Yangi mavzuni mustahkamlash : O’quvchilar bilan savol-javob qilish.
Uyga vazifa berish :52-§,53-§ ASOSIY MINERAL O‘G‘ITLAR, BIOGEN ELEMENTLAR VA ULARNING TIRIK ORGANIZMLARDAGI AHAMIYATI.
.
Fan : Kimyo. -sana :
Mavzu : 5- Amaliy mashg’ulot. 5. Mineral o‘g‘itlarni aniqlash
Darsni maqsadi:
1.Ta’limiy maqsad: O’quvchilarga berilgan mavzu yuzasidan ilmiy asoslangan, Davlat Ta’lim Standarti talablariga javob beradigan bilimlar berib , ularda amaliy ko’nikmakarni hosil qilib, tegishli malakalarini shakllantirish.
2.Tarbiyaviy maqsad:
O’quvchilarimizni Ona-Vatanga , tarixiy va madaniy merosimizga , O’zbek xalqining buyuk siymolariga , Ota-onaga muhabbat va milliy iftihor tuygusi ruhida tarbiyalash. Ularda ekologok madaniyatni shakllantirish va tarbiyalash.
3.Rivojlantiruvchi maqsad:
Ilimni amaliyotga tatbiq etish. O’quvchilarning bilim va tafakkurini, kitobxonlik malakasini oshirish, mustaqil fikrlash ko’nikmalarini shakllantirish va rivojlantirish, kimyo fani va shu sohadagi kasblarga qiziqishlarini shakllantirish.
Foydalangan adabiyot: Kimyo fanidan uzviylashtirilgan o’quv dasturi asosida nazorat ishlarini o’tkazish bo’yicha metodik tavsiyalar (7,8,9-sinf). Toshkent-2011 y. O’zbekiston Respublikasi Ta’lim markazi.
Darsning borishi : Tashkiliy qism: 1. O’quvchilar bilan salomlashish.
2. O ’quvchilar davomadini aniqlash.
3. Darsga tayyorgarlik ko’rish.
Amaliy ishini bayoni:
31-jadvaldan foydalanib zarur tajribalarni o‘tkazgan holda sizga berilgan mineral o‘g‘it namunalarini aniqlang.
1-variant. Uchta probirkada quyidagi mineral o‘g‘itlar berilgan. Qaysi probirkada qanday mineral o‘g‘it bor ekanligini aniqlang:
Kaliy nitrat, ammoniy nitrat, superfosfat.
2-variant. Sizga berilgan o‘g‘itni kaliy xlorid ekanligini aniqlang.
3-variant. Sizga berilgan o‘g‘itni ammoniy xlorid ekanligini toping.
4-variant. Sizga berilgan mineral o‘g‘itning nomini aniqlang. Bu o‘g‘it haqida nimalarni bilasiz? (Sizga o‘qituvchi istalgan bitta mineral o‘g‘itdan 4—5 gramm miqdorda namuna berishi mumkin.)
Ba’zi mineral o‘g‘itlarning umumiy tavsifi
31-jadval
Do'stlaringiz bilan baham: |