Daromadlar tengsizligi vujudga kelishining ijtimoiy jihatlari uning sabablari Kirish


Download 368.1 Kb.
bet7/11
Sana13.05.2023
Hajmi368.1 Kb.
#1457262
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
Daromadlar tengsizligi vujudga kelishining ijtimoiy jihatlari uning sabablari

Jini koeffitsiyentiga asoslangan holda mamlakatimiz va boshqa mamlakatlardagi tengsizlik darajasi taqqoslab ko‘rilsa, birlamchi xulosa taxminan quyidagicha bo‘lishi mumkin: O‘zbekistonda tengsizlik darajasi boshqa davlatlarga nisbatan ancha past darajada; pandemiya davridagi o‘sishni hisobga olmaganda, so‘nggi yillarda umuman o‘smagan. Ma’lumot o‘rnida aytib o‘tish joizki, jini koeffitsiyenti mamlakatni boshqa davlatlarga nisbatan qay darajada farovonroq ekanligini emas, balki mamlakatdagi jami daromadning qanchalik teng (yoki noteng) taqsimlanganligini ko‘rsatadi.

Rasmiy statistikaga ko‘ra, 2017 yildan boshlab qaytadan rasmiy ravishda e’lon qilina boshlagan jini koeffitsenti 2020 yilgacha hech qanday o‘zgarishga uchramagan va 0,26 darajada saqlanib qolgan (1 ga yaqin ko‘rsatkich tengsizlikning yuqori darajasi, 0 ga yaqin shakllangani esa tengsizlikning past darajasini anglatadi). 2020 yilgi pandemiya mamalakatimizda tengsizlik darajasining oshishiga olib kelgan (yoki tengsizlikning o‘sayotganligi statistikada yaqqol ko‘zga tashlana boshlagan). Biroq, 2021 yildan keyingi davrda jini koeffitsenti pasayib borayotganligini kuzatish mumkin.

Hozirgi holatda mamlakatimizdagi tengsizlik darajasi rivojlangan dunyo, Afrika yoki Lotin Amerikasi mamlakatlari bilan taqqoslaganda sezilarli darajada past hisoblanadi. Biroq, o‘rinli savol tug‘iladi: bu mamlakatimizda daromadlar taqsimoti bilan hammasi joyida ekanligini anglatadimi?

Nazarimda, tengsizlikni o‘lchash mumkin bo‘lgan boshqa usullardan foydalanish va mos ko‘rsatkichlarni tahlil qilish mamlakatimizda qanday tendensiya kuzatilayotganligini yanada yaxshiroq va chuqurroq tushunish imkonini beradi. Buning uchun daromadlar shakllanishi bo‘yicha hududlararo tafovutlar, ish haqi miqdorining sohalar kesimida qanday o‘zgarayotganligi hamda turli daromad guruhlarining jami daromaddagi ulushi qanday o‘zgarib borayotganligini tahlil qilish maqsadga muvofiq.

Daromadlar shakllanishi bo‘yicha hududlararo farqlar

Daromadlar shakllanishida hududlar o‘rtasidagi mavjud farqlar bir nechta omillar bilan izohlanadi. O‘zbekiston misolida hududni harakterlovchi asosiy tabiiy boyliklar hamda mazkur hududga hukumat tomonidan qaratilgan e’tibor (investitsiyalar, infrastruktura va h.k.) daromadlar shakllanishi va bu borada hududlar o‘rtasidagi farqlarning kelib chiqishida hal qiluvchi omillar bo‘lib hisoblanadi. Xususan, aholi jon boshiga umumiy daromad darajasi bo‘yicha respublikada yetakchi bo‘lgan ikki hudud — Navoiy viloyati hamda Toshkent shahri yuqoridagi omillarning ta’siri qay darajada ekanligiga yaqqol misol bo‘la oladi. Biroq, qayd etish joizki, «yangi davr» boshlanishidan oldin mazkur hududlardagi daromadlar darajasi ham boshqa hududlarnikidan sezilarli farq qilmas edi.


Download 368.1 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling