Дарслик мбх doc


Ishlab chiqarish xarajatlarining dastlabki va


Download 146.54 Kb.
Pdf ko'rish
bet5/19
Sana24.12.2022
Hajmi146.54 Kb.
#1056726
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   19
Bog'liq
13- MAVZU MODDIY, MEHNAT HAQI VA USTAMA XARAJATLAR HISOBI

 
13.2.Ishlab chiqarish xarajatlarining dastlabki va 
 yig‘ma hisobi 
Ishlab chiqarish xarajatlarini hujjatlarda to‘g‘ri va o‘z vaqtida 
rasmiylashtirish boshqaruv hisobining samarali ishlashini ta’minlaydi. Shu 
bilan birga ma’lumotlar asosida korxona ishlab chiqarish faoliyatini tahlil
qilish kelgusidagi faoliyatni rejalashtirish imkoniyatini oshiradi. 2010-«Asosiy 
ishlab chiqarish»2310-«Yordamchi ishlab chiqarish»hisobvaraqlari bo‘yicha 
analitik hisob har bir mahsulotbandlari va bajarilgan joyi bo‘yicha alohida 
yuritiladi. Buning analitik hisob kartochkasi yuritiladi. 2510-«Umumishlab 
chiqarish xarajatlari» hisobvarag‘i bo‘yicha analitik hisob 12-qaydnomada 
yuritiladi. 12-qaydnoma shaxmat shaklida bo‘lib, tegishli grafalarga hisob-
varaqlar bo‘yicha xo‘jalik muomalalarining summasi yoziladi. Tsexlar 
bo‘yicha xarajatlar aks ettirilib va №12-qaydnomada jami ma’lumotlar 
chiqarilgandan so‘ng, tsex qaydnomalari xarajatlari jamlanadi. Yakuniy 
ma’lumotlarni 
korrespondentlashadigan 
hisobvaraqlar 
jami» 
jadvaliga, 
PDF created with pdfFactory Pro trial version 
www.pdffactory.com


448 
qaydnomaning orqa tomoniga yoziladi. Yuqoridagi ma’lumotlar №10-jurnal-
orderda xarajatlar bo‘yicha sintetik hisobvaraqlarda yozuv uchun asos bo‘lib 
xizmat qiladi. Bundan so‘ng butun korxonada xarajatlar va ishlab chiqarish 
faoliyati bo‘yicha natijalarni aniqlash lozim. Buning uchun №12 I 15-
qaydnomalarda hisobga olingan ishlab chiqarish xarajatlarini iqtisodiy elementlar 
xarajatlar yo‘nalishi bo‘yicha umumlashtirib tahlil etish va sintetik 
hisobvaraqlar bo‘yicha kredit oborotini aniqlash kerak. Bu ma’lumotlar Bosh 
kitobni yuritishga asos bo‘ladi. Korxona bo‘yicha ishlab chiqarish xarajatlari 
№10-jurnal orderda jamlanadi. Ushbu jurnal-order shaxmat qaydnomasi 
printsipiga asosan tuziladi. Kredit hisobvaraqlar vstunlar bo‘yicha, debet 
hisobvaraqlar qatorlar bo‘yicha joylashtirilgan. Ya’ni ishlab chiqarish 
xarajatlari sintetik hisobvaraqlar sistemasi qatorlar bo‘yicha joylashtirilgan. 
Ustunlar va qatorlar bo‘yicha ma’lumotlar yig‘ilganda natijalar bir-biriga mos 
kelishi 
kerak.
№10-jurnal-order ma’lumotlari ishlab chiqarish xarajatlarini 
iqtisodiy elementlar bo‘yicha aniqlash uchun hamda tannarx hisoblashish 
uchun asos bo‘lib xizmat qiladi. №10 jurnal-order yakuniy ma’lumotlarini 
№10-1-jurnal-orderning qatori bo‘yicha ko‘chiriladi. №10-1-jurnal-order 10-
jurnal-orderning davomi bo‘lib hisoblanadi. Unda №10-jurnal-orderdagi 
kredit bo‘yicha hisobvaraqlar oboroti aks ettiriladi va noishlab chiqarish 
hisobvaraqlar debeti bilan korrespondentsiyalashadi. 
Yakuniy ma’lumotlar jamlanib, kredit bo‘yicha hisobvaraqlar oborot 
summalari aniqlanadi va Bosh kitobga ko‘chiriladi. Bosh kitob yillik hisobotlarni 
asosini tashkil qiluvchi yakuniy ma’lumotnoma bo‘lib hisoblanadi. Ushbu kitobda 
ma’lum davr mobaynida har bir hisobvaraq bo‘yicha xo‘jalik operatsiyalari oboroti 
aks ettiriladi. 

Download 146.54 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   19




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling