Darsning mavzusi: Botanika faniga kirish. Darsning ta’limiy maqsadi


Download 0.68 Mb.
bet1/10
Sana05.12.2020
Hajmi0.68 Mb.
#160438
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
5 SINF BOTANIKA KONSPEKT


5 -sinf Sana _________

Tasdiqlayman_________ O’IBDO’. _______________________



Darsning mavzusi: Botanika faniga kirish.

Darsning ta’limiy maqsadi: O’quvchilarga botanika fani haqidagi dastlabki tushunchalarni berish, ko’nikmalarni shakllantirish.

Darsning tarbiyaviy maqsadi: Tinchlikni e’zozlash, shukronalik, keksalarni qadrlash. O’quvchilarni dunyoqarashlarini kengaytirish, ekologik tarbiya berish. Kasbga yo’natirish. Tabiatni asrashga o’rgatish.

Darsning rivojlantiruvchi maqsadi: O’quvchilarning tirik organizmlar, ularda boradigan hayotiy jarayonlar haqidagi bilimlari, darslik ustida mustaqil ishlash, guruhlarda ishlash, mustaqil fikrlash ko’nikmalarini rivojlantirish.

Darsning turi: Yangi tushuncha, bilimlarni shakllantiruvchi.

Dars shakli. Yangi pedtexnologiyalar asosida (Loyhalash va boshqa metodlar)

Darsning jihozi: Darslik, albom, ko’rgazmali qurollar, mavzuga oid rangli plakat(rasm)lar, mikropreparatlar, mulyajlar, didaktik materiallar, texnika vositasi.

  1. Tashkiliy qism; Salomlashish, davomatni aniqlash. Darsni o’quvchilardan kun, sana, oy, yil fasli, kun yangiliklarini aniqlashdan boshlanadi.

  2. O’tgan mavzuni mustaxkamlash. Tezkor savol-javob qilish.

  3. Yangi mavzu bayoni:

O'xshashi yo‘q bu go'zal bo‘ston,

Dostonlarda bitgan guliston.

О'zbekiston deya atalur,

Uni sevib el tilga olur.

Go'zal tabiatni rang-barang o'simliklar olamisiz tasavvur qilib bo'lmaydi. Yer yuzida o'simliWar turi juda keng tarqalgan. Bu o'simliklarni jazirama cho'llardan tortib, to baland tog'lar cho'qqisigacha bo'lgan turli tuproq va iqlim sharoitida uchratish mumkin. O'zbekistonda tabiiy holda o'sadigan yuksak o'simliklarning 4500, 0‘rta Osiyoda 8000, Yer yuzida esa 500 000 dan ortiq turi borligi aniqlangan. Tabiatda o'simliklar uchramaydigan joy nihoyatda kam.

0‘simliklarning turli sharoitda o'sishi tabiatshunoslik darslaridan sizga ma’lum. O'zbekistonda yoz oylarida suvsiz, qumli va sho'rxok cho‘llarda, hamisha qor va muzliWar bilan qoplanib yotadigan, baland tog'lard a o'sadigan, g'orlar ichkarisida osilib o'sadigan ajoyib o'simliklar haqida eshitgansiz. Tabiatda dengiz, daryo, ko‘l va kanallarda, shuningdek, botqoqliklarda o'sadigan o'simliklar ham kam emas. Ular uzoq yillar davomida turli sharoitda o'sishga moslashgan.

Tabiatshunoslik darslarida olgan bilimingiz siz uchun yangi fan — biologiyaning bir bo'limi — botanikani yanada mukammal o'rganishga katta yordam beradi.

Botanika — yunoncha «botane» ко‘kat, о‘t, о ‘simlik degan ma’noni bildiradi. Bu fan o'simliklarning paydo bo'lishi, hayoti, tashqi va ichki tuzilishi, rivojlanishi, yer yuzida tarqalishi, tabiat bilan bog'liqligini, ulardan oqilona foydalanish va ularni muhofaza qilish usullarini o'rganadi.

  1. Yangi mavzuni mustakamlash. Tezkor savol-javob orqali o’quvchilar bilimi tekshiriladi va mustaxkamlanadi.

  1. Botanika fani nimalarni o‘rgatadi?

  2. 0‘simliklar tabiatda qanday ahamiyatga ega?

  3. 0‘simIiklarning odamlar hayotida tutgan o‘rni nimalardan iborat?

  1. O’quvchilarni baholash. Darsda faol qatnashgan o’quvchilar rag’batlantiriladi (baholanadi).

  2. Uyga vazifa; mavzuni o’qish, mustaqil test tuzish 10 tadan. Rasm chizish, savollarga javob yozish.


5 -sinf Sana _________

Tasdiqlayman_________ O’IBDO’. _______________________



Darsning mavzusi: Gulli o’simliklarning xilma-xilligi bilan tanishishi. Yashash muhiti va o’ziga hos hususiyatlari.

Darsning ta’limiy maqsadi: O’quvchilarga gulli o’simliklarning xilma-xilligi bilan tanishishi. Yashash muhiti va o’ziga hos hususiyatlari haqida tushunchalarni berish, ko’nikmalarni shakllantirish.

Darsning tarbiyaviy maqsadi: Tinchlikni e’zozlash, shukronalik, keksalarni qadrlash. O’quvchilarni dunyoqarashlarini kengaytirish, ekologik tarbiya berish. Kasbga yo’natirish. Tabiatni asrashga o’rgatish.

Darsning rivojlantiruvchi maqsadi: O’quvchilarning tirik organizmlar, ularda boradigan hayotiy jarayonlar haqidagi bilimlari, darslik ustida mustaqil ishlash, guruhlarda ishlash, mustaqil fikrlash ko’nikmalarini rivojlantirish.

Darsning turi: Yangi tushuncha, bilimlarni shakllantiruvchi, o’quvchilar egalagan bilimlarni nazorat qiluvchi dars.

Dars shakli. Yangi pedtexnologiyalar asosida (Loyhalash va boshqa interfaol metodlar)

Darsning jihozi: Darslik, albom, ko’rgazmali qurollar, mavzuga oid rangli plakat(rasm)lar, mikropreparatlar, mulyajlar, didaktik materiallar, texnika vositasi.

  1. Tashkiliy qism; Salomlashish, davomatni aniqlash. Darsni o’quvchilardan kun, sana, oy, yil fasli, kun yangiliklarini aniqlashdan boshlanadi.

  2. O’tgan mavzuni mustaxkamlash.

  1. Botanika fani nimalarni o‘rgatadi?

  2. 0‘simliklar tabiatda qanday ahamiyatga ega?

  3. 0‘simIiklarning odamlar hayotida tutgan o‘rni nimalardan iborat?

  1. Yangi mavzu bayoni: Gullari turlicha shakl va rangli gulqo‘rg‘on (gulkosa, gultoj), uning ichida o'rnashgan changchi hamda urug‘iga ega bo'lgan, urug‘langandan so‘ng meva hosil qiladigan o'simliklarga gulli o‘simliklar deyiladi. Ular ildiz, poya, barg, gul, meva va urug‘lardan tashkil topgan.

Yer yuzidagi gulli o'simliklar 533 oila, 13000 turkum va 250 mingdan ortiq turni o‘z ichiga olishi aniqlangan. Bu o‘simliklarning har biri o'ziga xos belgilari bilan bir-biridan farq qiladi.

Gulli o'simliklarning hammasi ham o‘z hayoti davomida gullab meva tugadi.

O'simliklar dunyosi million yillar davomida turlicha iqlim sharoitiga, tuproqqa va namlikka moslashib shakllangan. Uning organlari, ichki tuzilishi, ajoyib xossalari, xususan, hayotiy shakllari, yirik guli va mevasi, ildizi, salobatli shox-shabbasi, umrboqiyligi, hayvonlar singari tirik mavjudotlar bilan oziqlanishi, kelgusi naslni o‘z bag'rida voyaga yetkazib, mustaqil hayotga yo'llanma berishi kabi irsiy belgilari bilan necha asrlardan beri odamlarni o'ziga jalb etib keladi

Meksika kaktuslari, Kanar orollarida 6000 yilgacha umr ko‘radigan ajdar daraxtlari, Sumatra orolidagi diametri 1 m ga yetadigan rafleziya kabi ulkan gullar misol bo‘ladi. Bund ay ajoyibotlar o'lkamizdagi o'simliklar orasida ham ko'plab topiladi. Masalan, jazirama issiqqa bardosh berib, qum uyumlarida o‘sadigan, barglari arang ko'rinadigan saksovul va qandim, poyasi suv tagida bo'lib, guli suv yuzasida ochiladigan nilufar, hasharotlar bilan oziqlanadigan suv qaroqchisi, tabiat ko'rki bo'lgan qizil lola, ko‘zagul, sallagul, chinnigul va jumagullar (xolmon), noyob mevali o'simliklardan yong‘oq, pista, bodom, safsanlar, tabobatimiz gavhari hisoblangan chakanda, isiriq, na’matak, suvqalampir va boshqalar o'simliklar dunyosining ajoyib vakillaridir. Barcha gulli o'simliklarda ildiz, poya, barg, gul, meva va urug'larning bo'lishi ularning o'ziga xos xususiyatidir.

Gulning tashqi qavati, odatda, yashil rangli gulkosachabarglar bilan o'ralgan bo‘ladi. Ulardan so‘ng rangli gultojbarglar joylashadi. Gulning o‘rta qismida changchilar, markazida esa urug'chi joylashadi.

Gulli o'simliklarning xilma-xilligi ekologik sharoitning o'zgarishi bilan bog'liq. Ular million yillar mobaynida o'zgarib, yangi muhitga, sharoitga moslasha borgan.


7- rasm. Hasharotxo‘r o‘simliklar:

1— nepentes (kuvacha);

2— drosera.


  1. Yangi mavzuni mustakamlash. Tezkor savol-javob orqali o’quvchilar bilimi tekshiriladi va mustaxkamlanadi.

  1. Barcha gulli o‘simliklar uchun xos bo‘lgan belgilar nimalardan iborat?

  2. Gulli o‘simliklarning qanday organlari bor?

  3. Gulli o‘simliklar nima uchun xilma-xil bo‘ladi?

  1. O’quvchilarni baholash. Darsda faol qatnashgan o’quvchilar rag’batlantiriladi (baholanadi).

  2. Uyga vazifa; mavzuni o’qish, mustaqil test tuzish 10 tadan. Rasm chizish, savollarga javob yozish.

5 -sinf Sana _________

Tasdiqlayman_________ O’IBDO’. _______________________

Darsning mavzusi: 1-labaratoriya mashg’uloti. Gulli o’simliklarini organlari bilan tanishish.

Darsning ta’limiy maqsadi: O’quvchilarga gulli o’simliklarini organlari bilan tanishish va ular haqida tushunchalarni berish, ko’nikmalarni shakllantirish.

Darsning tarbiyaviy maqsadi: Tinchlikni e’zozlash, shukronalik, keksalarni qadrlash. O’quvchilarni dunyoqarashlarini kengaytirish, ekologik tarbiya berish. Kasbga yo’natirish. Tabiatni asrashga o’rgatish.

Darsning rivojlantiruvchi maqsadi: O’quvchilarning tirik organizmlar, ularda boradigan hayotiy jarayonlar haqidagi bilimlari, darslik ustida mustaqil ishlash, guruhlarda ishlash, mustaqil fikrlash ko’nikmalarini rivojlantirish.

Darsning turi: Yangi tushuncha, bilimlarni shakllantiruvchi, o’quvchilar egalagan bilimlarni nazorat qiluvchi dars.

Dars shakli. Yangi pedtexnologiyalar asosida (Loyhalash va boshqa interfaol metodlar)

Darsning jihozi: Darslik, albom, ko’rgazmali qurollar, mavzuga oid rangli plakat(rasm)lar, mikropreparatlar, mulyajlar, didaktik materiallar, texnika vositasi.

  1. Tashkiliy qism; Salomlashish, davomatni aniqlash. Darsni o’quvchilardan kun, sana, oy, yil fasli, kun yangiliklarini aniqlashdan boshlanadi.

  2. O’tgan mavzuni mustaxkamlash.

  1. Barcha gulli o‘simliklar uchun xos bo‘lgan belgilar nimalardan iborat?

  2. Gulli o‘simliklarning qanday organlari bor?

  3. Gulli o‘simliklar nima uchun xilma-xil bo‘ladi?



  1. Yangi mavzu bayoni: Laboratoriya mashg‘ulotini tayyor gerbariydan foydalanib yoki maktab hovlisida o‘sadigan o‘simliklar bilan tanishish orqali o'tkazish mum kin.

  1. 0‘simlik organlarini aniqlang.

  2. Gulning tuzilishini (gulqo‘rg‘on bo‘laklari, changchi va urug‘chilarni) ko‘zdan kechiring.




  1. Yangi mavzuni mustakamlash. Tezkor savol-javob orqali o’quvchilar bilimi tekshiriladi va mustaxkamlanadi. Laboratoriya mashg‘ulotida qilingan ishlar yuzasidan savol-javob o’tkaziladi.

  2. O’quvchilarni baholash. Darsda faol qatnashgan o’quvchilar rag’batlantiriladi (baholanadi).

  3. Uyga vazifa; mavzuni o’qish, mustaqil test tuzish 10 tadan. Rasm chizish, savollarga javob yozish.


5 -sinf Sana _________

Tasdiqlayman_________ O’IBDO’. _______________________



Darsning mavzusi: Gulli o‘simliklarning hayotiy shakllari.

Darsning ta’limiy maqsadi: O’quvchilarga gulli o‘simliklarning hayotiy shakllari haqida tushunchalarni berish, ko’nikmalarni shakllantirish.

Darsning tarbiyaviy maqsadi: Tinchlikni e’zozlash, shukronalik, keksalarni qadrlash. O’quvchilarni dunyoqarashlarini kengaytirish, ekologik tarbiya berish. Kasbga yo’natirish. Tabiatni asrashga o’rgatish.

Darsning rivojlantiruvchi maqsadi: O’quvchilarning tirik organizmlar, ularda boradigan hayotiy jarayonlar haqidagi bilimlari, darslik ustida mustaqil ishlash, guruhlarda ishlash, mustaqil fikrlash ko’nikmalarini rivojlantirish.

Darsning turi: Yangi tushuncha, bilimlarni shakllantiruvchi, o’quvchilar egalagan bilimlarni nazorat qiluvchi dars.

Dars shakli. Yangi pedtexnologiyalar asosida (Loyhalash va boshqa interfaol metodlar)

Darsning jihozi: Darslik, albom, ko’rgazmali qurollar, mavzuga oid rangli plakat(rasm)lar, mikropreparatlar, mulyajlar, didaktik materiallar, texnika vositasi.

  1. Tashkiliy qism; Salomlashish, davomatni aniqlash. Darsni o’quvchilardan kun, sana, oy, yil fasli, kun yangiliklarini aniqlashdan boshlanadi.

  2. O’tgan mavzuni mustaxkamlash. Gerbariylar, chizilgan rasmlar tekshiriladi.

  3. Yangi mavzu bayoni: ‘simliklarning tashqi muhitga har xil shaklda moslanishiga hayotiy shakl deyiladi.

Gulli o'simliklar hayotiy shakllariga ko‘ra daraxt, buta, yarimbuta, bir yillik, ikki yillik va ko‘p yillik o'tlarga bo‘linadi.

Daraxtlar — tanasi yog‘ochlashgan, asosan, bitta yo'g'on tanali, baquvvat ildizli va keng shox-shabbali, baland bo'yli ko‘p yillik o‘simliklardir. Bular guli, mevasi, poyasining eni, bo‘yi, shox-shabbasi va barglari bilan bir-biridan farq qiladi. Masalan: olma, o‘rik, yong'oq va shaftolining shox-shabbasi yoyiq; qarag'ay va terakniki g‘uj va tik; sada qayrag'och va majnuntolniki sharsimon bo'ladi.

Daraxtlar oz yoki ko‘p yil yashashiga ko‘ra turli xil bo'ladi. Masalan, Afrikada o'sadigan baobab daraxti 4000—5000 yil, archa, sarv 1000 yil, soxta kashtan 2000 yil, chinor 800 yil, o‘rik va yong4oq 70—100 yil yashashi mumkin.

Tabiiy holda tarqalgan daraxtlar sharoitga qarab bir- biridan keskin farq qiladi. Masalan, bir turga mansub bo'lgan va tog‘larning shimoliy yonbag‘irlarida o'sadigan daraxtlar janubiy yonbag'irlarida o'sadigan daraxtlardan shox-shabbasining ko'pligi, kengligi va balandligi bilan farq qiladi.

Butalar — poyasi yog'ochlashgan, bo‘yi 2—3 m dan oshmaydigan bitta yoki bir nechta poya hosil qiladigan sershox ko‘p yillik o'simlik. Bularga, ayniqsa, tog'lar yonbag‘rida keng tarqalgan irg‘ay, singirtak, na’matak, zirk, bodomcha, uchqat, madaniy o‘simliklardan anor, limon, qoraqat, ligustrum,


Ko‘p yillik o‘t:

gulsafsar.
nastarin kabi o‘simliklarni misol qilib keltirish mumkin


Download 0.68 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling