Darsning mavzusi. Jo‘nalish kelishigi. (221-223-mashqlar) Darsning maqsadi: ta’limiy


Download 247.04 Kb.
bet1/32
Sana18.02.2023
Hajmi247.04 Kb.
#1212410
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   32
Bog'liq
ona tili


Darsning mavzusi. Jo‘nalish kelishigi. (221-223-mashqlar)
Darsning maqsadi:
ta’limiy: jo‘nalish kelishigi va uning so‘roqlari, qo‘shimchasi haqida tushuntirish, otlarning gapda boshqa so‘zlar bilan kelishik qo‘shimchalari yordamida bog‘lanishi, kelishik qo‘shimchalari, uning nomlari, so‘roqlari va vazifasi yuzasidan amaliy bilim berish:
FK1: otning kelishik qo‘shimchalari bilan turlanishini bilish;
tarbiyaviy : o‘quvchilarda mehnatga havas uyg‘otish, kitobning inson uchun foydali tomonlarini yoritib berish.
TK2:o‘quvchilarni har bir darsda kitob bilan ishlashga (o‘rganilayotgan mavzuni, mashqni tezda topishga, mashq topshiriqlarini tartibi bilan izchil bajarishga) bajarilayotgan mashqning maqsadini tushunishga o‘rganish;
rivojlantiruvchi : o‘quvchilarning lug‘atini boyitish, savodxonligini oshirish.
FK2: talaffuz me’yorlariga rioya qila olish.
TK3:o‘zining xato va kamchiliklarini to‘g‘ri tushunib, o‘zini nazorat qila olish va xatolarini tuzatishga harakat qilish, kattalarga, kichiklarga va o‘rtoqlariga yordam berish.
Darsning turi: yangi bilim, ko‘nikma, malakalami shakllantiruvchi dars.
Darsning metodi: suhbat metod , ta’limiy o‘yin.
Darsning jihozi: „ Otlarning kelishiklar bilan qo‘llanishi” jadvali,tarqatma materiallar.
Darsning borishi:
I.Tashkiliy qism.
II. O‘tilgan mavzuni mustahkamlash.

H usnixat daqiqasi:
So‘ziga boqma, ishiga boq

Matn asosida yozilgan bayon mazmuni reja asosida qayta hikoyalab, o‘qitiladi.
III. Yangi mavzu bayoni.
221- mashqdagi she’r ifodali o‘qitiladi. Ajratilgan otlarga so‘roq berish va ular qaysi kelishikda qo‘llanganini aytiladi.
Husnixat tarzida ko‘chirish , jo‘nalish kelishigi qo‘shimchasini belgilash vazifasi beriladi.
O‘qituvchi quyidagi savollar orqali mashqni mustahkamlaydi.
-Jo‘nalish kelishigidagi otlar qanday so‘roqlarga javob bo‘ladi?
-Ko‘kni quchgan birikmasi qanday ma’noda qo‘llangan?
- Baxt, sho‘x so‘zlarining yozilishini yodingizda tuting.

221-mashq.Ekranda she’r matni beriladi. Matn ostida –ga kelishik qo‘shimchasini belgilash uchun yarim oval, yarim uchburchak va yarim to‘rtburchak shakli beriladi. O‘quvchi matndan jo‘nalish kelishigi qo‘shimchasini belgilashi lozim.


Download 247.04 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   32




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling