Dars №1 Darsning mavzusi: Kirish Darsning maqsadlari


Download 1.79 Mb.
bet91/111
Sana08.05.2023
Hajmi1.79 Mb.
#1443745
1   ...   87   88   89   90   91   92   93   94   ...   111
Bog'liq
9-конспект

Uyga vazifa: Mavzuni o`qib organish
Ko`rildi:O`TIBDO`:____________

Fan: Biologiya 9- Sinf Sana DARS №


Mavzu: Madaniy o'simliklarning kelib chiqishi va xilma-xillik markazlari
Darsning maqsadlari:A) Ta`limiy: O`quvchilarga Madaniy o'simliklarning kelib chiqishi va xilma-xillik markazlari haqida tushuncha berish. B) Tarbiyaviy: O`quvchilarni vatanga muhabbat ruhida tarbiyalash V ) Rivoj lantiruvchi: O`quvchilarda mustaqil fikrlash qobiliyatini rivojlantirish
Kompetensiyaviy maqsad : O`quvchilar madaniy o'simliklarning kelib chiqishi va xilma-xillik haqidagi bilimlarni bilishi
Dars turi: AYangi bilimlarni o`zlashtirish darsi Dars uslubi: a) og`zaki c) ko`rgazmali
Darsning usuli: suhbat, bahs, test sinovi, aqliy hujum, muzyorar
Darsning jihozi:Darslik, ko`rgazma DARSNIG BORISHI:



Reja asosida dars bosqichlari

Saflangan vaqt

1

Tashkiliy qism, sinfda psixologik iqlim yaratish

10 min

2

Reja asosida yangi darsning borishi:

20 min

3

Dars samarasi haqida o`quvchilar bilan suhbatlashish

10 min

4

Uyga vazifa berish, xayrlashish

5 min

Mavjud hayvon zotlari va madaniy o'simliklar navlarining genofondi, boshlang'ich yovvoyi turlarning genofondiga nisbatan kamroq bo'lishi tabiiy-dir. Shuning uchun ham seleksiya ishlarining yutuqlari asosan o'simlik yoki hayvonlarning boshlang'ich guruhlarining genetik xilma-xilligi bilan bog'liq. O'simliklarning yangi navlari va hayvonlarning yangi zotlarini yaratishda yov­voyi shakllarning foydali belgilarini qidirish va unlarni aniqlash muhim ahamiyat kasb etadi. Madaniy o'simliklarning xilma-xilligi va geografik tarqa-lishini o'rganish maqsadida rossiyalik mashhur genetik va seleksioner olim N.I. Vavilov 1920—1940- yillarda Rossiya va chet ellarga bir qator ekspedi-tsiyalarni uyushtirgan. Bu ekspeditsiyalar davomida dunyo o'simlik resurslari o'rganilgan va urug'chilik uchun g'oyat muhim kolleksiya to'plangan. Bular keyinchalik seleksiya ishlarida, yangi navlarni yaratishda foydalanilgan.
N.I.Vavilov ekspeditsiya natijalari asosida seleksiya nazariyasi uchun muhim hisoblangan, umumiy xulosalarni ishlab chiqdi. Madaniy o'simlik­larning kelib chiqishini 7 markazga bo'ladi. Bu markazlar butun dunyo bo'ylab tarqalgan. Bularga Janubiy Osiyo tropik markazi (50% madaniy o'simliklar, shu jumladan sholi, shakarqamish va sabzavot ekinlari vatani), Sharqiy Osiyo markazi (bu yerlardan 20% dan ortiq madaniy o'simliklar tarqalgan, jumladan soya va tariq vatani hisoblanadi), Janubiy-G'arbiy Osiy markazi (14% madaniy o'simliklar, shu jumladan bug'doy, suli, dukkakli-lar, zig'ir, sabzi va boshqalar vatani), O'rta Yer dengizi markazi (11% mada­niy o'simliklarning, karam, qand lavlagi, beda vatani), Abissiniya (Efiopiya) markazi (arpa, banan, kofe daraxti va boshqalar vatani), Markaziy Amerika (oshqovoq, loviya, makkajo'xori, qalampir, g'o'za, какао daraxti vatani), Janubiy Amerika markazi (kartoshka, ananas, tamaki vatani) kiradi.
Hozirgi vaqtda markazlar soni 12 tagacha ko'paytirilgan. N.I.Vavilov kolleksiyasining tarixida qora kunlar ham bo'lgan. 1940 yili soxta ayblar asosida qamoqqa olinadi va 1943- yili Saratov qamoqxonasida holsizlanib (ochlikdan) hayotdan ko'z yumadi. N.I.Vavilov kolleksiyasi Sankt-Peter-burg shahridagi o'simlikshunoslik institutida saqlangan. Shahar fashistlar qurshovida qolgan vaqtda institut xodimlari butun shahar aholisi bilan birga ochlikni boshidan kechirishlariga qaramay, kolleksiyada saqlanayotgan urug'larning bittasiga ham xiyonat qilmadilar. N.Vavilov kolleksiyasining subtropik o'simliklariga tegishli juda katta qismi O'zbekiston O'simlikshunoslik institutida hozirgi kunda ham saqlanmoqda va unlardan yangi navlarni yara-tishda foydalanilmoqda.
Rossiyada saqlanayotgan kolleksiya 320 dan ortiq namunani o'z ichiga olib, 1041 o'simlik turiga mansub. Bularga yovvoyi tur madaniy o'simlik­larning avlodlari, eski mahalliy navlar kiradi. Dunyo genofondidan olimlar xo'jalik jihatdan qimmatli hisoblangan belgilarning genetik manbalarini tanlab oladilar. Bularga hosildorlik, tezpisharlik, kasalliklar va zararkunan-dalarga, qurg'oqchilik va boshqa ta'sirlarga chidamlilik belgilarini misol qilib ko'rsatish mumkin. Zamonaviy genetika uslublari, o'simliklar seleksiyasida misli ko'rilmagan yutuqlarga erishishga imkoniyat yaratadi. Masalan, yowoyi g'o'za qimmatli genlari asosida yaratilgan «Toshkent» navlari o'z vaqtida vilt kasalligiga chidamli eng yaxshi nav hisoblangan.

Download 1.79 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   87   88   89   90   91   92   93   94   ...   111




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling