Dars №1 Darsning mavzusi: Kirish Darsning maqsadlari
Download 1.79 Mb.
|
9-конспект
- Bu sahifa navigatsiya:
- Uyga vazifa
- Kompetensiyaviy maqsad
- DARSNIG BORISHI
Biokimyoviy usul. Odamda uchraydigan juda ko'p patologik holatlar moddalar almashinuvining odatdagicha borishida har xil o'zgarishlar yuzaga kelishiga bog'liq bo'ladi, buni tegishli biokimyoviy usullar bilan aniqlash mumkin. Bu usul yordamida qandli diabet kasalligining sabablari o'rganiladi.
Bu kasallik me'da osti bezining odatdagi faoliyati buzilishiga bog'liq bo'ladi, bu bez qonga insulin gormonini kam ajratadi. Natijada qondagi qand miqdori ko'payib, odam organizmidagi moddalar almashinuvida o'zgarishlar ro'y beradi. Uyga vazifa: Mavzuni o`qib organish Ko`rildi:O`TIBDO`:____________ Fan: Biologiya 9- Sinf Sana DARS № Mavzu::Odamdagi irsiy kasalliklar . Darsning maqsadlari:A) Ta`limiy: O`quvchilarga Odamdagi irsiy kasalliklar haqida tushuncha berish. B) Tarbiyaviy: O`quvchilarni vatanga muhabbat ruhida tarbiyalash V ) Rivoj lantiruvchi: O`quvchilarda mustaqil fikrlash qobiliyatini rivojlantirish Kompetensiyaviy maqsad : O`quvchilar Odamdagi irsiy kasalliklar haqidagi bilimlarni bilishi Dars turi: A) Yangi bilimlarni o`zlashtirish darsi D) Bilim, ko`nikma, malakalarni mustahkamlash darsi Dars uslubi: a) og`zaki b) yozma c) ko`rgazmali-amaliy Darsning usuli: suhbat, bahs, test sinovi, aqliy hujum, muzyorar Darsning jihozi:Darslik, ko`rgazma, kompyuter, test varaqlari, nazorat ishi variantlari DARSNIG BORISHI:
Genetika tibbiyot uchun katta ahamiyatga ega bo'lib bormoqda. Odatdan tashqari o'zgarishlar va kasalliklar genotipga bog'liqdir. Odamlar popula-tsiyasida 2000 dan ortiq irsiy kasalliklar nasldan naslga o'tishi aniqlangan. Odamdagi irsiy kasalliklar va ularning paydo bo'lish sabablarini hamda davolash usullarini tibbiyot genetikasi o'rganadi. Irsiy kasalliklar shartli ravishda ikkiga: gen va xromosoma kasalliklariga ajratiladi. Gen kasalliklari — dominant va retsessiv hollarda namoyon bo'ladi. Dominant gen kasalliklari fenotipda aniq yuzaga chiqadi. Bunday kasalliklarni davolash imkoni bo'ladi. Retsessiv gen kasalliklari geterozigota holda fenotipda namoyon bo'lmay, yashirin holda faoliyatsiz bo'lib, kasallik rivojlanmaydi. Retsessiv gen genotipda geterozigota holatida yashirincha saqlana borib, uning keyingi avlodlarida gomozigota holatiga kelib, gen kasalligini paydo bo'lishiga sabab bo'ladi. Gen kasalliklariga fenilketonuriya, albinizm, gemofiliya, daltonizm kabilarni misol qiUsh mumkin. Fenilketonuriya yangi tug'ilgan cha-qaloqlarning 10000 tasidan bittasida uchraydi. Agar o'z vaqtida aniq tashxis qo'yib, chaqaloq ovqati tarkibidan fenilalanin ajratib tashlanmasa, miya shakl-lanishi buzilib, mikrotsefahya rivojlanadi, aqliy zaiflik belgilari paydo bo'ladi. Albinizm kasalligi retsessiv genlarni gomozigota holatga o'tishi natijasida paydo bo'ladi. Bu kasallik odamlar orasida 10000 tadan bittasida yoki 200000 tadan bittasida uchrashi mumkin. Download 1.79 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling