Dars №1 Darsning mavzusi: Kirish Darsning maqsadlari


Mustahlamlash uchun savollar


Download 1.79 Mb.
bet41/111
Sana08.05.2023
Hajmi1.79 Mb.
#1443745
1   ...   37   38   39   40   41   42   43   44   ...   111
Bog'liq
9-конспект

Mustahlamlash uchun savollar:Murakkab oqsillarga misol keltiring.
Oddiy oqsillar bir-birlaridan qaysi xususiyatlariga qarab farqlanadi? Xromoproteinlar qanday oqsillar tarkibiga kiradi?
Qondagi gemoglobin oqsili qanday shaklga ega? Denaturatsiya hodisasida oqsil qanday xususiyatini yo'qotadi?
Nima uchun oddiy oqsillar deyiladi?
Uyga vazifa: Mavzuni o`qib organish. Ko`rildi: O`TIBDO`: _______________
Fan: Biologiya 9A,B- Sinf. Sana :_______________ DARS № 31
Darsning mavzusi:28- §. Nuklein kislotalar
Darsning maqsadlari:A) Ta`limiy: O`quvchilarga Nuklein kislotalar haqida tushuncha berish. B) Tarbiyaviy: O`quvchilarni vatanga muhabbat ruhida tarbiyalash V ) Rivoj lantiruvchi: O`quvchilarda mustaqil fikrlash qobiliyatini rivojlantirish Kompetensiyaviy maqsad : O`quvchilar nuklein kislotalar haqida bilishi
Dars turi: AYangi bilimlarni o'zlashtirish darsi Dars uslubi: a) og'zaki b) yozma c) ko'rgazmali-amaliy
Darsning usuli: suhbat, bahs, test sinovi, aqliy hujum, muzyorar
Darsning jihozi: Darslik, ko`rgazma, kompyuter, test varaqlari DARSNING BORISHI:



Reja asosida dars bosqichlari

Saflangan vaqt

1

Tashkiliy qism, sinfda psixologik iqlim yaratish

5 minut

2

O`tilgan mavzuni har xil usullar yordamida so`rash va baholash

10 minut

3

Yangi mavzu bayoni

20 minut

4

Mustahkamlash va xulosalash

7 minut

5

Uyga vazifa berish

3 minut

Tirik organizmlar, shu jumladan, viruslar uchun ham nuklein kislota-larning ahamiyati juda katta. Ular irsiy belgilarni saqlash va nasldan naslga o'tkazish, oqsillar biosintezi kabi muhim hayotiy jarayonlarni amalga oshirishda faol ishtirok etadi.Nuklein kislotalar dastlab hujayra yadrosidan ajratib olinganligi sababli nuklein kislotalar ("nukleus" — yadro) deb atalgan. Hozirgi vaqtda nuklein kislotalar faqat yadroda emas, balki xloroplast va mitoxondriyada ham mavjud-ligi aniqlangan. Nuklein kislotalardan biri hisoblangan DNK tuzilishining kashf etilishi biologiyaning yangi davrini boshlab berdi. Chunki bu kashfiyot tirik hujayralar, binobarin, tirik organizmlar ham qanday qilib xuddi o'ziga o'xshash nasi qoldirishining sirlarini ochishga imkon yaratdi. Shu bilan birga u hayot faoliyatini qanday qilib boshqarish haqidagi axborotning ko'chiri-lishini ham ko'rsatib berdi.
Nuklein kislotalarning monomerlari nukleotidlardir. Ulardan uzun-dan-uzoq polinukleotidlar hosil qilinadi. Nukleotidlar murakkab tuzilishga ega. Ularning tarkibida fosfor kislotasi, monosaxarid va azo't asoslari bo'ladi. Ular bir-biridan azot asoslarining turiga qarab to'rtga ajratiladi. Bular adenin, guanin, sitozin va timin (uratsil) nukleotidlardir. Nuklein kislota tarkibidagi monosaxarid ikki xil: riboza va dezoksiribozadan iborat. Riboza va dezoksiribozaning molekulasida 5 ta uglerod atomi bo'ladi, glukozada esa uglerod atomlarining soni 6 taga teng.
Dezoksiriboza tarkibida bir atom kislorod yetishmasligi bilan ribozadan farq qiladi. Bu ikkala monosaxarid bir polinukleotidda va bir nuklein kislota tarkibida bir vaqtda hech qachon uchramaydi. Bir-biri bilan har doim faqat ribonukleotidlar yoki faqat dezoksiribonukleotidlar hosil qilib birlashadi. Shunday qilib, bu ikki xil monosaxarid ikki tipdagi polinukleotidni va shu tufayli ikki xil nuklein kislotani hosil qiladi.




Download 1.79 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   37   38   39   40   41   42   43   44   ...   111




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling