Darsning mavzusi. Jo‘nalish kelishigi. (221-223-mashqlar) Darsning maqsadi: ta’limiy


Download 247.04 Kb.
bet10/32
Sana18.02.2023
Hajmi247.04 Kb.
#1212410
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   32
Bog'liq
ona tili

So‘zlar

-ning

-ni

-ga

-da

-dan

Bog‘langan so‘zlar

ishdan













+

qaytdi

Quchog‘iga







+







otildi

bankka







+







bora olmabdi

bankalar







+







tuzladik

O‘quvchilar bilan bank haqida suhbat uyushtiriladi. Otlardagi jo‘nalish, chiqish kelishigi qo‘shimchalarining aytilishi bilan yozilishini taqqoslanadi.
Lug‘at ishi: daromad — sof foyda, mablag‘ maosh — xizmat, ish uchun beriladigan pul. Darslikdagi 246- mashq ham shu tarzda bajartiriladi . Nuqtalar o‘rniga kelishik qo‘shimchalaridan mosini qo‘yib, she’rni o‘qiladi. Kelishik qo‘shimchalarini olgan otlarni o‘zi bog‘langan so‘z bilan kelishiklar tartibida yozdiriladi.

Bu mashq “Lisoniy qolip” metodidan foydalangan holda tashkil etiladi. O‘quvchilar mashq matnidagi gaplarni o‘qib nuqtalar o‘rniga mos qo‘shimchalarni quyidagi jadvalda belgilaydilar. Topshiriqni bajarishga ajratilgan vaqt tugagach, o‘qituvchi o‘quvchilarning ishlarini tekshiradi. Bu metod qisqa vaqt ichida o‘quvchilarni mustaqil ravishda bilimlarini amalda qo‘llay olishini tekshirishga imkon beradi.




So‘zlar

-ning

-ni

-ga

-da

-dan

Bog‘langan so‘zlar

Majnuntol

+




+







shoxi

Suv







+







egarlar

Bulut







+







Rahmi kelib

Yoshi




+










yig‘lab to‘kar

Boshi




+










ko‘taradi

Bulut

+













orasidan

Sochlari




+










taraydi.



1 -topshiriq
Ekranda 246-mashq matni va qo‘yish uchun qo‘shimchalar namoyish etiladi. O‘quvchilar nuqtalar o‘rniga mazmunga mos kelishik qo‘shimchasini to‘g‘ri tanlasa, qo‘shimcha nuqtalar o‘rniga boradi. 2-topshiriqni o‘quvchilar daftarga mustaqil bajaradilar. Topshiriqni tekshirish uchun she’r ostidagi tekshirish tugmasidan foydalaniladi.
2 -topshiriq
1 . Qaysi so‘zda kelishik qo‘shimchasi so‘z yasovchi qo‘shimchadan keyin qo‘shilgan ?
A ) bolalarda B ) gulchidan C ) opamda D ) uyda
2 . Bolalar … yoshlik …mehnat … o‘rgating .
Ushbu gapda nuqtalar o‘rniga qaysi kelishik qo‘shimchalari qo‘yiladi ?
A ) –ga, -dan, - ga B ) –ni, -dan, -ga
C ) –ga,-dan,- ni D ) –ga, -da,- dan
3 .Kitob … suhbati … inson foyda topadi .
Ushbu gapda nuqtalar o‘rniga qaysi kelishik qo‘shimchalari qo‘yiladi ?
A ) – ni, -dan B ) –ning,-dan C ) –ni, -ga D ) –ning, -da
4 . Qaysi topishmoqda nuqtalar o‘rniga chiqish kelishik qo‘shimchasi qo‘yiladi?
A ) O‘t … yonmaydi,suvda botmaydi.
B ) Ikki yaproq bir tan … , kezar yoz … chaman … .
C ) Dam oladi kunduzi , xonadon … yulduzi.
D ) Ot … baland , it … past.
5 . Bosh kelishikdagi otlar tarkibida qanday qo‘shimchalar ishtirok etishi mumkin ?
1 ) so‘z yasovchi qo‘shimcha; 2) ko‘plik qo‘shimchasi; 3) egalik qo‘shimchasi .
A ) 1,2,3 B ) 2 C ) 3 D ) 2,3



IV. Darsga yakun yasash va baholash.
Dars yakunida umumiy baholar e’lon qilinadi va faol, bilimdon o‘quvchilar rag‘batlantiriladi.
V. Uyga vazifa.
247-mashq. Matnni o‘qing. Otlarni aniqlab, qaysi kelishikda ekanini ayting. Ularni kelishiklar tartibida yozing.
Mashq quyidagicha bajariladi.
Kelishiklar tartibida yozish.
Bosh kelishik: podsho, men.
Qaratqich kelishigi: eshikning.
Tushum kelishigi. Beruniyni, bo‘rni, taxtachani,bolaxonani, allanimalarni, eshikni, yozuvni .
Jo‘nalish kelishigi: qo‘liga, qog‘ozga, tashqariga.
O‘rin-payt kelishigi: unda.
Chiqish kelishigi: xonadan, o‘shandan. Yozgan otlaringizning asos va qo‘shimchalarini belgilang.
M
87
avzu
: Ot yasovchi qo‘shimchalar . (251-253-mashqlar)
Darsning maqsadi:
ta’limiy: o‘quvchilarning ot yasovchi qo‘shimchalari haqida egallangan bilimlarini mustahkamlash, ular so‘z yasovchi va ot yasovchi qo‘shimchalarni bir-biridan farqlay olishga o‘rgatish. Bu qo‘shimchalar ishtirokida gap va so‘zlar tuzish ko ‘nikmasi hosil qilish: FK1:so‘z,uning tarkibiy qismi, asos va qo‘shimchalar, qo‘shimchalarning vazifasiga ko‘ra turlarini farqlash:
tarbiyaviy: o‘quvchilar hamkorlikda ishlashga o‘rgatish. Erkin va mantiqiy fikrlashga o‘z fikri orqali guruhida o‘z o‘rnini topishga o‘rgatish hamda vatanga muhabbat ruhida tarbiyalab borish: TK3: o‘quv fanlarini o‘rganish va bir-biridan farqlash; mustaqil ma’noga ega bo‘lgan bir necha so‘zdan tuzilgan so‘zni topish va namuna asosida so‘zlar tuzish;
rivojlantiruvchi: ijodkorlik qobiliyatini o‘stirishga yordam berish,fikrlash qobiliyatini rivojlantirish . FK2: talaffuz me’yorlariga rioya qila olish.
TK2: media vositalaridan, didaktik materiallaridan foydalanib, topshiriqlarni bajarish.
Dars jihozi: qo‘shimchalar yozilgan jadvallar, dars shiori va qoidalar bitilgan lavhalar, tarqatma materiallar, poyezd maketi.
Dars turi: yangi bilim, ko ‘nikma , malakani mustahkamlash , noan’anaviy dars.
Dars metodi: savol-javob, ta’limiy o‘yinlar,“Yelpig‘ich“,“Veen diagrammasi“,“Aqlli barmoqlar“ , test topshiriqlari ,“Klaster”metodi.
Darsning borishi:
I.Tashkiliy qism:
Darsning oltin qoidalari eslatiladi.
- Darsda faol bo‘lish;
- Vaqtdan unumli foydalanish;
- O‘n barmoq qoidasi;
- O‘zaro hurmat;
- O‘zgalar fikrini qadrlash;
- Fikrni to‘liq bayon etish;
- Yangiliklar sari intilish;
- Rag‘batlantirish;
Dars davomida qoidalarga amal qilib boriladi.
Qaysi guruh qoidani buzsa, bahosi 1 balldan pasaytiriladi.
O‘qituvchi quyidagi to‘rtlik bilan boshlaydi.
Barkamol avlod o‘g‘il qizlari
O‘sib ulg‘aying ozod diyorda.
Siz borsiz, biz bormiz, siz uchun dunyo-
Sizdirsiz kelajak yulduzi –goyo.
O‘quvchilar guruhlarga bo‘linadi.Guruhlarning ta’rifi eshitiladi..
1-guruh: “Zulfiyaxonim qizlari”
2-guruh: “Alpomish”
3-guruh: “Donolar”
4-guruh: “Bilimdonlar”
5-guruh: “Iqtisod”
-Darsimiz qanday dars ekan?
O‘quvchilar: - Ona-tili.
O‘qituvchi:- Fanimizni qanday olqishlaymiz?
Hamma:
So‘zlashamiz biz bunda,
Bizning jon-u dilimiz.
O‘zligimiz tanitgan
Bizga ona tilimiz.
II. Otilgan mavzuni mustahkamlash.

H usnixat daqiqasi:
Kitob – yaxshi maslahatchi va o‘qituvchi.

I-shart: o‘tilgan mavzularni mustahkamlash maqsadida musobaqa tarzida har bir guruh alohida topshiriq bajaradi.

Download 247.04 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   32




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling