Дарслик мбх doc


Turli mulk shakllari mavjud sharoitda xarajatlarni hisobga


Download 146.54 Kb.
Pdf ko'rish
bet6/19
Sana24.12.2022
Hajmi146.54 Kb.
#1056726
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   19
Bog'liq
13- MAVZU MODDIY, MEHNAT HAQI VA USTAMA XARAJATLAR HISOBI

 
13.3.Turli mulk shakllari mavjud sharoitda xarajatlarni hisobga 
olish va tannarx hisoblashning usullari 
Ishlab chiqarish xarajatlari hisobi va mahsulot tannarxini kalkulyatsiya 
qilish usuli deb, u yoki bu mahsulot birligining tannarxini aniqlashda 
PDF created with pdfFactory Pro trial version 
www.pdffactory.com


449 
qo‘llaniladigan usullar tizimiga aytiladi. U yoki bu kalkulyatsiya usulini qo‘llash 
quyidagi asosiy omillar bilan aniqlanadi: ishlab chiqarish turi va murakkabligi, 
ishlab chiqarilayotgan mahsulot nomenklaturasi, xarakteri, tugallanmagan ishlab 
chiqarish hajmi, ishlab chiqarish jarayonining uzun-qisqaligi va hokazo. 
Ishlab chiqarish turi va murakkabligi, ishlab chiqarilayotgan mahsulot 
nomenklaturasi va xarakteri, ishlab chiqarish jarayonining uzun-qisqaligi va 
boshqa omillarga ko‘ra kalkulyatsiya qilishning 4 usuli mavjud: 
1. Oddiy usul. 
2. Jarayonlar usuli. 
3. Buyurtmali usul. 
4. Normativ usul. 
Har bir korxonada shu korxonaning ishlab chiqarish xususiyatlari hisobga 
olingan holda kalkulyatsiyalashning u yoki bu usuli qo‘llanilishi mumkin. 
Kalkulyatsiya qilishning oddiy usuli. Bu usul tugallanmagan ishlab 
chiqarish bo‘lmagan yoki oz miqdorda bo‘lgan, oddiy ishlab chiqarishga mansub 
bo‘lgan korxonalarda qo‘llaniladi. Ushbu usulda hisobot davrida ishlab 
chiqarishga taalluqli barcha xarajatlarning umumiy qiymati aniqlanib, bu 
xarajatlar mahsulot turlari o‘rtasida ma’lum ko‘rsatkichlarga (o‘rtacha reja 
tannarxi, asosiy ishchilarning ish haqi, materiallar xarajati va boshqalar) 
mutanosib ravishda taqsimlanadi. 
Misol. «Bobur» kompaniyasida uch turdagi - A, B, S mahsulotlar ishlab 
chiqariladi. Ularning reja tannarxi A -160 so‘m. B - 45 so‘m, S - 226 so‘m. Joriy 
davrda 100, 300, 800 dona ishlab chiqarilgan. Ishlab chiqarish xarajati xarajatlar 
mahsulot turlari o‘rtasida quyidagicha taqsimlanadi: 
Mahsulot 
turlari 
O‘rtacha 
reja 
tannarxi, 
so‘m 
Mahsulot 
miqdori, 
dona 
Barcha 
ishlab 
chiqarishga, 
so‘m 
Salmog‘i 
Haqiqiy 
xarajatlar, 
so‘m 
Haqiqiy 
tannarx 
so‘m 

160
100 
16000 
7.61 
19810 
198.1 

45
300 
13500 
6.42 
16720
55.7 

226 
800 
180800 
85.97 
223800 
279.8 
Jami: 
210300 
100 
260330 
PDF created with pdfFactory Pro trial version 
www.pdffactory.com


450 
Demak A mahsulotning haqiqiy tannarxi - 198.1 so‘m, B - mahsulotniki - 
55.7 so‘m mahsulotniki - 279.8 so‘mga teng. 

Download 146.54 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   19




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling