1 -topshiriq
233-mashq matni va jo‘rchi qushning rasmi ekranda namoyish etiladi.
O‘quvchilar o‘rin-payt kelishigidagi otni va o‘zi bog‘langan so‘zni to‘g‘ri tanlasa, matndagi shu so‘zlarni ajratiladi. Bu mashq orqali o‘quvchilar o‘rin-payt kelishigidagi otlar doim fe’lga bog‘lanishi haqida bilib oladilar.
2 -topshiriq
Ekranda bittadan namoyish etiladi. O‘quvchidan maqol matni ostida asos, so‘z yasovchi va shakl yasovchi qo‘shimchalarni belgilash uchun berilgan shartli belgilar foydalanib, o‘rin-payt kelishik qo‘shimchasini tegishlicha belgilashlari talab etiladi.
|
V. Darsga yakun yasash va baholash. Dars yakunida umumiy baholar e’lon qilinadi va faol, bilimdon o‘quvchilar rag‘batlantiriladi.
VI.Uyga vazifa.O‘quvchilarga darslikdagi mavzuni o‘qib chiqish, mavzudan keyin berilgan savollarga javob topishni, topshiriqlarni bajarish uyga vazifa qilib beriladi.
234- mashq. Berilgan fe’lga mos ot tanlab, birikma tuzing.
83
82-dars. Nazorat ishi
Darsning mavzusi. Chiqish kelishigi. (239-241-mashqlar)
Darsning maqsadi:
ta’limiy: chiqish kelishigi va uning so‘roqlari, qo‘shimchasi haqida tushuntirish otlarning gapda boshqa so‘zlar bilan kelishik qo‘shimchalari yordamida bog‘lanishi, kelishik qo‘shimchalari, uning nomlari, so‘roqlari va vazifasi yuzasidan amaliy bilim berish;
FK1: otning kelishik qo‘shimchalari bilan turlanishini bilish;
tarbiyaviy: barkamol avlodga xos odoblilik san’ati va madaniyatini o‘rgatish. TK2: o‘zining xato va kamchiliklarini to‘g‘ri tushunib, o‘zini nazorat qila olish va xatolarini tuzatishga harakat qilish, kattalarga, kichiklarga va o‘rtoqlariga yordam berish;
Do'stlaringiz bilan baham: |