Dars №1 Darsning mavzusi: Kirish Darsning maqsadlari


Download 1.79 Mb.
bet49/111
Sana08.05.2023
Hajmi1.79 Mb.
#1443745
1   ...   45   46   47   48   49   50   51   52   ...   111
Bog'liq
9-конспект

Avtotrof hujayralar. Bu guruh hujayralari organik moddalarni anorganik birikmalardan (СO2, Н2O va h.k) sintezlay oladi. Energiyasi kam shu moddalardan hujayralar glukoza, aminokislotalarni keyin esa murakkabroq birikmalarni: murakkab uglevodlar, oqsil kabi moddalarni sintezlaydi. Organik birikmalarni anorganik birikmalardan to‘g‘ridan to‘g‘ri avtotroflar deb ataladi. Yer yuzidagi asosiy avtotroflar
yashil o‘simliklarning hujayralaridir. Mikroorganizmlarning ma’lum bir guruhi ham avtotrof yo‘l bilan oziqlanadi.
Geterotrof hujayralar. Geterotorof hujayralar anorganik moddalardan organik moddalarni sintezlay olmaydi. Bunday hujayralar tayyor organik moddalarga ehtiyoj sezadigan hujayralar geterotrof hujayralar yoki geterotroflar deb ataladi. Fotosintez. Quyosh nuri ta’sirida o‘simliklarning yashil barglarida karbonat angidrid bilan suvdan murakkab organik birikmalar hosil bo‘lishi fotosintez deb ataladi. O‘simliklarning fotosintez jarayoni yer yuzida quyosh energiyasini organik birikmalarning kimyoviy energiyasiga aylantiruvchi birdan-bir vosita hisoblanadi.
O‘simliklarning kosmik ahamiyati ham ana shundadir. Bu jarayonda hosil bo‘ladigan organik birikmalar tirik organizmlar uchun ozuqa va energiya manbai bo‘lib xizmat qiladi. Shu bilan birga fotosintez jarayoni atmosferani erkin kislorod bilan ham boyitadi. Fotosintez jarayonini o‘rganish qishloq xo‘jalik ekinlaridan mo‘l hosil olishga ham imkon yaratadi. Yashil o‘simliklar fototrof organizmlar hisoblanadi. Ular hujayradagi xloroplastlarda to‘plangan xlorofill pigmenti yordamida yorug‘lik energiyasini kimyoviy energiyaga aylantiruvchi fotosintez jarayonini amalga oshiradi. Fotosintezning umumiy reaksiya tenglamasi
quyidagicha: 6СO2 + 6Н2O = С6H12O6 + 6O2.
Bu jarayon davomida anorganik moddalar – uglerod (IV)-oksid va suvdan energiyaga boy modda – glukoza (C6H12O6) hosil bo‘ladi. Fotosintez yorug‘lik va qorong‘ilik bosqichlariga ajratiladi. Fotosintez organik birikmalar va kislorodni yetkazib beradigan birdan-bir manbadir. Fotosintezning umumiy mahsuldorligi nihoyatda yuqori bo‘lib, Yer yuzidagi o‘simliklar har yili juda ko‘p uglerodni o‘zlashtiradi. Natijada har yili
bir necha milliard tonna organik moddalar sintezlanadi. O‘simliklarning yashil barglari ularga tushadigan quyosh energiyasining 1 foizini fotosintez uchun sarflaydi. Tarkibida xlorofill pigmenti bo‘lmagan ayrim bakteriyalar ham organik birikmalarni hosil qilish qobiliyatiga ega. Ular anorganik moddalarning kimyoviy reaksiyasi tufayli hosil bo‘lgan energiyadan organik moddalarni sintez qilish uchun foydalanadi.

Download 1.79 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   45   46   47   48   49   50   51   52   ...   111




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling