Darslik Mutaxassisliklar
Download 1.4 Mb.
|
darslik Mutaxassislik fanlarni o‘qitish metodikasi .
- Bu sahifa navigatsiya:
- III-BOB. MAXSUS FANLARNI O‘QITISHNING O‘QUV-MYE’YORIY XUJJATLARI VA MYETODIK ISHLARI, ULARNI RYEJALASHTIRISH, TASHKIL ETISH VA TAYYORLASH MYETODIKASI 42
- BOB. MAXSUS FANLARNI O’QITISH METODIKASINING PREDMETI, MAQSADI VA VAZIFALARI
M U N D A R I J A
MAXSUS FANLARNI O’QITISH METODIKASI 1 1-BOB. MAXSUS FANLARNI O’QITISH METODIKASINING PREDMETI, MAQSADI VA VAZIFALARI 6 1.1.Maxsus fanlarni o‘qitish metodikasi fanining pedagogik fanlar tizimidagi o‘rni. 6 1.2.Maxsus fanlar va ularning o‘ziga xos xususiyatlari. 11 1.3.Maxsus fanlarni o’qitish metodikasi fanining tadqiqot metodlari. 17 Mavzuni mustahkamlash uchun nazorat savollari: 24 Qonuniyatlar asosan emperik metodlar asosida paydo bo‘ladi va ikki guruhga bo‘linadi: 26 \ J 28 2.2.Ta’lim tamoyillari va ularning mazmun mohiyati. 33 Mavzuni mustahkamlash uchun nazorat savollari: 41 III-BOB. MAXSUS FANLARNI O‘QITISHNING O‘QUV-MYE’YORIY XUJJATLARI VA MYETODIK ISHLARI, ULARNI RYEJALASHTIRISH, TASHKIL ETISH VA TAYYORLASH MYETODIKASI 42 3.1.Magistratura mutaxassisliklari bo‘yicha Davlat ta’lim standarti. Malaka talablari 42 \ I 52 \ ) 141 ( \ 145 \ ) 145 IT 261 KIRISH O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo‘yicha Harakatlar strategiyasi to‘g‘risida”gi Farmonining ijtimoiy yo‘nalishida amalga oshiriladigan muhim tadbirlar qatorida oliy ta’lim muassasalari uchun pedagoglarning yangi avlodini shakllantirish, ma’naviy- ahloqiy jihatdan etuk, mustaqil dunyoqarashga ega, ijodiy fikrlovchi, boy milliy meros, shuningdek, umuminsoniy va milliy qadriyatlarga sadoqatli barkamol shaxsni tarbiyalab voyaga etkazish vazifalari ham belgilab o‘tilgan. O‘zbekiston Respublikasining “Oliy ta’lim tizimini 2030 yilgacha rivojlantirish Konsepsiyasi”da “ ... o‘quv adabiyotlari sifatini yaxshilash, zamonaviy o‘quv adabiyotlarini yaratish tartibini soddalashtirish, eng yangi xorijiy adabiyotlarni xarid qilish va tarjima qilish ishlarini jadallashtirish, xorijiy adabiyotlardan qo‘shimcha yoki muqobil o‘quv adabiyotlari sifatida foydalanishni kengaytirish, kutubxonalar fondlarini muntazam ravishda yangilab borish” ko‘rsatib o‘tilgan. Bu o‘z navbatida oliy ta’lim muassasalarida o‘qitiladigan fanlar bo‘yicha zamonaviy o‘quv adabiyotlarni yaratish va chop ettirishni ham talab etadi. Xalq xo‘jaligigining turli sohalari hamda oliy ta’lim muassasalari uchun etuk pedagog kadrlar zaxirasini tayerlash magistratura ta’limining asosiy vazifalari hisoblanadi. Ushbu vazifani hal etishda o‘quv rejadagi "Maxsus fanlarni o‘qitish metodikasi" fani ham muhim o‘rin egallaydi. Oliy ta’lim muassasalari magistrantlarining kasbiy-pedagogik rivojlanishi ularning mustaqil fikrlashlari, ijodkorliklari, faolliklari, munosabatlarining chuqurlashib hamda boyib borishi, xarakter hamda dunyoqarashlarining turg‘unlashuvi hamda o‘z o‘zini tarbiyalashga bo‘g‘liq bo‘lgan ehtiyojlarining shakllanishi, ijtimoiy shaxsiy qiziqishlarining kasbiy-pedagogik yo‘nalishga ega bo‘lishi kabi holatlar bilan tavsiflanadi. Bo‘lajak mutaxassis uchun magistraturada ta’lim olish jarayoni bu magistrantlarda ilmiy-pedagogik faoliyatni muvaffaqiyatli amalga oshirishda kasbiy jihatdan ahamiyatli sanalgan sifat, bilim, ko‘nikma va malakalarni rivojlantirish hamda o‘z-o‘zini takomillashtirish davri hamdir. Pedagog shaxsi shakllanishining ushbu davrida bilimlarni jamlash, saqlash, uzatish ularning mantiqiy tuzilmasini yaratish va istiqbolda kasbiy-pedagogik faoliyatni tashkil etishda ularni samarali qo‘llash kabi jihatlarni o‘zida mujassam ettirgan jarayon uzluksizravishda amalga oshirildi. Pedagogik-psixologik faoliyat bilan bog‘liq qarash, qadriyat hamda motivatsiyalar mohiyatan o‘zgarib, takomillashib boradi. SHu bilan barobar ravishda magistrantlar oliy ta’lim muassasalarida ta’lim- tarbiya jaraenini amalga oshirish malaka larini ham egallab boradilar. Magistrantlarni ilmiy-pedagogik faoliyatga tayyorlashda faol va samarali usul hamda shakllardan foydalaniladi. Ular oliy ta’lim muassasalarida olgan bilim, ko‘nikma va malakalarini ta’lim muassasasi sharoitiga qiyinchiliksiz ko‘chira olishi, ta’lim jaraeninitez o‘zlashtirib olishi, tarbiyaviy ishlarni zamon talablari asosida olib borishlari kerak. Hozirgi kunda magistratura mutaxassisliklari o‘quv rejalarida majburiy fanlardan biri hisoblangan “Maxsus fanlarni o‘qitish metodikasi” o‘quv fani barcha mutaxassisliklar uchun 18 soat ma’ruza va 18 soat amaliy mashg‘ulot tarzida rejalashtirilgan. Mazkur darslik ushbu fanning o‘quv dasturi asosida tayyorlangan bo‘lib, unda maxsus fanlarni o’qitish metodikasi fanining predmeti, maqsad va vazifalari, o‘qitish qonuniyatlari va tamoyillari, maxsus fanlardan ma’ruza, tajriba va amaliy mashg’ulotlarini tashkil etish hamda o’tkazish metodikasi bo’yicha o’quv materiallar o’z aksini topgan. Shuningdek, darslikda talabalar bilim, ko’nikma va malakalarini nazorat qilish va baholash hamda maxsus fanlarni o‘qitish jarayonida pedagogik texnologiyalardan foydalanish, modulli va masofaviy ta’lim texnologiyalariga oid materiallar berilgan. Ushbu darslik shu sohadagi qadamlardan biri bo‘lib, uning tuzilishi va mazmuni to‘g‘risida bildirilgan fikr va mulohazalar kelajakda uni yanada takomillashtirishga yordam beradi deb o‘ylaymiz. BOB. MAXSUS FANLARNI O’QITISH METODIKASINING PREDMETI, MAQSADI VA VAZIFALARI Download 1.4 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling