Darsning mavzusi: Botanika faniga kirish. Darsning ta’limiy maqsadi


Download 0.68 Mb.
bet10/10
Sana05.12.2020
Hajmi0.68 Mb.
#160438
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
5 SINF BOTANIKA KONSPEKT


Yangi mavzuni mustakamlash. Tezkor savol-javob orqali o’quvchilar bilimi tekshiriladi va mustaxkamlanadi.

  1. 0‘simliklar vegetativ yo‘l bilan qanday ko‘payadi?

  2. Lola, gladiolus, piyozbosh kabi o‘simliklar qan­day ko‘payadi?

  3. Ildiz bachkisi deganda nimani tushunasiz?

  1. O’quvchilarni baholash. Darsda faol qatnashgan o’quvchilar rag’batlantiriladi (baholanadi).

  2. Uyga vazifa; mavzuni o’qish, mustaqil test tuzish 10 tadan. Rasm chizish, savollarga javob yozish.

5 -sinf Sana _________

Tasdiqlayman_________ O’IBDO’. _______________________



Darsning mavzusi: Parxesh vsa payvandlash. Vegetativ ko’payishning o’simliklar va inson hayotidagi ahamiyati.

Darsning ta’limiy maqsadi: O’quvchilarga parxesh vsa payvandlash. Vegetativ ko’payishning o’simliklar va inson hayotidagi ahamiyati haqidagi tushunchalarni berish, ko’nikmalarni shakllantirish.

Darsning tarbiyaviy maqsadi: Tinchlikni e’zozlash, shukronalik, keksalarni qadrlash. O’quvchilarni dunyoqarashlarini kengaytirish, ekologik tarbiya berish. Kasbga yo’natirish. Tabiatni asrashga o’rgatish.

Darsning rivojlantiruvchi maqsadi: O’quvchilarning tirik organizmlar, ularda boradigan hayotiy jarayonlar haqidagi bilimlari, darslik ustida mustaqil ishlash, guruhlarda ishlash, mustaqil fikrlash ko’nikmalarini rivojlantirish.

Darsning turi: Yangi tushuncha, bilimlarni shakllantiruvchi, o’quvchilar egalagan bilimlarni nazorat qiluvchi dars.

Dars shakli. Yangi pedtexnologiyalar asosida (Loyhalash va boshqa interfaol metodlar)

Darsning jihozi: Darslik, albom, ko’rgazmali qurollar, mavzuga oid rangli plakat(rasm)lar, mikropreparatlar, mulyajlar, didaktik materiallar, texnika vositasi.

  1. Tashkiliy qism; Salomlashish, davomatni aniqlash. Darsni o’quvchilardan kun, sana, oy, yil fasli, kun yangiliklarini aniqlashdan boshlanadi.

  2. O’tgan mavzuni mustaxkamlash.

  1. 0‘simliklar vegetativ yo‘l bilan qanday ko‘payadi?

  2. Lola, gladiolus, piyozbosh kabi o‘simliklar qan­day ko‘payadi?

  3. Ildiz bachkisi deganda nimani tushunasiz?

  1. Yangi mavzu bayoni: O'simliklarni vegetativ yo‘l bilan ko'paytirishni odamlar juda qadim zamonlarda bilgan va hozirgacha undan foydalanib keladi. Dehqonlar va bog'bonlar bunday ko'paytirish usuliga katta e’tibor beradilar. Juda ko‘p madaniy o'simliklar tugunagi, novdasi va barglaridan ko‘paytiriladi. Masalan, anjir, anor, tok, terak, qoraqat, malina, jiyda, atirgul hamda issiqxonalarda

o'stiriladigan gullarning aksariyat qismi qalamchasidan ko‘paytiriladi. Tok qalamchalari kuzda tok kesish vaqtida tayyorlanadi. Ular 45—50 sm uzunlikda bo‘ladi. Tayyor qalamchalarni bog‘ bog‘ qilib qalamchadan ko‘paytirish; nam chuqurga ko‘mib qo‘yib bargdan ko'paytirish.

Bahor kelishi bilan ularni olib dalalarga ekiladi. Vegetativ yo‘l bilan ko‘payadigan boshqa o'simliklar ham shu usulda ko'paytiriladi. Oddiy sharoitda vegetativ yo‘l bilan ko‘paymaydigan o'simliklar ham keyingi yillarda maxsus issiqxonalarda qalamchasidan o'stirilmoqda. Buning uchun qalamchalarning pastki uchini ma’lum vaqtgacha maxsus biologik faol kimyoviy eritmaga botirib qo'yib, keyin issiqxonalardagi qumli nam tuproqqa ekiladi.

Payvandlash deganda, bir o'simlikning ma’lum qismini ikkinchi o'simlikka turli usullar bilan o'rnatish tushuniladi. Payvandlashning juda ko'p usullari bor (kurtak, iskana va naycha). Iskana payvand, asosan, erta bahorda, daraxtlarda shira harakati yurishidan oldin (fevral oyining oxiridan aprel oyigacha) qilinadi.

Payvand uchun maqsadga muvofiq navdan (payvandustdan) yillik novdalar shira harakati boshlanmasdan oldin kesib olinib, maxsus salqin joylarda saqlanadi. Payvand qilish muddati kelishi bilan qalamchalar kattaroq yoshdagi daraxtlarning shoxlariga yoki tanasiga (yoshroq tuplarga) o'rnatiladi. Payvand uchun olingan novdalarda 2—3 tadan kurtak qoldirilib kesiladi va pastki qismi ponaga o'xshatib kesiladi. Payvandtag tekis arralanib, pona orqali 2 yoki 4 ga ajratiladi.

  1. Yangi mavzuni mustakamlash. Tezkor savol-javob orqali o’quvchilar bilimi tekshiriladi va mustaxkamlanadi.

  1. Tok, anjir, anor, jiyda va terak qalamchasidan qanday ko‘paytiriladi?

  2. Qalamchalar o‘sib chiqishi uchun qanday sharoit zarur?

  3. Kurtak payvand qanday qilinadi?

  1. O’quvchilarni baholash. Darsda faol qatnashgan o’quvchilar rag’batlantiriladi (baholanadi).

  2. Uyga vazifa; mavzuni o’qish, mustaqil test tuzish 10 tadan. Rasm chizish, savollarga javob yozish.

Download 0.68 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling