Dars №1 Darsning mavzusi: Kirish Darsning maqsadlari


Download 1.79 Mb.
bet36/111
Sana08.05.2023
Hajmi1.79 Mb.
#1443745
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   ...   111
Bog'liq
9-конспект

S

1

2

3

4

5

6

7

8

9

10

11

12

13

14

15

J














































Uyga vazifa: Mavzuni o`qib organish
Ko`rildi: O`TIBDO`: _______________
Fan: Biologiya 9A,B- Sinf. Sana :_______________ DARS № 26
Darsning mavzusi:23- §. Lipidlar
Darsning maqsadlari:A) Ta`limiy: O`quvchilarga lipidlar haqida tushuncha berish. B) Tarbiyaviy: O`quvchilarni vatanga muhabbat ruhida tarbiyalash V ) Rivoj lantiruvchi: O`quvchilarda mustaqil fikrlash qobiliyatini rivojlantirish
Kompetensiyaviy maqsad : O`quvchilar lipidlar haqidagi bilimlarni bilishi
Dars turi: A) Yangi bilimlarni o'zlashtirish darsi Dars uslubi: a) og'zaki b) ko'rgazmali
Darsning usuli: suhbat, bahs, aqliy hujum, muzyorar
Darsning jihozi: Darslik, ko`rgazma, kompyuter, test varaqlari
DARSNING BORISHI:



Reja asosida dars bosqichlari

Saflangan vaqt

1

Tashkiliy qism, sinfda psixologik iqlim yaratish

5 minut

2

O`tilgan mavzuni so`rash

10 minut

2

Yangi mavzuni bayoni

20 minut

3

Mustahkamlash va baholash

7 minut

4

Uyga vazifa berish

3 minut

Suvda erimaydigan organik birikmalar lipidlar yoki yog'lar deb ataladi. Bu guruhga mansub birikmalar turli-tumanligi bilan ajralib turadi. Bulardan keng tarqalgani oddiy lipidlar — neytral yog'lardir. Hayvonlarning neytral yog'lari — yog'lar, o'simlik yog'lari esa — moylar deb ataladi. Moylar odat-dagi haroratda suyuq bo'ladi.


Yog'larning hujayradagi asosiy vazifasi energiya manbai sifatida namoyon bo'lishidir. Yog'larning kaloriyasi karbonsuvlarga nisbatan 1,5—2,0 barobar yuqori bo'ladi. 1 g yog'ning to'liq parchalanishi natijasida 38,9 kJ energiya ajralib chiqadi. Hujayradagi yog'ning miqdori 5—15% atroftda bo'ladi. Yog' to'qimalarining hujayralarida yog'ning miqdori 90% gacha boradi. Qishki uyquga moyil bo'lgan hayvonlar organizmida yog'lar ortiqcha miqdorda to'planadi. Umurtqali hayvonlarning teri ostida ham yog'lar to'planib, u is-siqni saqlash vazifasini bajaradi. Yog'larning parchalanishidan hosil bo'ladigan moddalardan biri suvdir. Bu metabolik suv cho'l hayvonlari uchun o'ta ahamiyatli hisoblanadi. Tuya o'rkachida to'plangan yog' energiya manbai emas (ko'pincha shunday noto'g'ri tushuncha mavjud) balki suv manbai hisoblanadi. O'simliklarning urag'larida ham moylar zaxira modda sifatida ko'p miqdorda to'planadi. Bularga moyli o'simliklardan kunga-boqar, zig'ir, g'o'za, soya, maxsar va boshqalarni misol qilib ko'rsatish mumkin.
Oddiy lipidlar kimyoviy jihatdan glitserin va yog‘ kislotasidan iborat. oddiy lipidlarning yana bir vakili hayvonlar bu moddadan suvni yuqtirmaslik maqsadida foydalanadi. Mumdan, asalarilar uya quradi.
Tirik organizmlarning hujayralarida murakkablipidlar ham muhim ahamiyatga ega. Murakkab lipidlar tarkibida glitserin va yog‘ kislotasidan tashqari qo‘shimcha birikmalar bo‘ladi. Bulardan biri fosfolipidlar bo‘lib, hujayra membranalari tarkibiga kiradi. ular membranalarni hosil bo‘lishida muhim ahamiyatga ega hisoblanadi. Lipidlar oqsillar bilan birikib lipoproteinlarnihosil qiladi. Lipoproteinlar transport (tashish) va qurilish (membranalarni) vazifasini bajaradi.
Murakkab lipidlarga glikolipidlarham taalluqlidir. Bular hujayra membranalari tarkibida uchraydi. Lipidlarga yana bir guruh moddalar steroidlar ham kiradi. ular o‘simlik va hayvon organizmlarida keng tarqalgan. organik kislota va ularning tuzlari, jinsiy gormonlar, vitaminlar, xolistirol va boshqalar shular jumlasidandir.
Bular bir qator muhim fiziologik va biokimyoviy jarayonlar bilan bog‘liq bo‘lgan vazifalarni bajaradi.

Mustahlamlash uchun savollar:




1.Qanday birikmalar lipidlar deb ataladi?
2.Yog‘lar organizmda qanday vazifalarni bajaradi?
3.Lipidlar qanday xillarga ajratiladi?
4.Oddiy va murakkab lipidlarga misollar keltiring.
Uyga vazifa: Mavzuni o`qib organish
Ko`rildi: O`TIBDO`: _______________



Download 1.79 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   ...   111




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling