Dars №1 Darsning mavzusi: Kirish Darsning maqsadlari


Download 1.79 Mb.
bet38/111
Sana08.05.2023
Hajmi1.79 Mb.
#1443745
1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   ...   111
Bog'liq
9-конспект

Uyga vazifa: Mavzuni o`qib organish. Ko`rildi: O`TIBDO`: _______________
Fan: Biologiya 9A,B- Sinf. Sana :_______________ DARS № 28
Darsning mavzusi: 25­§. Oqsil tarkibi. Oqsil tuzilishi
Darsning maqsadlari:A) Ta`limiy: O`quvchilarga Oqsillarning xossalari va Oddiy va murakkab oqsillar haqida tushuncha berish. B) Tarbiyaviy: O`quvchilarni vatanga muhabbat ruhida tarbiyalash V ) Rivoj lantiruvchi: O`quvchilarda mustaqil fikrlash qobiliyatini rivojlantirish
Kompetensiyaviy maqsad : O`quvchilar oqsillarning xossalari va oddiy va murakkab oqsillar haqidagi bilimlarni bilishi
Dars turi: A) Yangi bilimlarni o'zlashtirish darsi Dars uslubi: a) og'zaki b) yozma c) ko'rgazmali-amaliy
Darsning usuli: suhbat, bahs, aqliy hujum, muzyorar
Darsning jihozi: Darslik, ko`rgazma, kompyuter, test varaqlari DARSNING BORISHI:



Reja asosida dars bosqichlari

Saflangan vaqt

1

Tashkiliy qism, sinfda psixologik iqlim yaratish

5 minut

2

O`tilgan mavzuni so`rash

10 minut

2

Yangi mavzuni bayoni

20 minut

3

Mustahkamlash va baholash

7 minut

4

Uyga vazifa berish

3 minut

Har bir tirik organizmda ko‘plab turli-tuman oqsillar bo‘ladi. Shu bilan birga har bir turda faqat uning o‘ziga xos, alohida oqsillar bo‘ladi. har xil hayvon turlarida bir xil vazifani bajaradigan oqsillarning o‘zi ham bir-biridan farq qiladi. Masalan, barcha umurtqali hayvonlar – baliqlar, suvda ham quruqlikda yashovchilar, qushlar, sut emizuvchilarning eritrotsitlarida gemoglobin oqsili bo‘ladi, u barcha hayvonlarda bir xil vazifani bajaradi, ya’ni kislo rod tashiydi. Biroq, har bir turdagi hayvonning o‘ziga xos, alohida tuzilishi va xossalari jihatidan boshqa hayvonlarning gemoglobinidan farq qiladigan gemoglobini bor.
Oqsillarning nihoyat darajada xilma-xil bo‘la olishini izohlab berish uchun oqsillardagi aminokislotalarning tarkibi, aminokislota halqalarining soni, polipeptid zanjirida navbatlanib borish tartibi jihatidan bir-biridan farq qilishini hisobga olish kerak.
Bitta aminokislotaning kattaligi 0,35–0,37 nm ga tengligini hisobga oladigan bo‘lsak, ravshanki, bir necha yuz aminokislota qoldig‘idan tarkib topgan oqsil makromolekulasi uzunligi bir necha o‘nlab nanometrlarga borishi mumkin edi. Lekin oqsil molekulalarining o‘lchamlari ancha kichik. ulardan ba’zilarining diametri 5–7 nm keladigan sharchalar ko‘rinishida bo‘ladi. oqsil polipeptid zanjiri ma’lum bir qonuniyat asosida buralgan, ma’lum bir ko‘rinishda to‘plangan. oqsil molekulasining tuzilishini to‘la izohlab berish uchun uning birlamchi, ikkilamchi, uchlamchi tuzilishlarini bilish kerak. Bulardan birinchisi eng oddiysi polipeptid zanjiri, ya’ni peptid bog‘lar bilan o‘zaro bog‘langan aminokislotalar zanjiridan iboratdir. Bu tuzilishoqsilning birlamchi tuzilishideb ataladi. Birlamchi tuzilishda aminokislotalar o‘zaro peptid bog‘i orqali birikkan bo‘ladi. Polipeptid zanjiri ko‘pincha to‘liq va qisman spiral bo‘lib buraladi. Bu oqsilning ikkilamchi tuzilishidir. Bunda aminokislota radikallari spiral tashqarisida qoladi. Spiral o‘ramlari zich bo‘lib joylashadi. Bir marta buralgan spiralda turgan Nh-guruh lari bilan qo‘shni o‘ramdagi Co-guruhi o‘rtasida vodo rod bog‘lari hosil bo‘ladi. Vodorod bog‘lari kovalent bog‘larga qa raganda ancha bo‘sh, lekin ular juda ko‘p takrorlanadi, shu sababli mustahkam bog‘ hosil qiladi. Ikkilamchi tuzilishli oqsillarga keratin, kollagen misol bo‘la oladi.
Polipeptid spirali yana taxlanib boradi. uhar bir oqsilda ma’lum ravishda, o‘ziga xos tarzda o‘raladi. Natijada uchlamchi tuzilishideb ataladigan shakl vujudga keladi. Aminokislota radikallari orasida vujudga keladigan gidrofob bog‘lar uchlamchi tuzilishni saqlab turadi. uchlamchi tuzilishli oqsilga mushak oqsili — mioglobin misoldir. Ikkilamchi va uchlamchi tuzilishlar hosil bo‘lishida vodorod, ionli, disulfid, gidrofob bog‘lar muhim rol o‘ynaydi. oqsilning to‘rtlamchi tuzilishi — bir necha polipeptid zanjiridan tuzilgan murakkab oqsillarda kuzatiladi. Bu zanjirlar gidrofob, ionli, vodorod bog‘lar orqali birikkan. Muhit sharoitiga qarab bu bo‘laklar qo‘shilib (assotsatsiya) yoki ajralishib (dissotsa tsiya) turadi. Bunga gemoglobin misol bo‘ladi.
1. Oqsil boshqa polimerlar kraxmaldan qanday farq qiladi?
2. Aminokislotalarning kattaligi o‘rtacha qancha bo‘ladi?
3. Oqsil tuzilishlari qanday xillarga ajratiladi?
4. Ikkilamchi va uchlamchi tuzilishlarni vujudga kelishida
qaysi bog‘lar muhim ahamiyatga ega?

Download 1.79 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   ...   111




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling