Dars №1 Darsning mavzusi: Kirish Darsning maqsadlari


Oddiy va murakkab oqsillar


Download 1.79 Mb.
bet40/111
Sana08.05.2023
Hajmi1.79 Mb.
#1443745
1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   ...   111
Bog'liq
9-конспект

Oddiy va murakkab oqsillar. Barcha oqsillar ikkita katta guruhga: oddiy va murakkab oqsillarga bo'linadi. Oddiy oqsillar faqat aminokislotalardan tashkil topgan bo'ladi. Murakkab oqsillar tarkibida aminokislotalardan tashqari, oddiy metall atomi yoki boshqa oqsil bo'lmagan murakkab moddalar ham uchraydi.
Oddiy oqsillar suvda yoki boshqa eritmalarda erish xususiyatiga qarab bir-biridan farq qiladi. Toza distillangan suvda eriydigan oqsillar albuminlar deb ataladi. Tuxum oqsili, bug'doy va no'xat oqsillari albuminlarga misol bo'ladi. Osh tuzining kuchsiz eritmasida eriydigan oqsillar globulinlar deyiladi. Qon tarkibidagi oqsillar va ko'pchilik o'simlik oqsillari globulinlarning vakillaridir. Tirik organizmlarning hujayralarida yana spirtlarda, kuchsiz ishqoriy eritma­larda eriydigan oddiy oqsillar ham mavjud.
Murakkab oqsillar tarkibidagi boshqa oqsil bo'lmagan birikmalarning xarakteriga qarab, nukleoprotein, xromoprotein, lipoprotein va boshqalarga bo'linadi.
Xromoproteinlar rangli oqsillar bo'lib, tirik organizmlarda ko'p tarqalgan. Qondagi gemoglobin oqsili xromoproteinlarga kiradi, uning tarkibida temir atomi mavjud. Nukleoproteinlar oqsil va nuklein kislotalarning birikishidan hosil bo'lgan murakkab birikmalardir. Ular barcha tirik organizmlarning tarkibida uchraydi va yadro hamda sitoplazmaning ajralmas qismi hisoblanadi.Hujayrada oqsillar turli xil funksiyalarni bajaradi.
Qurilish funksiyasi— oqsillar hujayra va uning organoidlari membranasini hamda membranasiz rganoidlarni hosil qilishda ishtirok etadi. oqsil membraning ajralmas qismidir. Oqsillarga xos bo‘lgan muhim xususiyatlardan biri katalizatorlikfunksiyasidir. hujayra katalizatorlari odatda fermentlar deb ataladi.
Signal funksiyasi — hujayra membranasining yuza qismida o‘zi ning uchlamchi strukturasini tashqi muhit omillari ta’sirida o‘zgartira oladigan oqsil (radopsin) molekulalari joylashgan.
Harakat funksiyasi— yuksak hayvonlarning hujayralari uchun zarur bo‘lgan harakatlarining hamma turlari, sodda hayvonlarda kipriklarning tebranishi, xivchinlar ning harakatlanishi maxsus qisqaruvchi oqsillar faoliyati tufayli amalga oshadi.Transport funksiyasi— bu oqsillarning o‘ziga kimyoviy elementlar yoki biologik faol moddalarni biriktirib olishi va xilma-xil to‘qima hamda organlarga yetkazib berishidir. Himoya funksiyasi – organizmga yot zarrachalar, begona oqsillar yoki mikroorganizmlar o‘tganda leykositlardan antitana va antitoksinlar ishlab chiqib ularga qarshi kurashadi. Energetik funksiyasi— oqsillar muhim energiya manbayi hamdir. 1 g oqsil kislorod ta’sirida to‘liq parchalanganda 17,6 kJ ener giya ajralib chiqadi.

Download 1.79 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   ...   111




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling