Darsning mavzusi. Jo‘nalish kelishigi. (221-223-mashqlar) Darsning maqsadi: ta’limiy
Download 247.04 Kb.
|
ona tili
- Bu sahifa navigatsiya:
- Darsning borishi: I.Tashkilliy qism. II. O‘tilgan mavzuni mustahkamlash.
- Qamishdan, novdasidan, patidan, ruchkalardan , ruchkadan boqiy
- 14- yanvar —Vatan himoyachilari kuni
tarbiyaviy: tabiatga to‘g‘ri munosabatning mohiyati, tabiatni muhofaza qilish insonning burchi ekanligi, ekologik nochorlikka olib keladigan sabablarni anglash
TK4: o‘zining o‘quvchilik burch va huquqlarini, vazifalarini bilish va ularga rioya qilish; rivojlantiruvchi: o‘quvchilarni mustaqil va jadal fikrlashga, hozirjavoblikka, aytilgan fikrning to‘g‘ri yoki noto‘g‘riligi haqida o‘ylashga va o‘z fikrini mustaqil va izchil isbotlashga o‘rgatish. FK2: talaffuz me’yorlariga rioya qila olish, mavzuga oid so‘zlarni og‘zaki va yozma nutqda qo‘llay oladi, TK2: televizor, radio, telefon orqali berilgan xabarlarni gapirib bera olish; Darsning turi: yangi bilim, ko‘nikma, malakalami shakllantiruvchi dars. Darsning metodi: suhbat metod, savol-javob metodi.. Darsning jihozi: „ Otlarning kelishiklar bilan qo‘llanishi” jadvali, kartochkalar, rasmlar rangli rasmlar, didaktik materiallar, mavzuga oid plakatlar. Darsning borishi: I.Tashkilliy qism. II. O‘tilgan mavzuni mustahkamlash.
O‘tilgan mavzu yuzasidan o‘quvchilar bilimi savollar yordamida aniqlanadi. Uyga berilgan mashq o‘qitiladi. -Chiqish kelishigi qanday so‘roqlarga javob bo‘ladi? -Chiqish kelishigining qo‘shimchasini ayting? -Chiqish kelishigi deb nimaga aytiladi? -Kelishik qo‘shimchalarini sanab bering. 241- mashq tekshiriladi, chiqish kelishigidagi otlar aniqlanadi. Qamishdan, novdasidan, patidan, ruchkalardan , ruchkadan boqiy — abadiy, mangu, o‘lmas so‘ziga gap tuzamiz.Aziz insonlar xotirasi abadiy o‘chmasdir.Yozuvchi va shoirlar umri boqiydir. III. Yangi mavzu bayoni. O‘qituvchi mavzu yuzasidan tushuncha beradi. Chiqish kelishigidagi ot — kimdan?, kimlardan?, nimadan?,nimalardan?, qayerdan?, qayerlardan?, qachon? so‘roqlaridan biriga javob bo‘ladi. Chiqish kelishigidagi ot, ko‘pincha fe’lga bog‘lanadi, gapda ikkinchi darajali bo‘lak vazifasini bajaradi.Chiqish kelishigining qo‘shimchasi unlilardan so‘ng, shuningdek m, n, r, 1, y ng, z, kabi undoshlardan so‘ng -dan tarzida aytiladi va shunday yoziladi. Masalan: devordan, yulduzdan, guldan, piyoladan, daryodan, qo‘ldan, o‘rmondan, tongdan. Chiqish kelishigining qo‘shimchasi jarangsiz va ba’zi bir jarangli undoshlardan so‘ng qo‘shilganda -tan tarzida aytilsa ham, har vaqt -dan shaklida yoziladi: Masalan: savatdan (aytilishi: savattan) otdan (aytilishi: ottan), mehnatdan (aytilishi: mehnattan), Turobdan (aytilishi: Turoptan). Darslikdagi 242-mashq o‘qitiladi. Chiqish kelishigi so‘roqlariga javob bo‘lgan otlarni aniqlanadi. Chiqish kelishigidagi otlarning so‘rog‘ini qavs ichida ko‘rsatib, qo‘shimchasini belgilanadi. O‘qituvchi 14- yanvar —Vatan himoyachilari kuni munosabati bilan darslikdagi rasm asosida suhbat o‘tkazadi. Download 247.04 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling