Darsning mavzusi. Jo‘nalish kelishigi. (221-223-mashqlar) Darsning maqsadi: ta’limiy


Qaysi javobda fe’ldan –k qo‘shimchasi yordamida ot yasaladi?


Download 247.04 Kb.
bet22/32
Sana18.02.2023
Hajmi247.04 Kb.
#1212410
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   32
Bog'liq
ona tili

3.Qaysi javobda fe’ldan –k qo‘shimchasi yordamida ot yasaladi?
A) tara B) bo‘ya C) kura D) so‘ra
4. Qaysi qo‘shimcha yordamida o‘rin-joy bildiruvchi ot yasaladi?
A) –kor B) –k C) –zor D) -dosh
5. Qaysi javobda fe’ldan –q qo‘shimchasi yordamida ot yasaladi?
A) ela B) tila C) beza D) buta



260-mashqda berilgan so‘zlardan ot yasovchi qo‘shimchalar yordamida otlar hosil qilish va ularning ma’nosini taqqoslang.
N a m u n a: sinf — sinfdosh...
Sinf-sinfdosh, olma-olmazor,
suva-suvoq, ista-istak,
bino-binokor, tarbiya-tarbiyachi.

O‘quvchilarni ot so‘z turkumi yuzasidan olgan bilimlarini mustahkamlab, hulosalash uchun “Savol-javob” metodi o‘tkaziladi. Bunda o‘quvchilar berilgan savollarga “Ha” yoki “Yo‘q” bir so‘z bilan javob berishlari kerak. Sinfda shovqinni oldini olish uchun o‘quvchilarga “Ha”, “Yo‘q” deb yozilgan tarqatmalardan foydalanish ham mumkin. O‘quvchilar o‘qituvchi savolini tinglab ovozsiz qo‘llaridagi javoblarini ko‘rsatadilar. O‘qituvchi o‘quvchilarning javoblarini kuzatib, ular egallagan bilimlarini aniqlashlari mumkin. Bu esa o‘qituvchiga bir vaqtda bir necha o‘quvchini baholash uchun yaxshi imkoniyat beradi.



O‘quvchilar uchun beriladigan savollar:
1. Ot shaxs va narsalar nomini bildiradi. “Ha”
2. Otlar kim? qanday? so‘roqlarga javob bo‘ladi. “Yo‘q”
3. Birlikdagi otlar kimlar? nimalar? so‘roqlariga javob bo‘ladi. “Yo‘q”
4. –chi, -kor qo‘shimchalari shaxs ma’nosini bildiradi. “Ha”
5. – zor , -loq, -dosh qo‘shimchalari o‘rin-joy ma’nosini bildiradi. “Yo‘q”
O‘quvchilar javoblari tinglanib, xulosa qilinadi.
IV. Darsni yakun yasash va baholash. Darsda faol ishtirok etgan o‘quvchilar baholanadi.
V.Uyga vazifa.. 261- mashqdagi Gul,bodom,kura,tara, maktab, paxta,ish, so‘zlariga ot yasovchi qo‘shimcha qo‘shib, ot yasang qo‘shimchani tegishlicha belgilang.Yasovchi qo‘shimchalar qanday otlarni hosil qilgan?
. Bilimingizni tekshiring!
• Otlar gapda boshqa so‘zlar bilan nimalar yordamida bog‘lanadi?
Kelishiklarning nomi, so‘rog‘i va qo‘shimchasini tartib bilan ayta olasizmi?
• Qaysi kelishik qo‘shimchasi otni otga bog‘laydi?
• Qaysi kelishik qo‘shimchasi so‘zni faqat fe‘lga bog‘laydi?
• Bosh kelishikdagi otlar gapda qaysi bo‘lak vazifasida keladi?
• Bosh kelishikdan boshqa kelishikdagi otlar gapda qaysi bo‘lak vazifasida keladi?


Download 247.04 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   32




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling