Darsni maqsadi: Ta’limiy maqsad


Download 0.91 Mb.
bet21/34
Sana28.03.2023
Hajmi0.91 Mb.
#1303695
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   34
Bog'liq
8~sinf konspekt

Moddalarning tavsifi

Fosforning xossalari

Oq fosfor

Qizil fosfor

Tuzilishi





Agregat holati

Kristall

Kumushsimon

Rangi

Rangsiz

To‘q –qizil

Hidi

Sarimsoq hidli

Hidsiz

Suvda erishi

Erimaydi

Erimaydi

CS2 da erishi

Yaxshi eriydi

Erimaydi

Zichligi, g/sm3

1,8

2,3

Suyuqlanish t°

44

Suyuqlanmay turib oq fosforga aylanadi

Shu’lalanishi

Qorong‘udashu’lalanadi

Shu’lalanmaydi

Organizmga ta’siri

Zaharli

Zaharsiz

Kristall panjarasi

Molekulali

Atomli

Oq fosfor yorug‘lik va harorat ta’sirida qizil fosforga aylanadi. Qizil fosfor esa havosiz joyda oq fosforning bug‘larini hosil qiladi. Bug‘lar kondensatlanib oq fosforga aylanadi. Kimyoviy xossalari. Oq fosfor kimyoviy jihatdan faoldir. Kislorod, galogenlar, oltingugurt va ayrim metallar bilan bevosita birika oladi: 4P+5O2=2P2O5 2P+3S=P2S3 2P+3Cl2=2PCl3 2P+3Ca=Ca3P2 Fosforning xlorda yonishi Vodorod bilan reaksiyaga kirishib fosfin PH3 ni hosil qiladi. Fosfin ammiakga o‘xshasa-da beqaror birikmadir: 2P + 3H2 = 2PH3 Ishlatilishi. Qizil fosfor gugurt ishlab chiqarish uchun asosiy xomashyodir. Gugurt qutisi yonboshiga surtilgan qizil fosfor, gugurt kallagidagi Bertole tuzi bilan ozgina ishqalangandayoq reaksiyaga kirishadi, ya’ni gugurtni tezda yondirib yuboradi:
Yangi mavzuni mustahkamlash : O’quvchilar bilan savol-javob qilish.
Uyga vazifa berish : 49-§ FOSFOR . Mavzuga doir masala ishlash
.
Fan : Kimyo


Mavzu : 50-§ FOSFORNING KISLORODLI BIRIKMALARI
Darsni maqsadi: 1.Ta’limiy maqsad: O’quvchilarga berilgan mavzu yuzasidan ilmiy asoslangan, Davlat Ta’lim Standarti talablariga javob beradigan bilimlar berib , ularda amaliy ko’nikmakarni hosil qilish.
2.Tarbiyaviy maqsad:
O’quvchilarimizni Ona-Vatanga , tarixiy va madaniy merosimizga , O’zbek xalqining buyuk siymolariga , Ota-onaga muhabbat va milliy iftihor tuygusi ruhida tarbiyalash. kologok madaniyatni shakllantirish 3.Rivojlantiruvchi maqsad:
Ilimni amaliyotga tatbiq etish. O’quvchilarning bilim va tafakkurini, kitobxonlik malakasini oshirish, mustaqil fikrlash ko’nikmalarini shakllantirish va rivojlantirish, kimyo faniga qiziqishlarini shakllantirish.
Darsning jihozlari : Plakatlar , kimyoviy moddalardan na’munalar , kimyoviy jihozlar
Darsda qo’llaniladigan metod : Aralash , Interfaol metodlar.
Foydalanilgan adabiyotlar : Kimyo 8.Toshkent-2019. R.Asqarov,N.X.To’xtaboyev,K.G’.G’opirov.
Darsning borishi : Tashkiliy qism: 1.Salomlashish. 2. Davomat. 3. Darsga tayyorgarlik ko’rish.
Uyga vaziufani tekshirish: Konspektni tekshirish , savol-javob tariqasida uyga vazifani so’rash.
Yangi mavzuni bayoni: Ortofosfat kislota necha bosqichda dissotsiatsiyalanadi?
Fosforning yonishida kislorod yetarli ishtirok etganda P4O10 tarkibli fosfor (V) oksidi hosil bo‘ladi. Fosfor (V)-oksidini soddaroq qilib P2O5 ko‘rinishida yozamiz: 4P + 5O2 = 2P2O5
Fosfor (V)-oksidi oq rangli, gigroskopik (suvni shimib oluvchi) modda bo‘lib, suvda yaxshi eriydi.
P2O5 ning suvda erishidan oddiy sharoitda P2O5 + H2O = 2HPO3 metafosfat kislota hosil bo‘ladi.
Reaksiya harorat ta’sirida olib borilsa, ortofosfat kislota olish mumkin: P2O5 + 3H2O = 2H3PO4
Fosfat kislotasining xosil bo‘lishi. Yoki birinchi reaksiyada hosil bo‘lgan metafosfat kislota harorat ta’sirida suv bilan reaksiyaga kirishib ortofosfat kislotani hosil qiladi: HPO3 + H2O = H3PO4
Ortofosfat kislota ohista qizdirilsa, pirofosfat kislota hosil bo‘ladi: 2H3PO4 →H4P2O7+H2O
HPO3, H2PO4, H4P2O7 lar ichida ortofosfat kislota katta amaliy ahamiyatga ega. Ortofosfat (fosfat) kislota laboratoriyada kalsiy ortofosfatga konsentrlangan sulfat kislota ta’sir ettirib qizdirish yo‘li bilan olinadi:
Ca3(PO4)2 + 3H2SO4 →3CaSO4 + 2H3PO4 Fosforni yetarli miqdordagi kislorodda yondirib, hosil bo‘lgan P2O5 ga qizdirib turib suv ta’sir ettirish yo‘li bilan ham ortofosfat kislota olish mumkin:
P →P2O5 → H3PO4 Ortofosfat kislota — H3PO4. Ortofosfat kislota rangsiz kristall modda bo‘lib, suvda juda yaxshi eriydi. 42,3°C da suyuqlanadi. Fosfat kislota uch negizli kislota bo‘lganligi sababli uch bosqichda dissotsiatsiyalanadi Fosfat kislota dissotsiatsiyalanganda uch xil ion hosil qilganligi uchun uch qator tuzlarni hosil bo‘ladi: Digidrofosfatlar: NaH2PO4, Ca(H2PO4)2.
Gidrofosfatlar: Na2HPO4, CaHPO4. Fosfatlar: Na3PO4, Ca3(PO4)2.
Ortofosfat kislota, kislotalar uchun xos bo‘lgan barcha umumiy reaksiyalarni beradi.
6Na + 2H3PO4 = 2Na3PO4 + 3H2 3CaO + 2H3PO4 = Ca3(PO4)2 + 3H2O
3NaOH + H3PO4 = Na3PO4 + 3H2O 3NH3 + H3PO4 = (NH4)3PO4
3Na2CO3 + 2H3PO4 = 2Na3PO4 + 3CO2 + 3H2O Kumush nitrat bilan reaksiyaga kirishib o‘ziga xos sariq cho‘kma hosil qiladi: 3AgNO3 + H3PO4 = Ag3PO4 + 3HNO3 Ag3PO4 — sariq rangli cho‘kma. Bu reaksiya fosfat ioni uchun reaktiv hisoblanadi. ORTOFOSFAT KISLOTA TUZLARI
Siz oldingi mavzuda ortofosfat kislotani uch bosqichda dissotsiatsiyalanib, uch xil ionni va shunga mos holda uch qator tuzlarni hosil qilishini bilib olgansiz. Metallni M bilan belgilab ortofosfat kislota tuzlarini quyidagicha yozishimiz mumkin Metall o‘rnida ammoniy ioni ham bo‘lishi mumkin: (NH4)3PO4 - ammoniy ortofosfat, (NH4)2HPO4 - ammoniy gidrofosfat, NH4HPO4 - ammoniy digidrofosfat. Digidrofosfatlar suvda eriydi, qolgan fosfatlar esa suvda erimaydi. Ishqoriy metallarning fosfatlari bilan ammoniy fosfitlar suvda eriydi. Kalsiy fosfat suvda erimaydi, ammo kuchli kislotalarda eriydi. Ca3(PO4)2 + 4HNO3 = Ca(H2PO4)2 + 2Ca(NO3)2 Fosfor va fosfor birikmalarining biologik ahamiyati. Fosforni akademik A.Yu.Fersman "Hayot va tafakkur elementi" deb atagan. Darhaqiqat, fosfor azot, uglerod, vodorod elementlari singari tirik organizmlarning asosini tashkil etadi. Odam va hayvonlar suyak to‘qimalarining anorganik tarkibiy qismini Ca3(PO4)2 tashkil etadi. U suyak mustahkamligini va qattiqligini ta’minlaydi.
Tirik organizmdagi energiya almashinuvi fosfor birikmasi — adenozintrifosfat (ATF) tomonidan amalga oshiriladi. Odamda bir kunlik fosfor sarfi taxminan ikki grammni tashkil etadi. Odamlar fosforga bo‘lgan ehtiyojini o‘simliklar, chorva va parranda mahsulotlaridan oladi. O‘simliklar esa fosforni tuproqdagi fosforli mineral o‘g‘itlardan qabul qiladi. Fosforning tabiatda aylanishini quyidagicha tasavvur qilish mumkin.

Download 0.91 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   34




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling