Yangi mavzuni mustahkamlash : O’quvchilar bilan savol-javob qilish.
Uyga vazifa berish : Takrorlash.
.
1. Rux gidroksidning olinishi, unga kislota va ishqor eritmalarining ta’siri
1. Probirkaga 5% li o‘yuvchi natriy eritmasidan 1-2 ml quying.
2. Eritma ustiga rux xlorid tuzi eritmasidan mo‘l miqdorda soling.
3. Hosil bo‘lgan cho‘kmani ikkita probirkaga bo‘lib oling.
4. Probirkalarning biriga xlorid kislota, ikkinchisiga o‘yuvchi natriy eritmasidan quying. Probirkalarni chayqating.
2. Turli kimyoviy bog‘lanishli moddalarning (kaliy xlorid, oltingugurt, yod) kristallari namunalarini tayyorlash
1. Kaliy xlorid qanday kimyoviy bog‘lanishli modda? Ion bog‘lanishli moddalarga misollar keltiring.
2. Kaliy va xlor ionlarining koordinatsion soni oltiga tengligini va qarama-qarshi ionlar bir-biri bilan birika olishini bilgan holda kaliy xlorid kristallarini shar sterjenli modelini tayyorlang. Rasmini daftaringizga chizib oling.
qizil sharcha - kaliy ionlari: sariq sharcha - xlor ionlari.
3. Kristall oltingugurtda 8 ta oltingugurt atomi bir-biri bilan doira yoki kreslo shaklida birikishini bilgan holda shar sterjenli modelini tayyorlang. Rasmini daftaringizga chizib oling.
3. Elektrolitik dissotsiatsiyalanish nazariyasi mavzusi yuzasidan tajribalar o‘tkazish
I. Elektrolitlar eritmalari muhitini indikatorlar yordamida aniqlash.
1. Yuvilgan va yaxshi tozalangan uchta probirka olib, ularning birinchisiga AlCl3, ikkinchisiga Na2CO3 va uchinchisiga KCl tuzlarining eritmalaridan 1-2 ml dan quyib oling.
2. Har bir probirkaga 2 tomchidan metilzarg‘aldoq eritmasidan tomizing. Aralashtiring. Sodir bo‘lgan o‘zgarishlarni kuzating. Quyidagi jadvalni daftaringizga ko‘chirib, natijani yozib oling.
Do'stlaringiz bilan baham: |