Dars №1 Darsning mavzusi: Kirish Darsning maqsadlari


Download 1.79 Mb.
bet94/111
Sana08.05.2023
Hajmi1.79 Mb.
#1443745
1   ...   90   91   92   93   94   95   96   97   ...   111
Bog'liq
9-конспект

Uyga vazifa: Mavzuni o`qib organish


Ko`rildi:O`TIBDO`:____________

Fan: Biologiya 9- Sinf Sana


Mavzu: O'zbekiston olimlarining seleksiya sohasidagi erishgan yutuqlari
Darsning maqsadlari:A) Ta`limiy: O`quvchilarga O'zbekiston olimlarining seleksiya sohasidagi erishgan yutuqlari haqida tushuncha berish. B) Tarbiyaviy: O`quvchilarni vatanga muhabbat ruhida tarbiyalash V ) Rivoj lantiruvchi: O`quvchilarda mustaqil fikrlash qobiliyatini rivojlantirish
Kompetensiyaviy maqsad : O`quvchilar o'zbekiston olimlarining seleksiya sohasidagi erishgan yutuqlari haqidagi bilimlarni bilishi
Dars turi: A) boshlang`ich materiallar bilan tanishish darsi
C) Yangi bilimlarni o`zlashtirish darsi
Dars uslubi: a) og`zaki b) ko`rgazmali Darsning usuli: suhbat, bahs, test sinovi
Darsning jihozi:Darslik, ko`rgazma, kompyuter DARSNIG BORISHI:



Reja asosida dars bosqichlari

Saflangan vaqt

1

Tashkiliy qism, sinfda psixologik iqlim yaratish

10 min

2

Reja asosida yangi darsning borishi:

20 min

3

Dars samarasi haqida o`quvchilar bilan suhbatlashish

10 min

4

Uyga vazifa berish, xayrlashish

5 min

Davlatimiz mustaqillikka erishganidan so'ng g'allachilik, meva-sabza-votchilik, g'o'za seleksiyasi va chorvachilik seleksiyasiga alohida e'tibor beril-moqda. O'zbekistonlik seleksioner olimlar tomonidan g'alla ekinlarining zararkunandalarga chidamli, kam suv talab qiladigan navlari yaratildi.
Buardan ayniqsa, mamlakatimiz sharoitiga mos serhosil «Ulug'bek-600» va «Sanzor» navlari diqqatga sazovordir.
O'zbekiston g'o'za seleksiyasida dunyo miqyosida salmoqli o'rinlardan birini egallaydi. Shuning uchun ham mamlakatimizda g'o'za navlarini yara-tishga katta ahamiyat berib kelinmoqda. G'o'za kolleksiyasini yaratishda akademik J.A. Musayev va uning shogirdlarining xizmatlari katta. Olimlarimiz tomonidan g'o'zaning serhosil, viltga chidamli navlari ko'plab yaratilgan. Bu­larga akademik Sodiq Mirahmedov tomonidan yaratilgan viltga chidamli «Toshkent-l», «Toshkent-2», «Toshkent-З» navlarini, akademiklar Nabi-jon Nazirov va Oston Jalilovlar tomonidan g'o'zaning serhosil «AN-402», «Samarqand-З», «Yulduz» kabi navlari mashhurdir. Respublikamiz olimlari keyingi yillarda g'o'zaning yangi hamda istiqbolli «Buxoro-9», «Вихого-102», «Namangan-34» va «Omad» navlarini yaratdilar.
O'zbekistonda 250 dan ortiq uzum navlari mavjud. Xalq seleksioneri, uzumchilik sohasida katta yutuqlarga erishgan Rizamat ota Musamuxamedov va uning shogirdlari uzumning bir necha xil navlarini yaratganlar. Bulardan «Rizamat», «Gultish», «Sohibi», «Hiloliy» kabi navlari diqqatga sazovordir.
O'zbekistonda bog'dorchilik qishloq xo'jaligining asosiy tarmog'idir. Xalq seleksiya asosida olmaning oq olma, qizil olma, Namangan olmasi, targ'il olma, qozi dastor olma navlari, shaftolining «Vatan», «Lola», «Anjir shaf-toli», «Zarafshon», «Farhod», «Zarg'aldoq» navlari, shuningdek, o'rik, bodom, yong'oq, anorlarning xilma-xil navlari yaratilgan.
Mamlakatimiz olimlari ota-bobolarimizdan meros bo'lib qolgan sabza-votlar va mevali daraxtlarning navlarini uzoq yillardan buyon yangilab kelmoqdalar. Mashhur olim, akademik Mahmud Mirzayev va uning shogirdlari tomonidan meva va rezavor mevalarning 200 ga yaqin navlari yaratildi. Shulardan 100 ga yaqini hozirgi kunda mamlakatimizning turli hududlarida ekilib, ulardan mo'l hosil olinmoqda.
Keyingi yillarda mamlakatimizda kartoshkaning «Nimrang» — cho'zin-choq pushti o'rtapishar navi, «Obidov» — kechpishar, cho'ziq qizil serhosil navlarining yaratilishi diqqatga sazovor bo'ldi. Professor D. Abdukarimovning yaratgan «Samarqand» navidan bir yilda ikki marta hosil olish mumkin.
Chorvachilik seleksiyasi sohasida ham mamlakatimizda ko'p yutuqlarga erishilgan. Jumladan M.M.Bushev tomonidan yaratilgan qoramol zoti 1949-yildan urchitila boshlangan. Bu zot mahalliy sharoitga moslashgan bo'lib, respublikamiz hududlarida keng tarqalgan. O'zbekistonda yaratilgan ot zotlaridan biri dunyoga mashhur qorabayirdir.

Download 1.79 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   90   91   92   93   94   95   96   97   ...   111




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling