Yangi mavzuni mustahkamlash : O’quvchilar bilan savol-javob qilish.
Uyga vazifa berish : O’tgan mavzularni takrorlash. .
Fan : Kimyo
Mavzu : 49-§ FOSFOR
Darsni maqsadi: 1.Ta’limiy maqsad: O’quvchilarga berilgan mavzu yuzasidan ilmiy asoslangan, Davlat Ta’lim Standarti talablariga javob beradigan bilimlar berib , ularda amaliy ko’nikmakarni hosil qilish.
2.Tarbiyaviy maqsad:
O’quvchilarimizni Ona-Vatanga , tarixiy va madaniy merosimizga , O’zbek xalqining buyuk siymolariga , Ota-onaga muhabbat va milliy iftihor tuygusi ruhida tarbiyalash. kologok madaniyatni shakllantirish 3.Rivojlantiruvchi maqsad:
O’quvchilarning bilim va tafakkurini, kitobxonlik malakasini oshirish, mustaqil fikrlash ko’nikmalarini shakllantirish va rivojlantirish, kimyo faniga qiziqishlarini shakllantirish.
Darsning jihozlari : Plakatlar , kimyoviy moddalardan na’munalar , kimyoviy jihozlar
Darsda qo’llaniladigan metod : Aralash , Interfaol metodlar.
Foydalanilgan adabiyotlar : Kimyo 8.Toshkent-2019. R.Asqarov,N.X.To’xtaboyev,K.G’.G’opirov.
Darsning borishi : Tashkiliy qism: 1.Salomlashish. 2. Davomat. 3. Darsga tayyorgarlik ko’rish.
Uyga vaziufani tekshirish: Konspektni tekshirish , savol-javob tariqasida uyga vazifani so’rash.
Yangi mavzuni bayoni: Oq va qizil fosfor bir - biridan qanday farqlanadi?
Fosfor ham azot singari kimyoviy elementlar davriy jadvalining beshinchi guruhi bosh guruhchasida joylashgan. Tashqi energetik qavatidagi valent elektronlari 3s2 3p5 3d0 energetik qavatchalarda joylashgan: Fosfor -3, 0, +3, +5 oksidlanish darajalarini namoyon qiladi. Tabiatda, asosan +5 oksidlanish darajasidagi fosfor birikmalari uchraydi. Tabiatda fosfor. Fosfor kimyoviy jihatdan faol bo‘lganligi sababli tabiatda faqat birikmalar tarzida uchraydi. Fosforit va apatitlar fosforning tabiiy birikmalari. Uning kimyoviy tarkibi Ca3(PO4)2. Fosfor tirik organizmlar tarkibida ham uchraydi va hayot uchun muhimdir. Oqsillar va nuklein kislotalar fosforli organik birikmalardir. Odam va hayvonlar suyaklarining anorganik tarkibiy qismini asosan Ca3(PO4)2 tashkil etadi. Olinishi. Fosfor fosforit yoki apatitdan olinadi. Elektr pechlarida havosiz muhitda fosforit yoki apatit kremniy (IV)-oksidi hamda koks ishtirokida qizdiriladi: Reaksiya natijasida olingan fosfor bug‘lari maxsus kamerada suv ostida kondensatlanadi. Yig‘ilgan fosforning tarkibi P4 ko‘rinishidagi oq fosfordir. Oq fosfor qorong‘uda shu’lalanadi. Fizik xossalari. Fosfor erkin holda bir necha allotropik shakl o‘zgarishlarni hosil qiladi. Masalan, oq va qizil fosfor (27-jadval). Oq va qizil fosfor tarkibidagi fosfor atomlarining birikish tartibiga ko‘ra bir-biridan farq qiladi. 27-jadval Oq va qizil fosforning fizik xossalari
Do'stlaringiz bilan baham: |