Darsning mavzusi: Kirish. “Tarixiy xotirasiz kelajak yo’q” Darsning maqsadi


Download 285.79 Kb.
bet46/57
Sana18.06.2023
Hajmi285.79 Kb.
#1584917
1   ...   42   43   44   45   46   47   48   49   ...   57
Bog'liq
5 sinf tarix fanidan konspekt

IV. Mustahkamlash. Darslikdagi topshiriqlar, savollar ustida ishlash. 12 daqiqa
V. Baholash. Darsda faol ishtirok etgan o’quvchilar baholanadi.2 daqiqa
VI. Uyga vazifa. Savollarga javob yozib kelish.2 daqiqa
O’quv ishlari bo’yicha direktor o’rinbosari:_________________________
Sinf: 5-“A”______________ 5-“B”____________________
Darsning mavzusi: Ikkinchi Jahon Urishi
Darsning maqsadi:
Ta’limiy – O’quvchilarga ikkinchi jahon urishi kelib chiqishi sabablarini tushunturish
Tarbiyaviy – O’quvchilarga ikkinchi jahon urishi haqida va bizning yurtdan qatnashganlarni ularning xotirasini tiklashga qaratilgan ishlar haqida tushuncha hosil qilish
Rivojlantiruvchi – o`quvchilar tafakkurida tarixiy bilimlarni yanada kuchaytirish
Darsning usuli – Aralash, aqliy hujum, klaster;
Darsning turiyangi bilim, ko’nikma va malaka hosil qilish.
Darsning jihozi –”Tarix” 5-sinf uchun darslik, “Qadimgi dunyo tarixi” asari, mavzuga oid ko’rgazmali qurollar, plakatlar, tarqatma materiallar.
Asosiy tushunchalar – Gitler,Fashistlar,SSSR
Darsning borishi.
I. Tashkiliy qism. a) salomlashish, b) davomat, c) yurtimiz va xorij xabarlarini so’rash. 3-daqiqa
II. O’tgan mavzuni mustahkamlash. ( uyga vazifa tekshiriladi.) 12 daqiqa
III.Yangi mavzu. Ikkinchi Jahon Urishi
Urush o`choqlarining paydo bo`lishi. Germaniyada davlat tepasiga fashistlarning kelishi bilan Yevropadagi siyosiy vaziyat keskin o`zgardi. Gitler ya boshqa gitlerchi rahbarlarning «marksizmni bu yerda va butun dunyoda quritish» to`g`risidagi da'volari uning obro`sini Yevropa jamoatchiligi oldida behad oshirdi va unga G`arb taraqqiyoti uchun kurashchi tojini kiydirdi. G`arb davlatlarining SSSR va Germaniya o`rtasida harbiy qarshilik yuzaga kelishi umidida SSSR bilan hamkorlik qilishdan voz kechdilar. G`arb davlatlari fashistlarni SSSR bilan harbiy qarshilikka kirishishga undadilar. Biroq, Gitler oldin Reyn viloyatini, so`ngra Avstriya, Sudet va, nihoyat, Chexoslovakiyani bosib oldi. Shu taxlit Yevropada birinchi urush o`chog`i alangalandi. Gitler katta urush boshlash yo`liga tushdi. Ikkinchi urush o`chog`i Uzoq Sharqda yuzaga keldi. Yaponiya hukumat doiralarida yapon militarizmi agressiyasini shimolga, sovet Primoryesi, Sibir, Xitoy va Mongoliya tomonga rivojlantirish tarafdori bo`lgan kuchlar yutib chiqdi. 1938-yil yozida yapon harbiylari SSSRga qarshi jiddiy avantyura uyushtirdilar. Yapon qo`shini qismlari sovet chegarasini Hasan ko`li yaqinida buzib o`tdi, biroq ayovsiz janglar natijasida ular Manjuriya hududiga chekinishga majbur bo`ldilar. Yevropada kollektiv xavfsizlik uchun kurash. Sovet diplomatiyasi1933-yili Yevropada kollektiv xavfsizlikni qaror topdirish kampaniyasini boshladi. Uning mohiyati har bir qatnashchi umumiy xavfsizlik uchun teng javobgar bo`lgan o`zaro yordam to`g`risidagi mintaqaviy bitimlarni tuzishdan iborat edi. Bu g`oyaning amalga oshirilishi kollektiv harakatlar bilan urushning oldini olish imkonini berardi. Sovet hukumatining diplomatik tashabbusi malum darajada muvaffaqiyat qozondi. 1935-yil 2-mayda Parijda SSSR va Fransiya o`rtasida o`zaro yordam ko`rsatish to`g`risidagi bitim imzolandi. Ikki hafta o`tib xuddi shunday bitim Sovet Ittifoqi va Chexoslovakiya o`rtasida tuzildi, biroq u SSSRning Chexoslovakiyaga faqat Fransiya Chexoslovakiyaga nisbatan o`z majburiyatini bajargan taqdirdagina yordam berishini ko`zda tutardi.

Download 285.79 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   42   43   44   45   46   47   48   49   ...   57




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling