Darija kiri


Download 0.51 Mb.
bet12/16
Sana03.11.2023
Hajmi0.51 Mb.
#1743152
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   16
Bog'liq
лирикаси ва унинг ўзига хос услуби

Gulshani ayyom eli yuz shukr farmonimdadur,
Kelmagay, yorab, bulardin vardi nofarmon isi.
Yorga aydim: yuzu zulfung asirimen Amir,
Aydikim, keldi bu sо‘zdin kufr ila iymon isi.

Shu sababli ham, Uvaysiy о‘z g’azali matlasida, bizningcha, "vasldan hijron isi keladi" deya salaflari fikriga munosabat bildirib о‘tadi. Chunki tasavvuf lug’atlarida "Hajr—Haqdan boshqaga zohiriy va botiniy iltifot"68, deya sharhlanadi.


Demak, shoira g’azalining 1-baytini Amiriy g’azalidagi oshiq holatining, ma’lum ma’noda, tanqidga olinishi deya qabul qilishimiz mumkin. Chunki Amiriyda vasl haqida sо‘zlanayapti. Ammo, dunyoviylikka iltifot unutilmayapti. Shu sababli, Uvaysiy о‘zining chuqur ma’noli e’tirozini ifodalayalti:


Keldi vaslingdin netaykim, bu kecha hijron isi,
Ul sabab erdi: tabassumdin kelur giryon isi69.

Ikkinchi misra birinchi misraning biz keltirgan talqini bilan bog’liq. Hazrati Maxdumi A’zam Dahbediy о‘zining "Ruboiylar sharhi risolasi"da sо‘zlash va kulishni shunday izohlaydi: "Bilgilki, sо‘zlash va kulishdan maqsad ul zotning gо‘zal ismlariyu sifatlarining solik qalbida tajalli qilishidur"70.


Demakki, vaslga mukammal erishilmagan ekan, tajalli ham tо‘liq bо‘lolmaydi. Shu boisdan Uvaysiy har bir solik va oshiqqa saboq bо‘luvchi chuqur mazmunli fikrni bayon etadi.
Uvaysiy sо‘zlarni nihoyatda donishmandlik bilan tanlaydi. Har bir sо‘z lirik obraz holatini inkishof etadi. Jumladan, "Ul sabab erdi: tabassumdin kelur giryon isi" birinchi baytning ikkinchi misrasi. "Yig’i aralash tabassum qilish"ning о‘zi she’rxonni lirik qahramon holatiga olib kiradi. Uning tuyg’ularini anglashga yaqinlashtiradi.
Yig’i ma’nosining, aynan, giryon sо‘zi orqali ifodalani-shining о‘zida ham, shoira nazarda tutgan chuqur mantiq borligini anglash qiyin emas. Bunday aniqlik bilan holat suratini chizib bera olish Uvaysiyning shoira sifatidagi о‘ziga xos mahorat qirralaridan biridir.
Amiriy g’azalida vaslga erishganlik haqida masrurlik bilan kuylanadi. Ammo, Uvaysiyda bu holat butunlay farq qiladi. Uning lirik qahramoni о‘zi kо‘tarilgan maqomdan qanoatlanmaydi.Amiriy asarida masrurlik ruhi ustuvor bо‘lsa, Uvaysiyda mahzunlik ustuvor.
Mashrab tal’atidagi ishq maqomining yuksakligini ta’kidlash maqsadida, rivoyatlardan birida, "Oh deganda nafaslaridan qovurilgan gо‘shtning bо‘yi kelardi", deyilgan. Uvaysiy g’azalining ikkinchi baytida ham xuddi ana shunday maqomdagi oshiq holati о‘ziga xos ifodasini topgan. Garchi u Majnun kabi, dili ishq g’ami bilan tо‘lgan bо‘lsada, la’-lining shavqida yurak-bag’ri qovurilgan, iztirobda. Mazkur baytda shoira sо‘zlarni turli ma’no tovlanishlarini e’tiborda tutib qо‘llagan. Jumladan, La’li sо‘zi Majnun bilan yonma-yon ishlatilganligi sababli Layliga ishorani ham bildiradi. Undan tashqari, la’lning lab ma’nosidan kelib chiqib, zohiriy ishtiyoq va ramziylik bilan bog’lab, kо‘ngildagi ilohiy tajalliga ehtiyojmandlik ma’nolarida ham qabul qilishimiz mumkin. Ikkinchi misradagi bag’ir va biryon sо‘zlaridagi undoshlar uyqashligi ohangdorlikni va maz-muniy mutanosiblikni ta’minlagan.
Ishqning ibtidosi oshiqlik, intihosi vasl. Ammo shoi­ra asarida vasl ishq intihosi emas, balki uni yanada olov-lantiruvchi chо‘g’ sifatida namoyon bо‘ladi. Lirik qahramon Majnun maqomidagi oshiq. Uning dili ishq g’ami bilan lim-mo-lim. Bag’ri esa tajalli shavqida qovurilgan. Oshiq о‘zining ushbu holatini gul ochilganda bulbulning xonishi yana­da avj olishi bilan qiyoslaydi. Vaslga yetganda ham ishqning otashin pardalarida fig’onu nolalari baralla taralishini ta’kidlaydi:


Gar tabassum etsa gul, bulbulga orom о‘lmagay,
Lablaring to xandadur, mendin kelur afg’on isi.

Mazkur g’azal zohiran qaraganda, oshiqning majoziy vasl va hajr tuyg’ulari izhori sifatida taassurot qoldiradi. Ammo, Uvaysiy uslubidan kelib chiqib, chuqurroq yondashsak, asar ilohiy ishq va tajalli falsafasini о‘zida mujassamlash-tirgan murakkab ramziy ma’nodagi asar ekanligini anglaymiz. Shoira orifona g’oyalarini ifodalashda kо‘p ramziy timsollarni qо‘llaydi. Vasl, tabassum, la’l, subh, rayhon, gul, bulbul, lab, Yusuf kabi timsollar shular jumlasidandir.


Mazkur asarning taraqqiyot tarixida Furqat tomonidan yaratilgan g’azal ham muhim о‘rin egallaydi. U 7 baytdan iborat. Asarning shakliy xususiyatlari salaflari ijodidagi kabi saqlangan. U Navoiy asaridagi 5 ta qofiyani qayta qо‘llagan (jonon, rayhon, qon, jon, xandon). Furqat g’azali salaflari asarlaridan juda katta farq qilmaydi. Ammo, undagi mahorat qirralari, tasvir uslubi о‘ziga xos va yangi-chaligi kо‘rinib turadi. Ayniqsa, bu jihat g’azalning sо‘nggi baytida yaqqol namoyon bо‘lgan. Mazkur baytda Navoiyda ham, Furqatda ham bir xil qofiya, radif (xandon isi), bir xil timsol qо‘llaniladi. Ammo shoirlarning individual yonda-shuvi natijasida badiiy ashyolar asarda turli vazifani bajarib keladi. Navoiyda og’iz va dur tishlar shabnam va ochil-gan g’unchaga tashbehlanadi. Bu yerda shoirning tashbeh uchun tanlagan ashyolarining nihoyatda mutanosibligi kо‘rinadi. Oppoq, durdek tishlar marvarid yanglig’ shabnam donalariga, og’iz esa tabassumga shaylangan g’unchaga qiyoslanadi. Fur­qatda esa mazkur "xandon isi" qofiya va radif butunlay boshqa - ijtimoiy mazmun va mundarija kasb etadi. Shoir jahon ayvonidagi nomukammallik va noqisliklardan iztiroblanish tuyg’ularini ifodalash uchun foydalanadi:


G’ussadin qon yutmayin naylay, jahon gulzoridin,
Topmasam shо‘rida, Furqat, bir guli xandon isi71.

Ushbu bayt shoir g’azalida eng sо‘nggi - 7 bayt bо‘lib kela­di. U asar g’oyasining kulminatsion nuqtasi vazifasini bajaradi. Holat tavsifiga bag’ishlangan g’azal sо‘nggi baytda dunyo va insoniyat ma’naviyatiga nisbatan keskin isyonni о‘zida mujassamlashtirgan ijtimoiy, umumbashariy mohiyatga ega bо‘ladi.


Gon Navoiy g’azali ta’sirida yaratilgan mazkur "Isi" radifli asarlar uzbek mumtoz adabiyetida, xususan, Qо‘qon adabiy muhitida an’ana va novatorlik masalasini, ularning о‘zaro munosabatini aniqlashda muhimdir. Kuzatuvimiz shuni kо‘rsatadiki, bir xil mavzuda, bir xil vaznda, bir xil radifda yaratilgan bо‘lishiga qaramasdan, har bir ijodkor qalamidan chiqqan asar о‘ziga xos yangi ijod mahsuli sifatida dunyoga keladi. Unda har bir ijodkorning tafakkur tarzi, dunyoqarashi, falsafiy mushohadalari о‘z ifodasini topadi. An’anaviylikning saqlanishi bilan birga mavzuga yangicha yondashuv, yangicha tasvir tizimi kо‘zga tashlanadi. Ular bir-biriga о‘xshashi bilan birga, davr ruhini, uning muammolarini yoritish, tasvirlash prinsiplari bilan farqlanib turadi. Shu sababli, har bir ijodkor yaratgan asardagi mazmun, fikr, g’oya, tasvir tamoyillarida taraqqiyot belgilarini kuzatamiz. Mazkur g’azal Navoiy tomonidan yaratilgan oshiqona yо‘nalishdagi asardan tasavvufiy va nihoyat ijti-moiy yо‘nalishdagi g’oyalarni о‘zida mujassamlashtirgan, keng qamrovli asar maqomigacha bо‘lgan taraqqiyot bosqichlarini bosib о‘tganligini kuzatishimiz mumkin.
Demak, kо‘rinadiki, "...nazira va tatabbu’ she’rlar bitish uzbek adabiyotining ilg’or vakillari ijodida dastlabki davrlardan boshlaboq, о‘zida yangilikka bо‘lgan intilishni ifodalovchi vosita sifatida qо‘llanilgan"72. Tazmin usulida yaratilgan g’azallarda an’anaviylik bilan birga har bir shoirning о‘ziga xos individual qirralari, dunyoqarash va fikrlash tarzi ham namoyon bо‘lgan. Tazmin, nazira, tax-mis usullari shunchaki taqlidchilik emas, balki ular har bir iste’dodli ijodkor uchun ulkan mahorat maktabi vazifasini bajargan.

Download 0.51 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   16




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling