Darsning mavzusi. Jo‘nalish kelishigi. (221-223-mashqlar) Darsning maqsadi: ta’limiy


TK 4 : o‘zining o‘quvchilik burch va huquqlarini, vazifalarini bilish va ularga rioya qilish; rivojlantiruvchi


Download 247.04 Kb.
bet8/32
Sana18.02.2023
Hajmi247.04 Kb.
#1212410
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   32
Bog'liq
ona tili

TK 4 : o‘zining o‘quvchilik burch va huquqlarini, vazifalarini bilish va ularga rioya qilish;
rivojlantiruvchi : o‘quvchilardagi fikriy bog‘liqlikni, mantiq va xotiraning rivojlanishiga imkoniyat yaratish, muammoni hal qilishda o‘z fikrini ochiq va erkin ifodalash mahoratini shakllantirish. FK2: talaffuz me’yorlariga rioya qila oladi, o‘zlashtirilgan leksik birliklarni matnda qo‘llay oladi. TK 3 : o‘quv fanlarini o‘rganish va bir-biridan farqlash;
Darsning turi: yangi bilim, ko‘nikma, malakalani mustahkamlovchi dars.
Darsning metodi: suhbat metod ,“Lisoniy qolip”metodi.
Darsning jihozi: „ Otlarning kelishiklar bilan qo‘llanishi” jadvali, tarqatma materiallar, savolli kartochkalar.
Darsning borishi:
I.Tashkilliy qism.
II. O‘tilgan mavzuni mustahkamlash.

H usnixat daqiqasi:
Aqldan ortiq boylik yo‘q.

O‘tilgan mavzu yuzasidan o‘quvchilar bilimi savollar yordamida aniqlanadi.
-Chiqish kelishigi qanday so`roqlarga javob bo`ladi?
-Chiqish kelishigining qo`shimchasini ayting?
-Chiqish kelishigi deb nimaga aytiladi?
-Kelishik qo`shimchalarini sanab bering.
Uyga berilgan 244- mashq o‘qitiladi.
1.Bekorchidan, dilimdan, tilimdan, Hunarlardan, bilimdan .
2. ishdan-tan eshitiladi aytilishi yozilishiga mos kelmaydigan chiqish kelishigidagi ot.
Avval aytilishi yozilishiga mos kelgan chiqish kelishigidagi otlarni, keyin aytilishi yozilishiga mos kelmaydigan chiqish kelishigidagi otlarni ko‘chiring.
III. Mustahkamlash.
Doskaning o‘ng tomoniga -ning, -ni, -ga, -da, -dan qo‘shimchalari yozib boriladi.
O‘quvchilarga shu qo‘shimchalarni tushirib o‘qish topshiriladi.
-So‘zlar o‘zaro bog‘landimi?
-ning, -ni, -ga, -da, -dan qo‘shimchalari qanday vazifa bajaryapti? (Gapda so ‘zlarni bir-biriga bog‘layapti).
— Eslang, bu qo‘shimchalar qanday qo‘shimchalar deyilar edi?
-So‘z o‘zgartuvchi qo‘shimchalar qaysi so‘z turkumidagi so‘zlarga qo‘shilgan? (Ot turkumidagi so‘zlarga qo‘shilgan).
O‘quvchilarga ,,Otlarga qo‘shilgan bu qo‘shimchalarni yana nima deb nomlash mumkin?", — degan muammoli savol beriladi. Bu savolni o‘qituvchi bitta gap bilan hal qiladi: otlarga
qo‘shilgan -ning, -ni, -ga, -da, -dan kelishik qo‘shimchalaridir.
— Doskaning o‘ng tomonidagi qo‘shimchalarni kuzating. Otlarda nechta kelishik bor ekan?
(Bolalar 5 ta turga bo‘lish mumkin deb o‘ylaydilar.) O‘qituvchi doskaga kelishiklar jadvalini iladi. Bolalarga jadvalni kuzatish va kelishiklar yuzasidan beriladigan savollarga tayyorlanish topshiriladi. (O‘quvchilar o‘qituvchi beradigan savollarni bilmaydi. Lekin jadvalni sinchiklab kuzatishim kerak, degan xulosaga boradi.)
Jadval olib qo‘yiladi.
O‘quvchilarga quyidagi savollar beriladi.
— Otlarda nechta kelishik bor va qanday nomlanadi?
— Kelishiklarning nomini kim tartibi bilan ayta oladi?
— Har bir kelishik o‘zining nimasiga ega?
— Qaysi kelishikning qo‘shimchasi yo‘q? O‘quvchilar doskadagi birikmalarni daftarlariga yozib oladilar. Shu savollar bilan o‘quvchilarning dastlabki tushunchalari aniqlanadi.


Download 247.04 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   32




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling