Darija kiri
Download 0.51 Mb.
|
лирикаси ва унинг ўзига хос услуби
Topdi bu kо‘ngul zarraye Layli xabaridin,
Kon bо‘ldi yurokim mani Majnun hunaridin, Farhod kutuldi о‘lubon dardi saridin, Mingdin bir emas uA yurokim zaxmlaridin, Har nechaki tog’ bag’rini zaxm ayladi Farhod56. Shoira she’riyati ishq, oshiq va ma’shuqa tabiati talqini jihatidan yuksak pardalarda turadi. Uvaysiyning mahorati, ayniqsa, sо‘nggi bandda yaqqol namoyon bо‘ladi. Band-ma-band kо‘tarilib borayotgan ruhiy tugyon bu yerda eng yuqori nuqtaga yetadi. Navoiy baytiga shoira tomonidan bog’langan misralardagi lirik qahramon misolida biz endi tabiatan latofatli, tuyg’ulari nozik ayolga emas, balki shiddatli, mardona oshiq timsoliga duch kelamiz: Kim jur’ayi may ichmasa, mastonalig’ etsa, Bir chug’zdek obod aro vayronalig’ etsa, Vays egri kо‘yub bо‘rkini mardonalig’ etsa, Ne ayb Navoiy kibi devonalig’ etsa, Har odamening yori agar bо‘lsa parizod51. Mazkur bandda may, kо‘ngil, oshiq va yor timsollari bor. Ularning barchasi bir-biri bilan aloqador. Yor - bosh sabab. Uning parizod kabi gо‘zalligi oshiq kо‘nglida ishqni alangalatgan. U bir qultum may ichmagan, ammo ishq sharobidan sar-xush. Ushbu о‘rinda ishq may ramzi vositasida talqin etilgan. U oshiqni bexudlik maqomiga kо‘taradi. Ishq tо‘foni ta’sirida kо‘ngilni ixtiyorsiz vayron etadi. Ishq tafti natijasida jur’atli, devonavor, mardona oshiqqa aylanadi. Sо‘nggi bandda lirik qahramon tabiatidagi tо‘fon noyob talqinda yuzaga chiqqan. Shoira qо‘shgan har bir misrada ishqning vayronkorona qilmishi nihoyatda aniq tasvirlab berilgan. Qо‘llangan har bir sо‘z zamiridagi shiddat о‘z jarangini namoyon eta olgan. Misrama-misra tasavvurimizda shiddatkor, bexud, majnunvash oshiq timsoli gavdalanib boraveradi. Shoira va Navoiy misralari shakl, mantiq va ruhiy tugyon nuqtai nazaridan yaxlitlikka erishadi. Bu Uvaysiy mahoratining, shu о‘rinda, navoiyvor maqomga kо‘tarila ol-ganini kо‘rsatadi. Shoira lirik qahramoni xarakteri, ayniqsa, ustozining "utru" radifli g’azaliga bog’lagan muxammasida kamolot bosqichiga kо‘tariladi. G’azal boshdan oxirigacha tazod — qar-shilantirish san’ati asosida yaratilgan. Shoira bu san’at-ni о‘z taxmisida ham saqlab qolishga erishgan. Ushbu san’at lirik qahramon ruhiy tovlanishlarini, ruhiy ziddiyatla-rini ifodalashda qо‘l kelgan. Olamning taraqqiyoti qarama-qarshiliklar kurashi qonuniga bog’liq. Inson ruhiy ziddi-yatlarini — foniylik va boqiylik kurashini yengib о‘ta ol-sagina haqiqatni tushunadi. Haqqa yetishadi: Qо‘ysa kim ishqqa kadam, vahki gado bо‘lg’usi shoh, Sham’ bо‘lsa agar ul bо‘lg’ay ikki olama moh, Ochilur faqru fanodinki, Xudo sorig’a roh, "Ul quyosh hajrida otsang kechalar novaki oh, Holadek charx tutar daf’ig’a qalqon utru"58. Shoira ushbu bandda ishq va oshiqlik haqidagi о‘z qarash-larini ravshan ifoda etadi. Oshiq va gado. Oshiqning maq-sad manzili bitta. U visol talab etadi. Shoh va gado . Shoh-ning maqsadi olamda biser. U mol-davlat, yurt, dunyo g’amida qayg’uradi. Ammo ishq yо‘liga qadam qо‘yib oshiqqa aylani-shi bilan u bisyorlikni — juzvni unutadi. Intilishi yagonalikka — kullga yо‘naladi. Shoh va gado — ikki qarama-qarshi qutb. Ammo, ularni ishq yо‘li birlashtiradi. Orasi-dagi farqni, ziddiyatni yо‘qotadi. "... Ochilur faqru fanodinki, Xudo sorig’a roh". Xо‘sh, diydoriga yetkazuvchi faqirlik nima? "Faqr" sо‘zining lu-g’aviy ma’nosi kambag’allik. Falsafiy ma’nosi-chi? Faqr faqat yо‘qsillik ma’nosini ifodalamaydi, u moddiy ehti-yojsizlikni, botiniy hurlikni, axloqiy kamolotni ham anglatadi. Demak, shoira "faqru fano Xudo sorig’a yо‘l ochar" deganda xuddi ana shu axloqiy kamolot kо‘shkiga kо‘tarilgan, Ollohdan о‘zga barcha moddiylikka ehtiyojsiz komil inson yо‘lini nazarda tutgan. Uvaysiy Navoiyning yana bir "G’araz" radifli g’azaliga ham taxmis bog’lagan. G’azal falsafiy — orifona yо‘nalishda. Olti baytdan iborat. Unda shoir ishq, oshiq va mahbuba bilan aloqador ayrim timsollar mohiyatini sharhlash yо‘li-dan boradi. Jumladan, quyosh vasfi — oy yuz madhi, obi hay-von — shakarlab, jannat suvida quyosh jilvasi - qо‘zgu ichidagi chehra aksi, Farhod tog’i va teshasining zaxmi — dardu mashaqqatdan ezilgan jism, umr vafosizligi - jafokor shо‘x. Parallel keltirilgan predmet va hodisalar inson um-rining mohiyatini, yashash tarzini va sababini tashkil eta-di. Demak, bu qisqa misralarda Navoiy olam va odamning yaratilish sababi va yashashdan maqsadi mohiyatini yoritish-ni niyat qilgan. Bu g’azaldagi talqin shoir lirikasidagi timsollar mohiyatini anglashimizda sharh, ochqich vazifasini bajaradi, deb о‘ylaymiz. Uvaysiy va Navoiy lirik qahramonining dunyoni angla-shida mutanosiblik, yaqinlik bor. Shu sababdan, Uvaysiy ustozining mazkur g’azaliga taxmis bog’laydi. Shoira qо‘shgan misralar natijasida mazkur asar shakl va mazmun jihatdan yanada mukammallashadi: Download 0.51 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling