Dars №1 Darsning mavzusi: Kirish Darsning maqsadlari
Uyga vazifa: Mavzuni o`qib organish
Download 1.79 Mb.
|
9-конспект
- Bu sahifa navigatsiya:
- Kompetensiyaviy maqsad
- Reja asosida dars bosqichlari
Uyga vazifa: Mavzuni o`qib organish
Ko`rildi : O`TIBDO`: _______________ Fan: Biologiya 9A,B- Sinf Sana:______________ DARS № Darsning mavzusi: 29- §. Energiya almashunuvi Darsning maqsadlari:A) Ta`limiy: O`quvchilarga Energiya almashunuvi haqida tushuncha berish. B) Tarbiyaviy: O`quvchilarga iqtisodiy va ekologuk tarbiya berish V ) Rivoj lantiruvchi: O`quvchilarda mustaqil fikrlash qobiliyatini rivojlantirish Kompetensiyaviy maqsad : O`quvchilar haqidagi bilimlarni bilishi Dars turi: A) Yangi bilimlarni o'zlashtirish darsi Dars uslubi: a) og'zaki b) yozma c) ko'rgazmali-amaliy Darsning usuli: suhbat, bahs, test sinovi, aqliy hujum, munozara Darsning jihozi: Darslik, ko`rgazma DARSNING BORISHI:
Dissimilatsiya jarayonida tirik organizmlarda moddalarning parchalanishi ro'y beradi. Bu assimilatsiyaning teskarisidir. Yuqori molekulali birikmalarning parchalanishi energiya ajralishi bilan boradi. Shuning uchun dissimilatsiya jarayoni hujayraning energiya almashinuvi deb ham yuritiladi. Tirik organizmlarda sodir bo'ladigan barcha muhim jarayonlardan biri, ularning aerob, ya'ni kislorodli nafas olishidir. Bu jarayonda kislorod yordamida murakkab organik birikmalar oksidlanishi tufayli ko'p miqdorda energiya ajralib chiqadi. Bu jarayon hayvon organizmlarida maxsus nafas olish tizimi orqali amalga oshiriladi. O'simliklarda esa nafas olish organlari bo'lmaydi. Ular to'qima va hujayralar orqali nafas oladi. Ozuqa moddalarda to'plangan kimyoviy energiya organik birikmalar mole-kulasidagi atomlarni bog'lovchi har xil kovalent bog'larda mujassamlashgan bo'ladi. Bir molekula ya'ni, 180 g glukozaning С, H, О atomlari orasidagi bog'larda to'plangan potensial energiya miqdori 2800 kJ ga teng. Fermentlar yordamida parchalanadigan glukozadagi energiya bosqichma-bosqich ajraladi: C6H12 O6 + 6 O2 —» 6 CO2 + 6H 2O + 2800 kJ. Ozuqa moddalardan ajralgan quwatning bir qismi issiqliq energiyasi sifatida tarqalib ketadi. Boshqa qismi esa adenozintrifosfat kislota (ATF)ning ener-giyaga boy fosfat bog'larida to'planadi. Hujayrada kechadigan barcha jarayonlar: biosintez, mexanik ish (hujayra bo'linishi, muskullarning qisqarishi), moddalarning membaranalar orqali faol ko'chirilishi, asab impulslarining o'tkazilishi va boshqalarni energiya bilan ta'minlash ATF orqali amalga oshiriladi. ATF molekulasi azot asoslaridan adenin, riboza shakari va uchta fosfat kislota qoldig'idan tashkil topgan. Agar bu murakkab birikma tarkibida faqat bitta fosfat kislota bo'lsa adenozinmonofosfat (AMF), ikkita fosfat kislota bo'lganda esa adenozindifosfat (ADF) hosil bo'ladi. Uchta fosfat kislota tutuvchi (ATF) molekulasi eng ko'p energiyaga egadir. ATF tarkibidagi uchinchi fosfat kislotaning ajralishi 40 kj energiya chiqishiga imkon beradi. ATF molekulasida energiyaga boy bog'laming mavjudligi hujayraning kichik bir qismida katta miqdordagi energiyani to'plashga va uni ehtiyojga qarab ishlatishga imkon yaratadi. ATF hujayraning maxsus organoidlari mitoxondriyalarda sintezlanadi. Bu organoidlar hujayraning turli qismlari uchun zarar bo'lgan ATF molekulalarini yetkazib beradi va hayot faoliyati jarayon-larini energiya bilan ta'minlaydi. Mustahkamlash uchun savollar: 1.Dissimilatsiya jarayonida qanday jarayon namoyon bo'ladi? 2.O'simliklarda nafas olish nimalar yordamida amalga oshiriladi? 3.ATF qanday birikma? 4.Bir molekula glukoza parchalanganda qancha energiya ajralib chiqadi? Download 1.79 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling