Darsning mavzusi: Botanika faniga kirish. Darsning ta’limiy maqsadi
Download 0.68 Mb.
|
5 SINF BOTANIKA KONSPEKT
- Bu sahifa navigatsiya:
- Yangi mavzuni mustakamlash.
- O’quvchilarni baholash.
- Darsning ta’limiy maqsadi
- Darsning rivojlantiruvchi maqsadi
- Tashkiliy qism;
- Hujayra qobigi
- leykoplastlar
Yangi mavzu bayoni: LUPA. Hujayralarni va ularning ichki tuzilishini o'rganishda kattalashtirib ko'rsatadigan xilma-xil asboblardan foydalaniladi. Lupa turli hajmda kattalashtirib ko'rsatadigan, ikki tomoni qabariq oynadan iborat.
-qo‘l lupasi; 2— shtativli lupa. MIKROSKOP. Hujayra larning ichki tuzilishini va sitoplazmadagi harakatlarni kuzatishda lupaga nisbatan murakkabroq asbob — mikroskopdan foydalaniladi. Mikroskop buyumlarni ming marta va undan ham ko‘p, zamonaviy elektron mikroskoplar esa yuz ming marta kattalashtirib ko'rsatadi. Mikroskop ixtiro qilingach, tirik mavjudotlar, shu jumladan, o'simliklarning organlari hujayralardan tuzilganligini aniq va ravshan ko'rish mumkin bo'ldi. Yangi mavzuni mustakamlash. Tezkor savol-javob orqali o’quvchilar bilimi tekshiriladi va mustaxkamlanadi. Kattalashtirib ko‘rsatadigan asboblarga nimalar kiradi? Mikroskop qanday qismlardan tashkil topgan? Mikroskop buyumlarni necha marta kattalashtirib ko‘rsatadi? O’quvchilarni baholash. Darsda faol qatnashgan o’quvchilar rag’batlantiriladi (baholanadi). Uyga vazifa; mavzuni o’qish, mustaqil test tuzish 10 tadan. Rasm chizish, savollarga javob yozish. 5 -sinf Sana _________ Tasdiqlayman_________ O’IBDO’. _______________________ Darsning mavzusi: Xujayraning qismlari. Xujayraning xilma-xilligi. Darsning ta’limiy maqsadi: O’quvchilarga xujayraning qismlari. Xujayraning xilma-xilligi haqidagi tushunchalarni berish, ko’nikmalarni shakllantirish. Darsning tarbiyaviy maqsadi: Tinchlikni e’zozlash, shukronalik, keksalarni qadrlash. O’quvchilarni dunyoqarashlarini kengaytirish, ekologik tarbiya berish. Kasbga yo’natirish. Tabiatni asrashga o’rgatish. Darsning rivojlantiruvchi maqsadi: O’quvchilarning tirik organizmlar, ularda boradigan hayotiy jarayonlar haqidagi bilimlari, darslik ustida mustaqil ishlash, guruhlarda ishlash, mustaqil fikrlash ko’nikmalarini rivojlantirish. Darsning turi: Yangi tushuncha, bilimlarni shakllantiruvchi, o’quvchilar egalagan bilimlarni nazorat qiluvchi dars. Dars shakli. Yangi pedtexnologiyalar asosida (Loyhalash va boshqa interfaol metodlar) Darsning jihozi: Darslik, albom, ko’rgazmali qurollar, mavzuga oid rangli plakat(rasm)lar, mikropreparatlar, mulyajlar, didaktik materiallar, texnika vositasi. Tashkiliy qism; Salomlashish, davomatni aniqlash. Darsni o’quvchilardan kun, sana, oy, yil fasli, kun yangiliklarini aniqlashdan boshlanadi. O’tgan mavzuni mustaxkamlash. Kattalashtirib ko‘rsatadigan asboblarga nimalar kiradi? Mikroskop qanday qismlardan tashkil topgan? Mikroskop buyumlarni necha marta kattalashtirib ko‘rsatadi? Yangi mavzu bayoni: O'simlik va hayvonlar organizmi hujayralardan tuzilgan. Hujayralar juda mayda bo'lib, ularni faqat mikroskopda ko‘rish mumkin. O'simliklar tanasi bitta hujayradan yoki ko‘p hujayralardan tuzilgan bo'ladi. Bitta hujayradan tuzilgan bo'lsa organizmdagi barcha jarayonlar: oziqlanish, nafas olish, ajratish, o‘sish, ko‘payish ana shu bitta hujayrada o'tadi. Ko‘p hujayrali organizmiar yuzlab, minglab va millionlab hujayralar yig'indisidan tashkil topgan bo'ladi. Bunday organizmdagi ayrim jarayonlar maxsus hujayralar tomonidan amalga oshiriladi. Hujayra hujayra qobig'i va uning ichidagi tirik qism (borliq)dan iborat. Tirik qism sitoplazma va mag'izdan tashkil topgan. Hujayra qobig'i tiniq va mustahkam bo'ladi. Kletchatka unga mustahkamlik beradi. Hujayra qobig'i uning ichidagi tirik qismni tashqi tomondan o‘rab turadi. U tashqi ta’sirdan humoya qiladi va shaklini saqlab turadi hamda tashqi muhit bilan bog'lab turadi. Tirik hujayraning qobig'i murakkab tuzilishga ega, u bir moddani osongina o‘tkazsa, boshqasiga to'sqinlik qiladi. Hujayra qobig'idagi tanlab o'tkazuvchanlik xususiyati u nobud bo‘lguncha saqlanib turadi. Demak, qobiq hujayraning butunligini saqlash bilan bir qatorda, moddalarning tashqaridan kirishini tartibga solib turadi hamda ortiqcha moddalarni tashqariga chiqaradi. 18- rasm. Hujayraning tuzilishi: 1— qobiq; 2—sitoplazma; 3— mag'iz (yadro); 4— xloroplast; 5—vakuol. Sitoplazma — hujayraning asosiy tarkibiy qismi. U rangsiz, tiniq, suyuq yoki shilim shiq holda bo‘lib, doim harakatlanib turadi. Sitoplazmaning tarkibi juda murakkab. Mag‘iz — hujayraning deyarli o'rtasida (sitoplazma ichida) joylashgan eng muhim tarkibiy qismdir. U hujayralar bo'linishida katta rol o'ynaydi. Plastidalar — hujayraning asosiy tirik qismlaridan bin. Ular faqat o'simliklarga xos. Plastidalar uch xil bo'ladi: leykoplastlar (rangsiz), xromoplastlar (zarg‘aldoq, qizg‘ish), xloroplastlar (yashil). Keyingi ikkita plastida o'simliklarga (barg, poya, gul va mevalarga) rang beradi. Xromoplastlar bilan xloroplastlar tufayli o'simlik gullari va mevalar har xil rangga kiradi. Vakuol — sitoplazma ichidagi hujayra shirasi bilan to'lgan bo'shliq. U turli shaklda bo'ladi. Hujayra shirasi tarkibida 70—95% suv va unda erigan ko'pgina moddalar hamda oqsil, moy, shakar moddalari bo'ladi. Bu shira tarkibiga ko‘ra mevalarning ta’mi shirin, nordon va achchiq bo'ladi. Yangi mavzuni mustakamlash. Tezkor savol-javob orqali o’quvchilar bilimi tekshiriladi va mustaxkamlanadi. 0‘simliklar hujayrasi qanday asosiy qismlardan iborat? Hujayralar qobig‘i qanday vazifani bajaradi? Mag‘izning asosiy vazifasi nimalardan iborat? O’quvchilarni baholash. Darsda faol qatnashgan o’quvchilar rag’batlantiriladi (baholanadi). Uyga vazifa; mavzuni o’qish, mustaqil test tuzish 10 tadan. Rasm chizish, savollarga javob yozish. 5 -sinf Sana _________ Tasdiqlayman_________ O’IBDO’. _______________________ Darsning mavzusi: Hujayraning tiriklik belgilari. Hujaralarni o’sishi va bo’lishi. Darsning ta’limiy maqsadi: O’quvchilarga hujayraning tiriklik belgilari. Hujaralarni o’sishi va bo’lishi haqidagi tushunchalarni berish, ko’nikmalarni shakllantirish. Darsning tarbiyaviy maqsadi: Tinchlikni e’zozlash, shukronalik, keksalarni qadrlash. O’quvchilarni dunyoqarashlarini kengaytirish, ekologik tarbiya berish. Kasbga yo’natirish. Tabiatni asrashga o’rgatish. Darsning rivojlantiruvchi maqsadi: O’quvchilarning tirik organizmlar, ularda boradigan hayotiy jarayonlar haqidagi bilimlari, darslik ustida mustaqil ishlash, guruhlarda ishlash, mustaqil fikrlash ko’nikmalarini rivojlantirish. Darsning turi: Yangi tushuncha, bilimlarni shakllantiruvchi, o’quvchilar egalagan bilimlarni nazorat qiluvchi dars. Download 0.68 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling