Дарслик мбх doc
Download 146.54 Kb. Pdf ko'rish
|
13- MAVZU MODDIY, MEHNAT HAQI VA USTAMA XARAJATLAR HISOBI
- Bu sahifa navigatsiya:
- AVEKO usuli
- D-t Ishlab chiqarish xarajatlari hisobvaraqlari
LIFO usuli – o‘sib borayotgan inflyatsiya sharoitida vaqt bo‘yicha oxirgi
sotib olingan materiallar qiymatidan kelib chiqqan holda hisobni yuritish; FIFO usuli – kamayib borayotgan inflyatsiya sharoitida vaqt bo‘yicha birinchi sotib olingan materiallar qiymati bo‘yicha hisobni olib borish. AVEKO usuli – o‘rtacha qiymat bo‘yicha hisobni olib borish. Ishlab chiqarishga sarflangan asosiy materiallar mahsulotlarni boshlang‘ich hujjatlar asosida hisobga olish to‘g‘ri o‘tkaziladigan materiallar bo‘yicha bo‘lishi mumkin. Agar korxonada bir xil materialdan bir vaqtning o‘zida bir necha xil mahsulot ishlab chiqarilsa, u holda tannarxni hisoblashda materiallar sarfi kalkulyatsiya obyektlari o‘rtasida biron-bir ko‘rsatkichga mutanosib ravishda taqsimlanadi. Sanoatning ba’zi bir tarmoqlarida (mashinasozlik kimyo, yengil sanoat va boshqa) taqsimlashning keng qo‘llaniladigan usullaridan biri ishlab chiqarilgan mahsulotning haqiqiy soniga nisbatan qayta hisoblangan materiallarning me’yordagi sarfida mutanosib ravishda taqsimlashdir. Moddiy xarajatlar tannarxga o‘tkazilayotganda avval ular bo‘yicha xarajatlar paydo bo‘lish joylarida hisobga olinadi, keyin tannarxga o‘tkaziladi. Ishlab chiqarishga ishlab chiqarish zaxiralari sarflanganida quyidagicha provodka beriladi: D-t Ishlab chiqarish xarajatlari hisobvaraqlari PDF created with pdfFactory Pro trial version www.pdffactory.com 456 K-t Ishlab chiqarish zaxiralari hisobvaraqlari Ishlab chiqarish xarakteridagi mehnatga haq to‘lash xarajatlari tarkibiga xarajatlar tarkibi to‘g‘risida»gi Nizomga muvofiq quyidagilar kiradi: 1. Korxonada qo‘llaniladigan mehnatga haq to‘lash shakllari va tizimlariga muvofiq ishbay narxlar, tarif stavkalari va okladlar asosida haqiqatan bajarilgan ish uchun hnsoblangan ishlab chiqarish xarakteridagi ish haqi, quyidagilar qo‘shilgan holda: a) og‘ir tabiiy iqlim joylarda uzoq muddat uzilishsiz ish stajiga ega bo‘lganlar uchun ish haqiga qo‘shimcha; doimiy ishi yo‘lda amalga oshiriladigan alohida, temir yo‘l, suv, avtomobil transportiva boshqa sohalarda band bo‘lgan xodimlar ish haqiga qo‘shimcha. Bunday xodimlar uchun korxonalardan chiqib, qaytib kelgungacha bo‘lgan har bir sutka uchun qo‘shimcha haq to‘lanada; v) to‘g‘ridan to‘g‘ri qurilishda, kapital ta’mirlash kabi ishlarda band bo‘lganxodimlarga qonunda ko‘zda tutilgandek ayrim ishlarni bajarganligi uchun to‘lanadigan qo‘shimcha haq; g) yer osti ishlarida band bo‘lgan xodimlarga to‘lanadigan qo‘shimcha haq; d)amaldagi qonunlarga muvofiq cho‘l, suvsiz va tog‘li hududlarda mehnat qiluvchixodimlarga to‘lanadigan haqlar; e)avangard ishlarni bajarishda band bo‘lgan xodimlar, transport tashkiloti va yo‘ldaob-havo noqulayligi tufayli ushlanib qolgan xodimlar uchun to‘lanadigan summalar; j)maxsus shartnomaga muvofiq korxona, tashkilotlardan muayyan ishlarni bajarishuchun jalb qilingan xodimlarga va ularni yuborgan tashkilotga to‘lanadigan summalar. 2. Me’yordan ortiq ishlagan hamda yaxshi ishlagan kunlari va holatlar hisobigaberilgan dam olish kunlari uchun to‘lanadigan haq. 3. Miqdor ko‘rinishida to‘lanadigan mahsulot qiymati. 4. Amaldagi qonunlarga muvofiq, rag‘batlantirish xarakteridagi to‘lovlar:mukofotlar, kasb mahorati uchun tarif stavkalari, oylik maoshga PDF created with pdfFactory Pro trial version www.pdffactory.com 457 qo‘shimchalar va boshqarag‘batlantirishlar. 5. Tungi smenada, smenadan ortiqcha, shuningdek dam olish kunlari mehnat sharoitiog‘ir va zararli bo‘lganligi uchun to‘lanadigan to‘lovlar. 6. Amaldagi kunlarga muvofiq, navbatdagi mehnat ta’tili va qo‘shimcha ta’tillar,o‘smirlarning imtiyozli soatlari, bolalik onalarning tanaffus soatlari uchun to‘lovlar vaboshqalar. 7. Ish haqi qisman saqlangan holda, majburiy ta’tilda bo‘lgan xodimlargato‘lanadigan haqlar. 8. Kon topshiruvchilar uchun to‘lanadigan to‘lovlar, tekshirish va kon topshirish, damolish kunlari uchun beriladigan to‘lovlar. 9. Korxonalarda ishlab chiqarish amaliyotini o‘taganligi uchun oliy va o‘rta maxsuso‘quv yurti talabalari uchun to‘lovlar. 10. Talabalar qurilish otryadlari tarkibida ishlovchi oliy va o‘rta maxsus o‘quv yurtitalabalari mehnatiga haq. 11. Tuzilgan shartnomaga ko‘ra bajarilgan ishlar uchun korxona shtatida bo‘lmaganlarmehnatiga haq. 12. Amaldagi qonunlarga muvofiq ishlab chiqarish jarayonida ishtirok etadiganxodimlar mehnatiga haq to‘lash fondiga qo‘shiladigan boshqa to‘lov turlari. 13. «Ishlab chiqarish xarakteridagi mehnatga haq to‘lash xarajatlari» elementi bo‘yicha qishloq xo‘jalik korxonalari yillik ish natijalari bo‘yicha to‘lovlarni ham aksettiradilar. Ish haqi xarajatlarini to‘g‘ri hisoblash uchun ularni hisobvaraqlarga qilinganishlar bo‘yicha to‘g‘ri mutanosiblikda taqsimlash kerak bo‘ladi. Ya’ni ishlab chiqarish ishchilarning mahsulot biron-bir turini ishlab chiqarish bilan bevosita bog‘liq bo‘lgan asosiy ish haqi odatda boshlang‘ich hujjatlarga asoslanib, kalkulyatsiya qilish obyektlari bo‘yicha hisob qilinadi va tannarxga to‘g‘ridan to‘g‘rio‘tkaziladi. Hisoblangan ish haqi summasi 6710-hisobvaraq kreditida hisobga olinadi. Asosiy ishlab chiqarish ishchilarining ishbay ish haqi marshrut varaqalari, PDF created with pdfFactory Pro trial version www.pdffactory.com 458 naryadlar va boshqa boshlang‘ich hujjatlar asosida, kalkulyatsiya’ning to‘g‘ri elementi sifatida qilingan ishlar va buyurtmalar bo‘yicha, 2010 va 2310- hisobvaraqlar debetiga olib boriladi. Agar ishlab chiqarish ishchilariga vaqtbay ish haqi hisoblansa, ishbay ish haqiga mutanosibravishda buyurtmalar bo‘yicha taqsimlanadi. Qo‘shimcha ish soatlari, tungi ish soatlari hamdashunga o‘xshash soatlari uchun qo‘shimcha ish haqlari buyurtmalar va ish turiga nisbatan 2010 va 2310-hisobvaraqlar debetiga taqsimlanadi. Ish haqini taqsimlash bilan bir qatorda ishchilarga ta’til uchun zaxira yaratiladi. Uning miqdori korxonada hisoblangan reja hamda korxonada hisoblangan ish haqi summasiga nisbatan yaratiladi. Ishlab chiqarishda band bo‘lgan ishchilarga ish haqi hisoblanganida quyidagicha provodka beril adi: D-t Ishlab chiqarish xarajatlari hisobvaraqlari KT 6710-«Mehnat haqi bo‘yicha xodimlar bilan hisob-kitoblar». Mehnat haqi bo‘yicha xarajatlar tsexlar bo‘yicha 12-qaydnomada (2010, 2310, 25102710-hisobvaraqlarning debetiga), 15-qaydnomada hamda 10/1- jurnal-orderda aks ettiriladi. Zaxira summasi mahsulot, ish va xizmatlar tannarxiga qo‘shiladi hamda ish haqi,hisoblangan hisobvaraqlarga olib boriladi. Debet 2010, 2310, 2510- hisobvaraqdar Kredit 8910-«Kelgusi xarajatlar va to‘lovlar rezervi»hisobvarag‘i. Hisoblangan ish haqi va mukofotlarni taqsimlash hamda ta’til uchun oyliklarga yaratish bilan bir qatorda tibbiyot sug‘urtasi, nafaqa fondlariga o‘rnatilgan foizlar miqdorida ajratmalar hisoblanadi. Nizomga binoan bu xarajatlar turiga quyidagilar kiradi: 1. «Mehnatga haq to‘lash xarajatlari elementi bo‘yicha tannarxga qo‘shiladigan quyidagi ajratmalar: amaldagi qonunlar bo‘yicha xodimlar mehnatiga hak to‘lash xarajatlaridan majburiy ajratmalar – ijtimoiy sug‘urta organlariga, nafaqa fondiga, davlat bandlik xizmatiga va tibbiy sug‘urta organlariga. V, Davlatga qarashli bo‘lmagan nafaqa fondlariga, ixtiyoriy tibbiy sug‘urtaga va boshqa ixtiyoriy sug‘urta turlariga ajratmalar. PDF created with pdfFactory Pro trial version www.pdffactory.com 459 «Ajratmalar mahsulot, ish va xizmatlar tannarxiga olib borilib, ish haqi hisoblangan hisobvaraqlar debetiga olib boriladi. Download 146.54 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling