Darsning mavzusi: Botanika faniga kirish. Darsning ta’limiy maqsadi
Download 0.68 Mb.
|
5 SINF BOTANIKA KONSPEKT
- Bu sahifa navigatsiya:
- Yangi mavzuni mustakamlash.
- O’quvchilarni baholash.
- Darsning mavzusi: : 1-Ekskursiya. kuz faslida o’simliklar hayotida ro’y beradiga o’zgarishlar. Xazonrezgilik. Darsning ta’limiy maqsadi
- Darsning tarbiyaviy maqsadi
- Darsning turi
- O’tgan mavzuni mustaxkamlash.
- xazonrezgilikdir.
- «oltin kuz»
- Darsning ta’limiy maqsadi
- Darsning rivojlantiruvchi maqsadi
- Tashkiliy qism;
- Yangi mavzu bayoni
- sitologiya
Ko‘p yillik o'tlar — yer usti qismi qishda qurib, o'sish kurtaklari tuproq ostida qishlaydigan o'simliklar. Bularga beda, ajriq, g‘umay, sachratqi, piskom piyozi, kiyiko‘t, sallagul, qoqio‘t, shirinmiya, iloq, lola, qamish, andiz, yalpiz, kovrak (shashir), gulsafsar singari o'simliklar kiradi. Ko‘p yillik o‘tlar, ayniqsa, tog'larda keng tarqalgan Yangi mavzuni mustakamlash. Tezkor savol-javob orqali o’quvchilar bilimi tekshiriladi va mustaxkamlanadi. Daraxtlar, butalar, yarim butalar ko‘p yillik o‘tlardan qanday farq qiladi? Yarimbutalarga xos qanday belgilarni bilasiz? Qishloq xo‘jaligida o‘stiriladigan bir yillik o‘simIiklardan qaysilarini bilasiz? Daraxtlar necha yilgacha yashashi mumkin? O’quvchilarni baholash. Darsda faol qatnashgan o’quvchilar rag’batlantiriladi (baholanadi). Uyga vazifa; mavzuni o’qish, mustaqil test tuzish 10 tadan. Rasm chizish, savollarga javob yozish. 5 -sinf Sana _________ Tasdiqlayman_________ O’IBDO’. _______________________ Darsning mavzusi: : 1-Ekskursiya. kuz faslida o’simliklar hayotida ro’y beradiga o’zgarishlar. Xazonrezgilik. Darsning ta’limiy maqsadi: O’quvchilarga kuz faslida o’simliklar hayotida ro’y beradiga o’zgarishlar, Xazonrezgilik haqidagi tushunchalarni berish, ko’nikmalarni shakllantirish. Darsning tarbiyaviy maqsadi: Tinchlikni e’zozlash, shukronalik, keksalarni qadrlash. O’quvchilarni dunyoqarashlarini kengaytirish, ekologik tarbiya berish. Kasbga yo’natirish. Tabiatni asrashga o’rgatish. Darsning rivojlantiruvchi maqsadi: O’quvchilarning tirik organizmlar, ularda boradigan hayotiy jarayonlar haqidagi bilimlari, darslik ustida mustaqil ishlash, guruhlarda ishlash, mustaqil fikrlash ko’nikmalarini rivojlantirish. Darsning turi: Yangi tushuncha, bilimlarni shakllantiruvchi, o’quvchilar egalagan bilimlarni nazorat qiluvchi dars. Dars shakli. Yangi pedtexnologiyalar asosida (Loyhalash va boshqa interfaol metodlar) Darsning jihozi: Darslik, albom, gerbariylar. Tashkiliy qism; Salomlashish, davomatni aniqlash. Darsni o’quvchilardan kun, sana, oy, yil fasli, kun yangiliklarini aniqlashdan boshlanadi. O’tgan mavzuni mustaxkamlash. Daraxtlar, butalar, yarim butalar ko‘p yillik o‘tlardan qanday farq qiladi? Yarimbutalarga xos qanday belgilarni bilasiz? Qishloq xo‘jaligida o‘stiriladigan bir yillik o‘simIiklardan qaysilarini bilasiz? Daraxtlar necha yilgacha yashashi mumkin? Yangi mavzu bayoni: Kuz ko‘p o'simliklar hosili pishib yetiladigan fasl. Munajjimlarning hisobiga ko‘ra, kuzgi kun bilan tunning tengligi sentabr oyining 23-kuniga to‘g‘ri keladi. Kuz kelishi bilan kunlar asta-sekin soviy boshlaydi. Kunlar qisqarib, tunlar uzaya boradi. Havoda bulut paydo bo‘ladi. Kuz o‘simliklarning qishga tayyorlanish davri hisoblanadi. Kuz kelganini hamma o‘simliklarga qarab ham bilib bo‘lmaydi, chunki ba’zi gulli o‘simliklar kuz oylarida ham gullayveradi. Masalan: yovvoyi o‘simliklardan zubturum, qoqi‘ot, sachratqi, qo‘ypechak; madaniy o‘simliklardan atirgul, xrizantema, kartoshkagul va boshqalar havo harorati iliq kelgan kuz oylarida ham gullashda davom etadi. Kuzda o‘simliklarda sodir bo'ladigan muhim biologik o'zgarishlardan biri xazonrezgilikdir. Ba’zi o'simliklarda xazonrezgilik sovuq tushmasdan oldin boshlanadi. Ayrim daraxtlar va butalarning barglari kuz kelishi bilan, ayrimlariniki esa birinchi sovuqdan keyin to'kila boshlaydi. Masalan, jiyda, zarang, bodom, terak, akatsiya, tikan daraxt va aylantning barglari ancha barvaqt to'kiladi. Xalqimiz bu faslni «oltin kuz» deb ataydi. Buning boisi shundaki, birinchidan, bu davrda juda ko‘p mevalar g‘arq pishadi. Ikkinchidan, ko'pchilik daraxt va butalarning bargi qizg'ish, sarg'ish, qo‘ng‘ir rangga kirib, tabiatga ajoyib manzara baxsh etadi. Bir qator o'simliklar (nastarin, atirgul, ligustrum) ning bargi uzoq vaqtgacha yashil rangini saqlaydi. Hatto qishda ham shamshod va ligustrum kabi o'simliklarning bargi to'kilmay turaveradi. Kuzda ko'pgina daraxt va butalarning yashil barglari rangi to'kilish oldidan o'zgaradi. Shu munosabat bilan o'simliklarning barglari nima uchun rangini o'zgartiradi? Bunda o'simlik hujayralarida qanday o'zgarishlar sodir bo'ladi, degan savol tug'iladi.Kuz kelishi bilan kunlar qisqarib, quyoshdan yerga keladigan yorug'lik va harorat kamayadi. Yorug'lik va harorat yetishmasligi tufayli hujayralarda jiddiy fiziologik jarayonlar sodir bo'ladi. Natijada barglarga yashil rang beruvchi xloroplastlar yemirilib, xromoplastlarga aylanadi, hujayralarda esa rang beruvchi moddalar to'planib, yashil barglar asta-sekin sarg'ish, sarg‘ish-qizg‘ish, qo‘ng‘ir-qizg‘ish ranglarga kiradi. Xazonrezgilik. Yangi mavzuni mustakamlash. Tezkor savol-javob orqali o’quvchilar bilimi tekshiriladi va mustaxkamlanadi. 0‘simliklar kuzda nega barglarini o‘zgartiradi? Xazonrezgilik nima? Kuzda o‘simliklarda qanday o‘zgarishlar yuz beradi? Xazonrezgilikning o‘simliklar uchun qanday ahamiyati bor? O’quvchilarni baholash. Darsda faol qatnashgan o’quvchilar rag’batlantiriladi (baholanadi). Uyga vazifa; mavzuni o’qish, mustaqil test tuzish 10 tadan. Rasm chizish, savollarga javob yozish. 5 -sinf Sana _________ Tasdiqlayman_________ O’IBDO’. _______________________ Darsning mavzusi: Hujayra hayotning asosi. O’simliklar hujayrasini tuzilishi. Darsning ta’limiy maqsadi: O’quvchilarga hujayra hayotning asosi. O’simliklar hujayrasini tuzilishi haqidagi tushunchalarni berish, ko’nikmalarni shakllantirish. Darsning tarbiyaviy maqsadi: Tinchlikni e’zozlash, shukronalik, keksalarni qadrlash. O’quvchilarni dunyoqarashlarini kengaytirish, ekologik tarbiya berish. Kasbga yo’natirish. Tabiatni asrashga o’rgatish. Darsning rivojlantiruvchi maqsadi: O’quvchilarning tirik organizmlar, ularda boradigan hayotiy jarayonlar haqidagi bilimlari, darslik ustida mustaqil ishlash, guruhlarda ishlash, mustaqil fikrlash ko’nikmalarini rivojlantirish. Darsning turi: Yangi tushuncha, bilimlarni shakllantiruvchi, o’quvchilar egalagan bilimlarni nazorat qiluvchi dars. Dars shakli. Yangi pedtexnologiyalar asosida (Loyhalash va boshqa interfaol metodlar) Darsning jihozi: Darslik, albom, ko’rgazmali qurollar, mavzuga oid rangli plakat(rasm)lar, mikropreparatlar, mulyajlar, didaktik materiallar, texnika vositasi. Tashkiliy qism; Salomlashish, davomatni aniqlash. Darsni o’quvchilardan kun, sana, oy, yil fasli, kun yangiliklarini aniqlashdan boshlanadi. O’tgan mavzuni mustaxkamlash. 0‘simliklar kuzda nega barglarini o‘zgartiradi? Xazonrezgilik nima? Kuzda o‘simliklarda qanday o‘zgarishlar yuz beradi? Xazonrezgilikning o‘simliklar uchun qanday ahamiyati bor? Yangi mavzu bayoni: Tabiatdagi tirik mavjudotlarga xos eng muhim umumiy belgilardan biri ularning hujayralardan tuzilganligidir. Hujayra tirik organizmning eng mayda tarkibiy qismi. U tiriklikka xos barcha xususiyatlami o‘zida mujassamlantirgan. Hujayra nafas oladi, oziqlanadi, ortiqcha narsalarni ajratib tashqariga chiqaradi, tashqi muhitning o'zgarishini sezadi, o‘sadi, bo'linadi va yangi hujayra hosil qiladi. Hujayra haqidagi fanga sitologiya (yunon. «sitos» — hujayra + «logos» — ta’limot) deyiladi. Hujayralar o'simlikning qaysi organida joylashishiga qarab shakli, rangi, yirik-maydaligi, ichki tuzilishi va funksiyasiga ko‘ra bir-biridan farq qiladi. O'simliklar bir yoki ko‘p hujayrali bo'lishi mumkin. Bitta hujayra ba’zi bir tuban o'simliklarda, ko‘p hujayralar esa yuksak o'simliklarda bo'ladi. Hujayra ingliz fizigi Robert Guk tomonidan 1665-yilda kashf etilgan. Hujayralarni oddiy ko‘z bilan ко'rib bo'lmaydi. Shuning uchun ular kattalashtirib ko'rsatadigan asboblar yordamida o'rganiladi. Yangi mavzuni mustakamlash. Tezkor savol-javob orqali o’quvchilar bilimi tekshiriladi va mustaxkamlanadi. Tirik organizmlar qanday tuzilgan? Hujayrada qanday hayotiy jarayonlar kuzatiladi? O’quvchilarni baholash. Darsda faol qatnashgan o’quvchilar rag’batlantiriladi (baholanadi). Uyga vazifa; mavzuni o’qish, mustaqil test tuzish tadan. Rasm chizish, savollarga javob yozish. 5 -sinf Sana _________ Tasdiqlayman_________ O’IBDO’. _______________________ Darsning mavzusi: Kattalashtirib ko’rsatadigan asboblar. Darsning ta’limiy maqsadi: O’quvchilarga kattalashtirib ko’rsatadigan asboblar haqidagi tushunchalarni berish, ko’nikmalarni shakllantirish. Darsning tarbiyaviy maqsadi: Tinchlikni e’zozlash, shukronalik, keksalarni qadrlash. O’quvchilarni dunyoqarashlarini kengaytirish, ekologik tarbiya berish. Kasbga yo’natirish. Tabiatni asrashga o’rgatish. Darsning rivojlantiruvchi maqsadi: O’quvchilarning tirik organizmlar, ularda boradigan hayotiy jarayonlar haqidagi bilimlari, darslik ustida mustaqil ishlash, guruhlarda ishlash, mustaqil fikrlash ko’nikmalarini rivojlantirish. Darsning turi: Yangi tushuncha, bilimlarni shakllantiruvchi, o’quvchilar egalagan bilimlarni nazorat qiluvchi dars. Dars shakli. Yangi pedtexnologiyalar asosida (Loyhalash va boshqa interfaol metodlar) Darsning jihozi: Darslik, albom, ko’rgazmali qurollar, mavzuga oid rangli plakat(rasm)lar, mikropreparatlar, mulyajlar, didaktik materiallar, texnika vositasi. Mikroskop, lupa. Tashkiliy qism; Salomlashish, davomatni aniqlash. Darsni o’quvchilardan kun, sana, oy, yil fasli, kun yangiliklarini aniqlashdan boshlanadi. Mikroskop: 1—okulyar; 2—obyektiv; 3— buyum stolchasi (kursisi); 4—ko‘zgu; 5— makrovint; 6— mikrovint; 7—shtativ; 8— taglik. O’tgan mavzuni mustaxkamlash. Tirik organizmlar qanday tuzilgan? Hujayrada qanday hayotiy jarayonlar kuzatiladi? Download 0.68 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling