Dars №1 Darsning mavzusi: Kirish Darsning maqsadlari
Ozuqa moddalarining parchalanishi natijasida ajralgan ehergiya nimalarga sarflanadi? 2
Download 1.79 Mb.
|
9-конспект
- Bu sahifa navigatsiya:
- Darsning mavzusi: Energiya almashinuvi bosqichlari Darsning maqsadlari
- Kompetensiyaviy maqsad
- Reja asosida dars bosqichlari
1.1 Ozuqa moddalarining parchalanishi natijasida ajralgan ehergiya nimalarga sarflanadi?
2.1 Dissimilatsiya jarayonining energiya almashinuvi deb ataUshini tushuntiring. Uyga vazifa: Mavzuni o`qib organish Ko`rildi : O`TIBDO`: _______________ Fan: Biologiya 9A,B- Sinf Sana:______________ DARS № Darsning mavzusi: Energiya almashinuvi bosqichlari Darsning maqsadlari:A) Ta`limiy: O`quvchilarga Energiya almashinuvi bosqichlari haqida tushuncha berish. B) Tarbiyaviy: O`quvchilarni kitobga bo`lgan mehrini oshirish V ) Rivoj lantiruvchi: O`quvchilarda mustaqil fikrlash qobiliyatini rivojlantirish Kompetensiyaviy maqsad : O`quvchilar haqidagi bilimlarni bilishi Dars turi: A) Yangi bilimlarni o'zlashtirish darsi Dars uslubi: a) og'zaki b) ko'rgazmali Darsning usuli: suhbat, bahs, test inovi Darsning jihozi: Darslik, ko`rgazma DARSNING BORISHI:
Achish jarayonida energiya almashinuvi odatda uch bosqichga bo'linadi. Bi-rinchi tayyorgarlik bosqichi bo'lib, unda murakkab uglevodlar, yog'lar, oqsillar — glukoza, glitserin va yog' kislotalari, aminokislotalarga; nuklein kislota-larning katta molekulalari esa nukleotidlarga parchalanadi. Bu reaksiyalarda kam miqdorda energiya ajraladi va ular issiqlik energiyasi sifatida tarqalib ketadi. Ikkinchi bosqich — to'liqsiz yoki kislorodsiz parchalanish bo'lib, mikroorganizmlar-ning hujayralarida kechadigan jarayonlarga nisbatan qo'llaniladi. Bu bosqichda moddalarning fermentlar ishtirokida parchalanishi yana davom etadi. Masalan, mushaklarda anaerob nafas olish tufayli glukoza molekulasi 2 molekula sut kislotasigacha parchalanadi. Glukozaning parchalanish reaksiyalarida fos-fat kislota va ADF ishtirok etib, ulardan parchalanish natijasida ajralgan energiya hisobiga ATF molekulalari hosil bo'ladi. Achitqi zamburug'larida glukoza molekulasi kislorodsiz sharoitda etil spirti va karbonat angidridgacha parchalanadi. Bu jarayon spirtli achish deb yuritiladi. Boshqa mikroorganizmlarda glikoliz jarayoni atseton, atsetat kislota va boshqalarni hosil qilish bilan tugaydi. Barcha hollarda glikoliz reaksiyalari bir molekula glukozaning parchalanishi 2 molekula ATFni hosil qilish bilan boradi. Glukozaning kislorodsiz sharoitda sut kislotagacha parchalanishi tufayli ajralib chiqayotgan energiyaning 40%i ATF tarkibida to'planadi, qolgani esa issiqlik energiyasi sifatida tarqalib ketadi. Energiya almashinuvining uchinchi bosqichi — aerob nafas olish yoki kislorodli parchalanish deb ataladi. Energiya almashinuvining bu bosqichi fermentlar yordamida tezlashtiriladi. Hujayrada oldingi bosqichda hosil bo'lgan moddalar kislorod ishtirokida oxirgi mahsulotlar — C02 va H20 gacha parchalanadi. Kislorodli nafas olish jarayonida juda katta miqdorda energiya ajralib chiqadi va ular ATF molekulalarida to'planadi. Ikki molekula sut kislotani kislorodli sharoitda to'liq parchalanishida 36 molekula ATF hosil bo'ladi. Demak, hujayrani energiya bilan ta'minlashda aerob nafas olish asosiy vazifani bajaradi. Barcha tirik organizmlar energiyani olish turiga qarab ikkita katta: avtotroflar va geterotroflar guruhiga bo'linadi. Avtotroflar anorganik moddalardan hayot faoliyati uchun zarur organik moddalarni hosil qiluvchi organizmlardir. Bularga deyarli barcha yashil o'simliklar, suv o'tlari, ba'zi bakteriyalar kiradi. Avtotrof organizmlar qaysi energiya manbaidan foydalanishiga qarab ikki guruhga: fototrof va xemotrof-larga bo'linadi. Fototroflar quyosh energiyasidan, xemotroflar esa kimyoviy reaksiyalar natijasida ajralib chiqadigan energiyadan foydalanadi. _____________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________ Download 1.79 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling