Dars №1 Darsning mavzusi: Kirish Darsning maqsadlari


Download 1.79 Mb.
bet45/111
Sana08.05.2023
Hajmi1.79 Mb.
#1443745
1   ...   41   42   43   44   45   46   47   48   ...   111
Bog'liq
9-конспект

Darsning jihozi: Darslik, ko`rgazma
DARSNING BORISHI:



Reja asosida dars bosqichlari

Saflangan vaqt

1

Tashkiliy qism, sinfda psixologik iqlim yaratish

5 minut

2

O`tilgan mavzuni har xil usullar yordamida so`rash va baholash

10 minut

3

Yangi mavzu bayoni

20 minut

4

Mustahkamlash va xulosalash

7 minut

5

Uyga vazifa berish

3 minut

Hujayralarning hayot faoliyati bir me'yorda kechishini ta'minlash uchun ularda to'xtovsiz ravishda biosintez yoki biologik sintez jarayonlari amalga oshiriladi.
Tirik organizmlar tarkibidagi turli-tuman kimyoviy moddalar xilma-xil reaksiyalar natijasida doimiy ravishda o'zgarib turadi. Bu jarayon moddalar almashinuvi yoki metabolizm deb ataladi. Moddalar almashinuvi tirik orga­nizmning yashashi, o'sishi, hayot faoliyati, ko'payishi va tashqi muhit bilan doimo aloqada bo'lishini ta'minlaydi. Bu esa tirik organizmlarning o'zini-o'zi yangilashiga, o'ziga o'xshash nasi qoldirishiga olib keladi, ularning yashashi uchun zarur shart hisoblanadi.
Moddalar almashinuvi jarayonida tirik organizm tashqi muhitdan turli-tuman moddalarni qabul qiladi. Hayotiy hodisalar asosan moddalar al­mashinuvi tufayli namoyon bo'ladi. Tirik organizmlar tomonidan o'zlash-tirilishi ya'ni ozuqaning hazm bo'lishi moddalar almashinuvining dastlabki bosqichi, hayot faoliyati natijasida hosil bo'lgan keraksiz mahsulotlarning tashqariga chiqarilishi esa oxirgi bosqich hisoblanadi. Hujayralarda sodir bo'ladigan jarayonlar oraliq bosqich deb ataladi.
Moddalar almashinuvi bir-biriga qarama qarshi, lekin o'zaro bog'langan ikki jarayonni o'z ichiga oladi. Bular assimilatsiya yoki anabolizm va dissi-milatsiya yoki katabolizm reaksiyalaridan iborat.
Anabolizm jarayonida tirik organizmlarda moddalarning hosil bo'lishi ya'ni sintezlanish jarayoni kuzatiladi. Bunda organizm tashqi muhitdan har xil moddalarni qabul qiladi va uni o'zlashtiradi. Masalan, odam hayot faoliyati tufayli 1 yilda taxminan 1,5 tonna kislorod va ozuqani o'zlashtirishi aniqlan-gan. Bu bir kunda o'rtacha 0,86 kg kislorod, 2,1 kg suv, 0,81 kg organik mod­dalar va 0,1 kg mineral tuzlarga teng keladi. Odam tomonidan iste'mol qilina-digan bir kunlik ozuqaning energiyasi — 3000 kilokaloriyaga teng keladi.
Katabolizm jarayonida moddalarning parchalanishi va ularda to'plangan energiyaning ajralishi kuzatiladi. Moddalarning parchalanishi kislorod ishti-rokida oksidlanishi bilan va kislorodsiz muhitda — achish jarayonida amalga oshiriladi. Natijada ajralib chiqqan energiya organizmning nafaqat faol holati­dagi hayotiy vazifalarni bajarishga, balki tinch holatdagi talablarini qondirish uchun ham sarflanadi.
Fermentlar yordamida oddiy kichik molekulali moddalardan murakkab yuqori molekulali birikmalar: aminokislotalardan oqsillar, monosaxarid-lardan esa murakkab karbonsuvlar hosil bo'ladi. Azot asoslari nukleotidlar hosil qilishda ishtirok etadi va ulardan nuklein kislotalar shakllanadi. Xuddi shu tartibda oddiy atsetat kislotalardan murakkab yog' kislotalari paydo bo'ladi. Ular glitserin moddasi bilan reaksiyaga kirishib yog'larni va moylarni hosil qiladi. Biosintetik reaksiyalar har bir individ va turga xos bo'lgan xu-susiyatlar asosida farqlanib turadi. Natijada oqsil-fermentlar yordamida hosil bo'ladigan yirik organik molekulalar tuzilishi DNK tartibidagi nuk­leotidlarning ketma-ketligi bilan aniqlanadi. Bu esa o'z navbatida mazkur hu­jayraning genlar to'plami — genotip bilan bog'liq.
Hosil bo'lgan moddalar o'sish jarayonida hujayra va ularning organoid-larini hosil qilish hamda sarflangan yoki parchalangan molekulalarni tiklash uchun ishlatiladi.
Barcha sintez (hosil qiluvchi) reaksiyalarida energiyani sarflash ro'y be­radi. Parchalanish reaksiyalarida esa aksincha, energiya ajralib chiqadi.



Download 1.79 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   41   42   43   44   45   46   47   48   ...   111




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling