlil qilindi. Uchinchidan Shoira ijodiga xos uslub an’anaviylik masalasi tadqiq etildi. Tо‘rtinchidan Nazira janrini yaratishdan shoira mahorati о‘rganildi. Beshinchidan. Uvaysiy ijodidagi chiston va g’azal janrining individualligi alohida tadqiq etildi. Xullas, Uvaysiyning hayoti uning о‘ziga xos uslubi hayotiyligi va gо‘zalligi bilan mumtoz adabiyotimizni boyitadi. Download 0.51 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling