Darsning mavzusi: Botanika faniga kirish. Darsning ta’limiy maqsadi
Download 0.68 Mb.
|
5 SINF BOTANIKA KONSPEKT
Dars shakli. Yangi pedtexnologiyalar asosida (Loyhalash va boshqa interfaol metodlar) Darsning jihozi: Darslik, albom, ko’rgazmali qurollar, mavzuga oid rangli plakat(rasm)lar, mikropreparatlar, mulyajlar, didaktik materiallar, texnika vositasi. Tashkiliy qism; Salomlashish, davomatni aniqlash. Darsni o’quvchilardan kun, sana, oy, yil fasli, kun yangiliklarini aniqlashdan boshlanadi. O’tgan mavzuni mustaxkamlash. 0‘simliklar hujayrasi qanday asosiy qismlardan iborat? Hujayralar qobig‘i qanday vazifani bajaradi? Mag‘izning asosiy vazifasi nimalardan iborat? Yangi mavzu bayoni: Yuqorida aytilganidek, o‘sim lik hujayralari qaysi organga tegishliligiga qarab shakli, hajmi va joylashishiga ko‘ra bir-biridan farq qiladi. Hujayralardagi bu farq o’simliklar turiga va yashash sharoitiga bog’liq. Hujayralarning xilma-xilligini ko'rish uchun o'simliklarning turli organlaridan preparat tayyorlash kerak . Hujayra shakllari: ovalsimon; 2— yumaloq; 3— ko‘p burchakli; 4— naysimon; 5—to'g'ri to'rtburchakli; 6— tuksimon. Hujayralarga xos muhim biologik xususiyatlardan biri ularning o'sishi va bo'linishidir. Hujayralarning o'sishini mikroskopda kuzatish ancha murakkab bo‘lsada, lekin kuzatish mumkin. Tabiiyki, yosh hujayralar ancha mayda bo'lib, o'sgan sari yiriklasha boradi. Shuni aytish kerakki, har bir hujayra ma’lum o'lchamgacha o'sadi. 0‘sish jarayonida o‘simliklarning ayrim hujayralari shaklini o'zgartirmagani holda, ko'pchilik hujayralar shaklini ma’lum darajada o‘zgartiradi. Hujayralarning qobig'i yoshiga qarab qalinlashadi. Qari hujayralarda vakuol sitoplazmaga qaraganda ko'proq joy egallaydi. Bu belgi yosh va qari hujayralarni ajratish imkonini beradi. Vaqt o'tishi bilan qari hujayralarda sitoplazma va mag'iz butunlay yo‘qolib, ularning o'rnini suv yoki havo egallaydi, natijada ular nobud bo‘ladi. Bo'linadigan hujayralarda dastlab mag'iz yiriklashadi, so‘ng ikkiga ajraladi va ular maxsus parda bilan qoplanadi. Bu davrda sitoplazmada ham to'siq paydo bo'lib, ona hujayrani teng ikkita yosh hujayraga ajratadi. Hujayra bo'linishi bilan undagi plastidalar ham teng ikkiga ajralib, yosh hujayralarga o'tadi. Hosil bo'lgan yosh hujayralar o'zidagi oziq moddalar hisobiga o'sishda davom etadi. Ular ona hujayra o'lchamiga yetgach, yana yosh hujayralarga bo'linadi. Shunday qilib, o'simliklarning o'sishi hujayralarning bo'linib ko'payishi va o'sishi hisobiga boradi. Yangi mavzuni mustakamlash. Tezkor savol-javob orqali o’quvchilar bilimi tekshiriladi va mustaxkamlanadi. Elodeya bargi hujayralaridagi sitoplazmaning hara katini qanday kuzatish mumkin? Hujayralar ichiga moddalar qanday kiradi va ular qanday o‘zgarishlarga uchraydi? O’quvchilarni baholash. Darsda faol qatnashgan o’quvchilar rag’batlantiriladi (baholanadi). Uyga vazifa; mavzuni o’qish, mustaqil test tuzish 10 tadan. Rasm chizish, savollarga javob yozish. 5 -sinf Sana _________ Tasdiqlayman_________ O’IBDO’. _______________________ Darsning mavzusi: O’simlik to’qimalari haqida tushuncha. To’qimalarni tuzulishi, vazifalari. Darsning ta’limiy maqsadi: O’quvchilarga o’simlik to’qimalari haqida tushuncha. To’qimalarni tuzulishi, vazifalari haqidagi tushunchalarni berish, ko’nikmalarni shakllantirish. Darsning tarbiyaviy maqsadi: Tinchlikni e’zozlash, shukronalik, keksalarni qadrlash. O’quvchilarni dunyoqarashlarini kengaytirish, ekologik tarbiya berish. Kasbga yo’natirish. Tabiatni asrashga o’rgatish. Darsning rivojlantiruvchi maqsadi: O’quvchilarning tirik organizmlar, ularda boradigan hayotiy jarayonlar haqidagi bilimlari, darslik ustida mustaqil ishlash, guruhlarda ishlash, mustaqil fikrlash ko’nikmalarini rivojlantirish. Darsning turi: Yangi tushuncha, bilimlarni shakllantiruvchi, o’quvchilar egalagan bilimlarni nazorat qiluvchi dars. Dars shakli. Yangi pedtexnologiyalar asosida (Loyhalash va boshqa interfaol metodlar) Darsning jihozi: Darslik, albom, ko’rgazmali qurollar, mavzuga oid rangli plakat(rasm)lar, mikropreparatlar, mulyajlar, didaktik materiallar, texnika vositasi. Tashkiliy qism; Salomlashish, davomatni aniqlash. Darsni o’quvchilardan kun, sana, oy, yil fasli, kun yangiliklarini aniqlashdan boshlanadi. O’tgan mavzuni mustaxkamlash. Elodeya bargi hujayralaridagi sitoplazmaning hara katini qanday kuzatish mumkin? Hujayralar ichiga moddalar qanday kiradi va ular qanday o‘zgarishlarga uchraydi? Yangi mavzu bayoni: O'tgan darslarda siz xilma-xil hujayralar bilan batafsil tanishdingiz. Bular orasida chiqib kelishi va shakli o'xshash, ma’lum bir vazifani (funksiyani) bajaradigan hujayralar bor. Bunday hujayralar to'plamiga to‘qima deyiladi. 1682- yilda ingliz tabiatshunosi N. Gryu «to‘qima» tushunchasini fanga olib kirdi. To'qimalar joylashishi va bajaradigan vazifasiga qarab xilma-xil bo'ladi Hosil qiluvchi to‘qimalar faqat o‘simliklarda uchraydi. Sababi, u o'simlikning deyarli barcha a’zolarida uchrab, boshqa to'qimalarni hosil qilishda ishtirok etadi. Asosiy to‘qima. Assimilyatsiya to'qimasining eng muhim vazifasi fotosintez jarayonini amalga oshirishdan iborat. Unda organik moddaning asosiy qismi hosil bo‘ladi. Jamg‘aruvchi to‘qima. 0‘simliklarda turli jarayonlar natijasida hosil bo'lgan yoki tashqaridan qabul qilingan moddalar (oqsil, kraxmal, yog' va boshqalar) to'planadi. Jamg'aruvchi to'qimalar, asosan tirik parenxima hujayralaridan tashkil topgan. Qoplovchi to‘qimalar. Chiqib kelishiga qarab qoplovchi to'qima 3 ga bo'linadi: l)epiderma; 2) po‘kak; 3) po'stloq. Epiderma tirik, bir-biri bilan zich joylashgan, bir qavat hujayralardan tuzilgan bo'lib, asosan, o'simliklarning barg va yosh novdalarini qoplab turadi. Po’kak to'qima tashqi qavati o‘lik hujayralardan iborat bo'lib, uning qobig'iga esa maxsus moddalar (suberin) shimilgan. Shuning uchun o'zidan suv va gazlarni o'tkazmaydi. Po'kak turlicha qalinlikda (bir necha sm gacha) bo'ladi. Uning asosiy vazifasi o'simlikni yozda yuqori haroratdan, qishda sovuqdan va kasallik tug'diruvchi turli mikroorganizmlardan saqlashdan iborat. Po‘stloq o'simlik (daraxtlar)ning tana, eski shoxlari va ildizlarini tashqi tomondan o‘rab turadi. U po'kakdan tashqari boshqa to'qimalarning o‘lik hujayralari qavatini ham o‘z ichiga oladi. Odatda, po'stloqning sirti yorilgan va g'adir-budur bo‘ladi. 0’kazuvchi to‘qimalar. Bu to'qimalar orqali moddalar ikki tomonlama harakat qiladi. Ya’ni, ildizdan bargga va bargdan ildizga qarab. 0‘tkazuvchi to'qima nay deb yuritiladigan tik joylashgan qalin qobiqli cho'ziq, o‘lik hujayralardan tashkil topgan. Yangi mavzuni mustakamlash. Tezkor savol-javob orqali o’quvchilar bilimi tekshiriladi va mustaxkamlanadi. O’quvchilarni baholash. Darsda faol qatnashgan o’quvchilar rag’batlantiriladi (baholanadi). Uyga vazifa; mavzuni o’qish, mustaqil test tuzish 10 tadan. Rasm chizish, savollarga javob yozish. 5 -sinf Sana _________ Tasdiqlayman_________ O’IBDO’. _______________________ Darsning mavzusi: : 2-labaratoriya ishi. Mikroskopni tuzilishi bilan tanishish. Nazorat ishi-1 Darsning ta’limiy maqsadi: O’quvchilarga mikroskopni tuzilishi haqidagi tushunchalarni berish, ko’nikmalarni shakllantirish. Darsning tarbiyaviy maqsadi: Tinchlikni e’zozlash, shukronalik, keksalarni qadrlash. O’quvchilarni dunyoqarashlarini kengaytirish, ekologik tarbiya berish. Kasbga yo’natirish. Tabiatni asrashga o’rgatish. Darsning rivojlantiruvchi maqsadi: O’quvchilarning tirik organizmlar, ularda boradigan hayotiy jarayonlar haqidagi bilimlari, darslik ustida mustaqil ishlash, guruhlarda ishlash, mustaqil fikrlash ko’nikmalarini rivojlantirish. Darsning turi: Yangi tushuncha, bilimlarni shakllantiruvchi, o’quvchilar egalagan bilimlarni nazorat qiluvchi dars. Dars shakli. Yangi pedtexnologiyalar asosida (Loyhalash va boshqa interfaol metodlar) Darsning jihozi: Darslik, albom, ko’rgazmali qurollar, mavzuga oid rangli plakat(rasm)lar, mikropreparatlar, mulyajlar, didaktik materiallar, texnika vositasi. Tashkiliy qism; Salomlashish, davomatni aniqlash. Darsni o’quvchilardan kun, sana, oy, yil fasli, kun yangiliklarini aniqlashdan boshlanadi. O’tgan mavzuni mustaxkamlash. Uyga berilgan vazifalar tekshirilib savol-javob o’tkaziladi. Yangi mavzu bayoni: Laboratoriyadagi amaliy mashg‘ulot jarayonida mikroskop bilan ishlash qoidalariga amal qilish zarur. Mikroskop stol chekkasidan 3—4 sm nariga (ichkariga) qo‘yiladi. 2. Yumshoq, toza quruq latta bilan dastlab okulyar, so‘ngra obyektiv linzalari hamda ko‘zgu — nur to‘plovchi oynalar artiladi. 3. Mikroskopning kichik obyektivini (8x) buyum stolchasining teshigi ro‘parasiga keltirib, 0,5 — 1 sm balandlikda tutiladi. 4. Bir ko‘z bilan okulyardan qarab, botiq oyna yorug‘lik tushayotgan tomonga qaratilib, nurni obyektiv tomon yo‘naltiriladi. Obyektiv bir tekis, tiniq va to‘la yoritilishi kerak. 5. Tayyor mikropreparatni buyum stolchasiga qo‘yib, qisqich yordamida stolchaga biriktiriladi. 6. Har qanday preparat dastlab kichik obyektivda kuzatiladi. Obyektiv preparatdan 4—6 mm balandda bo‘lishi kerak. So‘ngra okulyar orqali bir ko‘z bilan kuzatib, obyektivdagi narsa ko‘ringuncha makrovint yordamida ohista tushirila boradi. Narsaning aniq tasviri ko‘ringach, obyektivni tushirish yoki ko‘tarish to‘xtatiladi. Yangi mavzuni mustakamlash. Tezkor savol-javob orqali o’quvchilar bilimi tekshiriladi va mustaxkamlanadi. O’quvchilarni baholash. Darsda faol qatnashgan o’quvchilar rag’batlantiriladi (baholanadi). Uyga vazifa; mavzuni o’qish, mustaqil test tuzish 10 tadan. Rasm chizish, savollarga javob yozish. 5 -sinf Sana _________ Tasdiqlayman_________ O’IBDO’. _______________________ Darsning mavzusi: 3-labaratoriya mashg’uloti. Piyoz po’sti va chigit tuklaridan preparat tayyorlash va ularini mikroskopda ko’rish. Darsning ta’limiy maqsadi: O’quvchilarga piyoz po’sti va chigit tuklaridan preparat tayyorlash haqidagi tushunchalarni berish, ko’nikmalarni shakllantirish. Darsning tarbiyaviy maqsadi: Tinchlikni e’zozlash, shukronalik, keksalarni qadrlash. O’quvchilarni dunyoqarashlarini kengaytirish, ekologik tarbiya berish. Kasbga yo’natirish. Tabiatni asrashga o’rgatish. Darsning rivojlantiruvchi maqsadi: O’quvchilarning tirik organizmlar, ularda boradigan hayotiy jarayonlar haqidagi bilimlari, darslik ustida mustaqil ishlash, guruhlarda ishlash, mustaqil fikrlash ko’nikmalarini rivojlantirish. Darsning turi: Yangi tushuncha, bilimlarni shakllantiruvchi, o’quvchilar egalagan bilimlarni nazorat qiluvchi dars. Dars shakli. Yangi pedtexnologiyalar asosida (Loyhalash va boshqa interfaol metodlar) Darsning jihozi: Laboratoriya jixozlari. Darslik, albom, ko’rgazmali qurollar, mavzuga oid rangli plakat(rasm)lar, mikropreparatlar, mulyajlar, didaktik materiallar, texnika vositasi. Tashkiliy qism; Salomlashish, davomatni aniqlash. Darsni o’quvchilardan kun, sana, oy, yil fasli, kun yangiliklarini aniqlashdan boshlanadi. O’tgan mavzuni mustaxkamlash. Mikroskopni qismlarini aytib berishadi o’quvchilar. Yangi mavzu bayoni: Quyida piyoz hujayralari bilan tanishasiz. Piyozning shaffof yupqa pardasidan preparat tayyorlash ancha oson. Buning uchun uning etli qobig'idan yupqa shaffof pardasi ajratib olinadi va buyum oynasidagi tomchi suvga qo'yiladi. Uning hujayralari shaklining cho‘ziqligi, zichroq joylashganligi va plastidalarning rangsizligi bilan boshqa o‘simlik hujayralaridan farq qiladi. Hujayralar o'lchami jihatidan ham bir-biridan farq qilishi haqida yuqorida aytilgan edi. Haqiqatan ham, ko'pchilik o‘simliklainng hujayrasi mayda bo‘ladi. Lekin yiriklari ham bor. Masalan, chigit yuzasidagi tola (tuk) bitta hujayradan iborat bo lib, uzunligi 3—4 sm ga yetadi. Download 0.68 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling