Darslik Mutaxassisliklar
Download 1.4 Mb.
|
darslik Mutaxassislik fanlarni o‘qitish metodikasi .
- Bu sahifa navigatsiya:
- Maxsus fanlarni o’qitish metodikasi fanining tadqiqot metodlari.
Ta’lim- bilim berish malaka va ko’nikma hosil qilish jarayoni kishini xayotga, mehnatga tayyorlashning asosiy vositasidir. Ta’lim jarayonida bilim o’zlashtiriladi va tarbiya amalga oshiriladi.
Bilim - kishilarning turmushdagi narsa va hodisalar to’g’risidagi, tabiat va jamiyatning rivojlanish qonunlari haqidagi tasavvur hamda tushunchalari tushuniladi. Ko’nikma - ta’lim oluvchining mehnat harakatini (yoki mehnat harakatlari majmuini) ayni sharoitda ma’qul harakat usullarini tanlab va qo’llab bajarishga va buning oqibatida mehnatda ijobiy natijalarga erishishga tayyor ekanligi. Malaka - ta’lim oluvchining harakat komponentlarini maksimal aniqlik, tezlik va maqsadga muvofilikda avtomatlashtirilgan usulda bajarishga qobilligi. Bu qobiliyat o’quvchining mashqlar o’tkazishi natijasida hosil bo’ladi. Kasbiy pedagogika- umumiy pedagogikaning bir sohasi bo’lib, u tarbiya, ta’lim, o’qitish haqida kator nazariy va amaliy ma’lumotlar beradi. Kasbiy pedagogika sanoat, ishlab chiqarish va mehnat pedagogikasining masalalari bilan shug’ullanadi. Didaktika-grekcha «didaskiuen» so’zidan olingan bo’lib, o’qitaman, o’qishni o’rgataman ma’nolarini anglatadi. Didaktika o’qitish jarayonini shakllari, metodlari, tamoyillari, mazmuni, vazifasi va maqsadlarini ishlab chiqadi. Metod-iborasi (yunoncha-metodos-tadqiqot yoki bilish yo’li, nazariya ta’limot ma’nosini anglatib) voqelikni bilish, o’zlashtirish, o’zgartirish usullari majmuasidir. Metod-pedagogik jarayon elementi sifatida mazmun, maqsadlarga maksimal mos kelishi kerak, ana shunda-tarbiya, ta’lim rivojlanish amalga oshadi. Metodika-pedagogikaning o’qitish qonuniyatlari, qoidalari, tashkil etish shakllari, amalga oshirishi va natijalarini nazorat qilib, baholash metod hamda vositalari o’zida mujassamlashtiruvchi fan tarmog’idir. O’qitish metodikasi- bu turli usullar tizimi bo’lib, o’quv-didaktik materiallaridan foydalanish orqali belgilangan maqsadga erishish uchun nazariy va amaliy mashg’ulotlar paytida qo’llaniladigan usullar majmuasidir. Mahorat -o’zlashtirilgan bilimlar va hayotiy tajribalar asosida barcha amaliy ish xarakatlarni (shu jumladan, dars berishni) kam kuch va kam vaqt sarflab bajarishdir. Kasb-muayyan bilim va mahorat talab etadigan mehnat faoliyati turidir. Kasb -hunar sirlarini egallashga umumiy hamda maxsus ma’lumot, amaliy ish - xarakat usullarini o’zlashtirish orqali erishiladi. Maxsus fanlarni o’qitish metodikasi fanining tadqiqot metodlari. Maxsus fanlarni o’qitish muammolariga qaratilgan ilmiy izlanishlar o’tkazishdan maqsad o’qitish va o’rgatishning, samaradorligin oshirishni ta’minlovchi metodlarni ishlab chiqish va ularni amalda qo’llash, o‘qitishda ta’lim va axborot texnologiyalarni qo’llashga doir masalalarni yechishni o’rganishdan iboratdir. “Maxsus fanlarni o’qitish metodikasi” fani o’z mazmun mohiyatini boyitishda, yangilashda mavjud hodisa va jarayonlarni uning maqsadi va vazifalariga muvofiq keladigan metodlari bilan o’rganadi. Ushbu fanning ilmiy tadqiqot metodlari deganda yosh avlodni tarbiyalash, bilim berish va o’qitishning real jarayonlariga xos bo’lgan ichki aloqa va munosabatlarni tekshirish, bilish va bildirish yo’llari, metodlari va vositalari majmui tushuniladi. Bu fanning ilmiy tadqiqot metodlari qanchalik rivojlansa hamda takomillashtirilsa, ta’lim-tarbiya mazmunini yangilash va takomillashtirish shu darajada yuksaladi. Ob’e ktiv dunyoni bilish nazariyasida “nimani o’rganish va o’rgatish kerak, kimni va qanday tarbiyalash lozim ” degan masalalar mavjud bo’lib, ular o’zaro uzviy bog‘liqdir. Maxsus fanlarni o’qitish metodikasida ilmiy izlanishlarning umumiy va maxsus usullari qo’llaniladi. Umumilmiy usullarga nazariy izlanish, kuzatish, suhbat, pedagogik so’rov, test, so’rovnomalari,statistik ma’lumotlarni tahlil qilish va boshqalar kiradi. Download 1.4 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling