Darsni maqsadi: Ta’limiy maqsad


Yangi mavzuni mustahkamlash


Download 0.91 Mb.
bet23/34
Sana28.03.2023
Hajmi0.91 Mb.
#1303695
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   34
Bog'liq
8~sinf konspekt

Yangi mavzuni mustahkamlash : O’quvchilar bilan savol-javob qilish.
Uyga vazifa berish : O’tgan mavzularni takrorlash. Mavzuga doir masala ishlash
.
Fan : Kimyo. -sana :


Mavzu : 51-§ MINERAL O‘G‘ITLAR
Darsni maqsadi: 1.Ta’limiy maqsad: O’quvchilarga berilgan mavzu yuzasidan ilmiy asoslangan, Davlat Ta’lim Standarti talablariga javob beradigan bilimlar berib , ularda amaliy ko’nikmakarni hosil qilish.
2.Tarbiyaviy maqsad:
O’quvchilarimizni Ona-Vatanga , tarixiy va madaniy merosimizga , O’zbek xalqining buyuk siymolariga , Ota-onaga muhabbat va milliy iftihor tuygusi ruhida tarbiyalash. kologok madaniyatni shakllantirish 3.Rivojlantiruvchi maqsad:
Ilimni amaliyotga tatbiq etish. O’quvchilarning bilim va tafakkurini, kitobxonlik malakasini oshirish, mustaqil fikrlash ko’nikmalarini shakllantirish va rivojlantirish, kimyo faniga qiziqishlarini shakllantirish.
Darsning jihozlari : Plakatlar , kimyoviy moddalardan na’munalar , kimyoviy jihozlar
Darsda qo’llaniladigan metod : Aralash , Interfaol metodlar.
Foydalanilgan adabiyotlar : Kimyo 8.Toshkent-2019. R.Asqarov,N.X.To’xtaboyev,K.G’.G’opirov.
Darsning borishi : Tashkiliy qism: 1.Salomlashish. 2. Davomat. 3. Darsga tayyorgarlik ko’rish.
Uyga vaziufani tekshirish: Konspektni tekshirish , savol-javob tariqasida uyga vazifani so’rash.
Yangi mavzuni bayoni: Sinf xonangizdagi gullarni oziqlantirish uchun mineral o‘g‘itlardan foydalanganmisiz? Qanday natijalar kuzatilgan? MINERAL O‘G‘ITLARNING QISHLOQ XO‘JALIGIDAGI AHAMIYATI Qishloq xo‘jaligi ekinlaridan yuqori hosil olishda mineral o‘g‘itlarning ahamiyati juda katta. O‘simliklarning normal hayot kechirishi uchun uglerod, vodorod, kislorod, azot, fosfor, kaliy, kalsiy, magniy, temir kabi elementlar zarar. Ayniqsa, ushbu elementlardan azot, fosfor va kaliyning ahamiyati juda muhimdir. O‘simliklarning kimyoviy tarkibi tahlil qilinganda ularda kimyoviy elementlar davriy jadvalida 70 ga yaqin element mavjud ekanligi aniqlangan. Ularning ayrimlari o‘simliklar uchun ko‘proq, ayrimlari esa ozroq miqdorda kerak. O‘simliklar uchun ko‘proq miqdorda zarur bo‘ladigan elementlar makroelementlar, ozro miqdorda kerak bo‘ladigan elementlar esa mikroelementlar deb ataladi:
Makroelementlar - C, O, H, N, P, S, Mg, K, Ca; Mikroelementlar - Fe, Mn, B, Cu, Zn, Mo, Co;
Azot, fosfor va kaliy elementlari o‘simliklar uchun muhim ahamiyatga ega bo‘lib, ko‘p miqdorda kerak bo‘ladi. Shuning uchun bu elementlarni o‘simliklar o‘zlashtira oladigan moddalar ko‘rinishda ko‘proq ishlab chiqarish zarur. O‘simliklarda azot yetishmaganda uning o‘sishi kechikadi. Barglari och yashil bo‘lib qoladi, hatto sarg‘ayib ketadi. Fotosintez jarayoni buziladi. Bu o‘simliklarning hosildorligini keskin kamaytirib yuboradi. Fosfor o‘simliklar hayotida zarur bo‘lgan oksidlanish-qaytarilish jarayonlarida ishtirok etuvchi moddalar tarkibiga kirib, o‘simlikning o‘sishi va rivojlanishi uchun katta ahamiyatga ega.
N emis olimi Yu. Libix (1803 - 1873) Agrokimyo faniga asos solgan,o‘simliklarning mineral oziqlanish nazariyasini taklif etgan, tuproqqa mi­neral o‘g‘itlar solish yo‘li bilan madaniy o‘simliklar hosildorligini oshirishga doir tavsiyanomalar bergan. Kaliy o‘simliklarda sodir bo‘ladigan fotosintez jarayonini tezlashtiradi. Uglevodlarning to‘planishini jadallashtiradi. Masalan, qand lavlagida shakarni, kartoshkada kraxmalni, g‘o‘zada paxta tolasi—sellyulozani va hokazo. O‘simlik poyasini mustahkamlaydi. Temir o‘simlikda azot, fosfor va kaliyning o‘zlashtirilishini tezlashtiradi. Mis, rux va marganeslar o‘simlikda sodir bo‘ladigan oksidlanish-qaytarilish jarayonlarini tezlashtiradi. O‘simliklar makro va mikroelementlarni ionlar tarzida o‘zlashtiradi. Tuproq eritmasida ionlarga ajraladigan moddalar mineral o‘g‘itlar deyiladi. Qishloq xo‘jaligi o‘simliklaridan yuqori hosil olish uchun mineral o‘g‘itlardan to‘g‘ri foydalanish kerak. Mineral o‘g‘itni o‘simlikka qachon, qanday, qancha miqdorda berish kerakligini albatta bilish zarur. Agar o‘simlikka keragidan ortiqcha o‘g‘it berilsa, uning ortiqcha miqdori o‘simlik organizmida to‘planib qoladi. Bunday o‘simliklardan olingan mahsulotlar iste’mol uchun yaroqsiz bo‘ladi.
M . N. Nabiyev. Beruniy nomidagi Davlat mukofoti laureati. (1915-1995)O‘zbekiston FA akademigi, O‘zbekistonda o‘g‘itlar kimyosi va texnologiyasi ustida juda katta ilmiy ishlar qilgan. Fosforitlarni nitrat kislota bilan ishlab, yangi kompleks o‘g‘itlar olishga muvaffaq bo‘lgan. O‘zbekistonda fosforli, kaliyli o‘g‘itlar ishlab chiqarish uchun xomashyo man balarini o‘rgangan. Qoraqat fosfatlari asosida superfosfatlar olish texnologiyasini ishlab chiqqan. Kam zaharli defoliantlar ishlab chiqarish ustida qator tadqiqotlar olib borgan. Mineral o‘g‘itlarni tarkibidagi ozuqa elementlari (N, K2O, P2O5)ning mavjudligiga qarab oddiy yoki kompleks o‘g‘itlarga bo‘lish mumkin Oddiy o‘g‘itlar tarkibida faqat bitta ozuqa elementi bo‘ladi (NaNO3, KCl, NH4NO3, Ca(H2PO4)2 va boshqalar), kompleks o‘g‘it tarkibida ikki yoki uch xil ozuqa elementi uchraydi (KNO3, NH4H2PO4 va boshqalar). — "Agro" yunoncha so‘z bo‘lib, "dala" degan ma’noni anglatadi. Agrokimyo - dala kimyosi demakdir. — 1840-yilda nemis kimyogari Yu. Libix "Kimyoning dehqonchilikka tadbiqi" kitobida o‘simliklarning oziqlanishi uchun N, P, K elementlarini tutgan tuzlar va shuningdek, boshqa elementlar tutgan moddalar zarur ekanligini tushuntirib bergan. —Agrokimyogarlar tuproqning kimyoviy tarkibini o‘rganuvchi mutaxassislardir. Tuproq — murakkab tarkibli, doimo o‘zgarib turuvchi tuzilma.

Download 0.91 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   34




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling