Дарслик мбх doc


Jarayonlar bo‘yicha mahsulot tannarxi kalkulyatsiyasi


Download 146.54 Kb.
Pdf ko'rish
bet7/19
Sana24.12.2022
Hajmi146.54 Kb.
#1056726
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   19
Bog'liq
13- MAVZU MODDIY, MEHNAT HAQI VA USTAMA XARAJATLAR HISOBI

Jarayonlar bo‘yicha mahsulot tannarxi kalkulyatsiyasi. Bu usul 
ko‘pincha metallurgiya, to‘qimachilik va boshqa sanoatning shunga o‘xshash 
tarmoqlarida qo‘llanilishi mumkin. Jarayonlar bo‘yicha xarajatlarni hisobga olish 
usuli mahsulot ishlab chiqarish xomashyoning bir necha jarayondan o‘tganidan 
so‘ng tayyor mahsulot holiga keladigan ishlab chiqarishlarda qo‘llaniladi. 
Mahsulot ishlab chiqarishning oxirgi jarayonidan tashqari har bir jarayon 
nixoyasigayetkazilgan xomashyoga ishlov berish bosqichi bo‘lib, uning natijada 
korxona yakuniy iste’molga yaroqli tayyor mahsulot emas, balki o‘zida ishlab 
chiqarilgan yarim tayyor mahsulot oladi. Olingan yarim tayyor mahsulotlar 
korxonada ishlab chiqarishning keyingi bosqichlarida foydalanilishi bilan birga, u 
keyinchalik yarim tayyor mahsulot yoki butlovchi qismi sifatida sotilishi ham 
mumkin. Jarayonlar bo‘yicha xarajatlarni hisobga olish usuli barcha korxonalarda 
bir xil emas. Ba’zi korxonalarda to‘g‘ri xarajatlar buxgalteriya hisobining alohida 
bir jarayon bo‘yicha aks ettiriladi, xomashyoning dastlabki qiymati esa faqat 
birinchi jarayon mahsuloti tannarxiga kiritiladi. Yakuniy mahsulotning tannarxi 
barcha jarayonlar xarajatlari summasidan iborat bo‘ladi. 
Misol. «Bobur» kompaniyasida ishlab chiqarish 4 jarayondan tashkil topgan. 
Ishlab chiqariladigan mahsulot hajmi 100 dona. Belgilangan norma bo‘yicha 1-
tsexga jo‘natilibxomashyo va materiallar qiymati - 20000 so‘m, 2-jarayon 
tomonidan ishlov berish uchun 16000 so‘m, 3-jarayon tomonidan - 24000 so‘m, 4-
jarayon tomonidan - 28000 so‘m sarflangan. 
Jarayonlar bo‘yicha tannarx quyidagicha aniqlanadi: 1-jarayon - 
20000:100=200 so‘m 2-jarayon - 16000:100=160 so‘m 3-jarayon - 24000:100=240 
so‘m 4-jarayon - 28000:100=280 so‘m Jami: 88000:100=880 so‘m. 
Mahsulotning bir birligining haqiqiy tannarxi 880 so‘mga teng. 
Korxonaning o‘zida ishlab chiqarilgan yarim tayyor mahsulotlar 2110-
«O‘zida ishlab chiqarilgan yarim tayyor mahsulotlar» hisobvarag‘ida aks ettiriladi. 
Agarda korxona 2-jarayondan so‘ng hosil bo‘lgan 36000 so‘mlik (20000+16000) 
PDF created with pdfFactory Pro trial version 
www.pdffactory.com


451 
yarim tayyor mahsulotni qayta ishllash maqsadida omborga qabul qilib olsa,
buxgalteriya hisobida quyidagicha provodka beriladi: 
D-t 2110-«O‘zida ishlab chiqarilgan yarim tayyor mahsulotlar» - 36000 
so‘m
K-t2010-«Asosiy ishlab chiqarish» - 36000 so‘m. 
Buyurtmali usul. Kalkulyatsiya qilishning buyurtmali usuli murakkab 
mahsulotlar mahsulot ishlab chiqarishda, tajriba ishlab chiqarishda qo‘llaniladi. 
Bu usulning mohiyati shundan iboratki, bunda barcha asosiy xarajatlar har bir ish
hajmi uchun alohida hisobga olinadi. Har bir buyurtmaga buyurtma varag‘i ochilib. 
bu yerda xarajatlar yig‘iladi. Qabul qilingan buyurtma maxsus kitoblarda ro‘yxatga 
olinadi va unga navbatdagi raqam biriktirilib, ushbu raqam buyurtma tayyor holga 
keltirilgunga qadar uning shifri bo‘lib turadi. Buyurtma bajarilishi
mobaynida hamma dastlabki hujjatlarda ana shu shifr qo‘yib boriladi. Buyurtma
tayyor holga keltirilgandan so‘ng varaqa yopiladi. 
Ishlab chiqarish buyurtmalari chetdan mahsulotning ma’lum turlarini ishlab 
chiqarish uchun beriladi. Boshqa xarajatlar esa tsex yoki korxona bo‘yicha hisobga 
olinadi hamda ishlab chiqarish buyurtmalari tannarxini kalkulyatsiyalashda 
ularning tannarxi biron-bir ko‘rsatkichga mutanosib ravishda taqsimlash yo‘li bilan 
o‘tkaziladi. Buyurtmali usulda xarajatlar hisobi va kalkulyatsiyalash obyekti ayrim 
ishlab chiqarish buyurtmalari hisoblanadi. Buyurtmaning haqiqiy tannarxi har oyda 
emas, balki buyurtma tayyor bo‘lganidan keyin aniqlanadi. 

Download 146.54 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   19




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling