Darsning mavzusi: Kirish. “Tarixiy xotirasiz kelajak yo’q” Darsning maqsadi
Download 285.79 Kb.
|
5 sinf tarix fanidan konspekt
- Bu sahifa navigatsiya:
- Darsning maqsadi: Ta’limiy
- Darsning jihozi
- II. O’tgan mavzuni mustahkamlash
- Nyurenberg jarayoni.
- Ikkinchi jahon urushi yakunlari.
IV. Mustahkamlash. Darslikdagi topshiriqlar, savollar ustida ishlash. 12 daqiqa
V. Baholash. Darsda faol ishtirok etgan o’quvchilar baholanadi.2 daqiqa VI. Uyga vazifa. Savollarga javob yozib kelish.2 daqiqa O’quv ishlari bo’yicha direktor o’rinbosari:_________________________ Sinf: 5-“A”_______________ 5-“B”_______________ Darsning mavzusi: Birlashgan Millatlar tashkiloti (BMT) Darsning maqsadi: Ta’limiy – O’quvchilarga Birlashgan Millatlar tashkiloti (BMT) nima ekanligini tushunturish Tarbiyaviy – O’quvchilarga Birlashgan Millatlar tashkiloti (BMT) asosiy vazifalari haqida bilimini oshirish Rivojlantiruvchi – o`quvchilar tafakkurida tarixiy bilimlarni yanada kuchaytirish Darsning usuli – Aralash, aqliy hujum, klaster; Darsning turi – yangi bilim, ko’nikma va malaka hosil qilish. Darsning jihozi –”Tarix” 5-sinf uchun darslik, “Qadimgi dunyo tarixi” asari, mavzuga oid ko’rgazmali qurollar, plakatlar, tarqatma materiallar. Asosiy tushunchalar – Birlashgan Millatlar tashkiloti (BMT), BMT Nizomi, Nyurenberg jarayoni Darsning borishi. I. Tashkiliy qism. a) salomlashish, b) davomat, c) yurtimiz va xorij xabarlarini so’rash. 3-daqiqa II. O’tgan mavzuni mustahkamlash. ( uyga vazifa tekshiriladi.) 12 daqiqa III.Yangi mavzu. Birlashgan Millatlar tashkiloti (BMT) BMTning tashkil topishi. 1945-yil 25-aprelda San-Fransiskoda Birlashgan Millatlar Tashkilotining Ta'sis konferensiyasi ish boshladi. Unga Birlashgan Millatlar Deklaratsiyasini imzolagan va Germaniyaga 1945-yil 1-martigacha urush e'lon qilgan 42 davlat vakillari taklif etildi. 1945-yil 26-iyunda konferensiya BMT Nizomini qabul qildi. U BMTning birinchi navbatdagi vazifasi tinchlik va xavfsizlikni saqlashdan iborat ekanini e'lon qildi. Bugungi kunda xalqaro huquqning eng muhim hujjatlaridan biri sanalgan BMT Nizomida turli ijtimoiy-siyosiy tizimdagi davlatlarning tinch-totuv kun kechirishi va hamkorlik qilishining asosiy tamoyillari belgilandi. BMT Nizomida qayd etilgan maqsadlardan biri «irqi, jinsi, tih va dinidan qafi nazar, barchaning insoniy huquq va asosiy erkinliklariga hurmat» ruhida xalqaro hamkorlik qilish edi. Nyurenberg jarayoni. Potsdam konferensiyasida uch buyuk davlat boshliqlari asosiy harbiy jinoyatchilarni «tezkor va adolatli sud»ga topshirishga qaror qilishdi. 1945-yil 1-sentabrda ayblanuvchilarning birinchi ro`yxati e'lon qilindi. Fashizm o`zining jinoyatkorona yurishini boshlagan Nyurenbergda 1945-yil 20-noyabrdan 1946-yil 1-oktabrgacha Xalqaro tribunal natsist harbiy jinoyatchilarning birinchi guruhini sud qildi. Javobgarlikka tortilganlar orasida G. Gering, V. Keytel, E. Kaltenbrunner, I. Ribbentrop, A.YodI, A.Shpeyer va boshqalar bor edi. 12 kishi o`lim jazosiga hukm etilib, qatl qilindi (o`zini zaharlagan G. Geringdan tashqari), 7 kishi uzoq muddatli yoki umrbod qamoq jazosiga hukm qilindi. Ulardan biri G.Gess hayotining oxirigacha turma kamerasida qolib, shu yerda umrini tugatdi. Natsional-sotsialistik partiya, SS, gestapo, SD jinoyatchi tashkilotlar deb e'tirof etildi. Nyurenberg jarayoni german fashizmining g`ayriinsoniy mohiyatini, uning ko`plab xalqlar va davlatlarni yo`qotish rejalarini fosh etdi. Nyurenberg sudi qaroriga ko`ra, agressiya insoniyatga qarshi eng og`ir jinoyat deb e'tirof etildi. Bu haqiqiy xalqlar sudi, tarixning ayovsiz, lekin adolatli sudi bo`ldi. Ikkinchi jahon urushiga so`nggi nuqta qo`yildi. Ikkinchi jahon urushi yakunlari. Yevropada Germaniya va Osiyoda Yaponiyaning tor-mor qilinishi bo`ldi. Salkam o`n yil davomida butun dunyoda tinchlikka xavf solgan va tarixdagi eng qonli urushga sabab bo`lgan ikki tuzum - fashizm va militarizm yakson etildi.IV. Mustahkamlash. Darslikdagi topshiriqlar, savollar ustida ishlash. 12 daqiqa Download 285.79 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling