Darsning mavzusi: Mavsumiy va marosim qo’shiqlari
Download 228.74 Kb.
|
mavsumiy va marosim qoshiqlari 4
- Bu sahifa navigatsiya:
- “Topqir topoloq”
- -O’qituvchi
-O’qituvchi: Mana sizlar bilan o’tgan mavzular yuzasudan “Kim bilag’on” “Shari savollarga shari javoblar” o’yinlarida olgan bilimlarimizni namoyon etish bilan birga xato va kamchiliklarimizni ham tog’irlab, bilim bo’shliqlarimizni mustahkamlab oldik. Keling, endi sizlar bilan yangi mavzuni boshlashdan avval yana bir o’yin o’ynasak. Bu o’yinimizni nomini “Topqir topoloq” deb nomlaymiz. Ushbu o’yinimizda guruhlarga uch xil topshiriq beramiz.Topshiriqni albatta, jamoalar hamjixatlikda aniq va to’gri bajarishlariga ishongan xolda beriladigan topshiqirni tushuntirishni boshlayman, marhamat diqqat bilan tinglang.
1-guruh ushbu katakchlarga tabiat nomlarini topib yozasiz va katakchalarda joylashgan qo’shiqlarni fasllarga xos va mos keladigan qo’shiqlarga ajiratib, ularni nomini topib qo’yadilar. 2-guruh esa to’rtta katakchalar ichida bollar folkloriga, mehnat qo’shiqlariga, to’y marosim va xaql qo’shiqlariga xos qo’shiqlarni topib joylashtiradilar. 3-guruh to’rtta katakchalar ichiga fasllarda o’tkaziladigan bayramlarni, milliy o’yinlarni, raqslarni joylashriradilar. Guruhlar berilgan topshiriqni bajarganlarida uni birma-bir tekshiriladi va ushbu o’tiladigan yangi mavzu kelib chiqadi. -O’qituvchi: Aziz o’quvchilar mana sizlar bilan berilgan topshiriq orqali o’tadigan yangi mavzuyimizni ham bilib oldik. IV.Yangi mavzu bayoni. “Mavsumiy va marosim qo’shiqlar”. -O’qituvchi: O’zbek xalqining yil oylari va fasllariga bog’liq xolda o’tkaziladigan an’anaviy marosim va udumlari bor. Masalan: go’zal bahor faslida “Navro’z” bayrami keng nishonlaniladi. Lola sayllari, dehqonchilik va mehnatga oid “Shox moylar” marosimi o’tkaziladi.Kuz faslida esa yig’im-terim ishlari olib borilgan bo’lsa, qish faslida gap-gashtaklar uyushtiriladi. Xalq og’zaki musiqa ijodida ana shu kabi mavsum-marosimlarga bevosita bog’liq qo’shiqlar ham yuzaga kelgan. Yurtimizda marosimlardan b iri bo’lgan bu to’y marosimlarida yor-yor, kelin salom, to’ylar muborak kabi qo’shiqlarni xalqimiz sevib ijro etib keladilar, shu bilan birga “Muchal to’yi”, “Beshik to’yi” kabilarni ham o’tkazilib kelinadi.Bunday marosimlarni o’ziga xos odatlarini bajarish bugungi kunda avloddan-avlodga o’tib kelayotgan an’analarimizdandir. Shu bilan birga ko’pkari-uloq musobaqa o’yini, dor o’yini kabi tamosha va sayillarni ham o’tkazib kelinmoqda. Bahor sayllarida masxaraboz va qiziqchilarning chiqishlaribilan xalqimizni yuziga kulgi va quvonch ulashadilar. O’zbek xaql raqslaridan “Andijon polkasi”, “Dilxiroj”, “Tanavor”, “Lazgi” kabilarga xali hamon xalqimiz sevib raqsga tushib keladilar.Keling, sizlar bilan mavsumlarga xos bo’lgan bollar folklor qo’shiqlarni ijro etishni o’rganamiz. O’qituvchi o’quvchilar bilan “Yomg’ir yog’aloq”, “Chittigul”, “Asp bo’laman”, Boychechak”, “Sumalak” kabi qo’shiqlardan parchalarni jamoa bo’lib ijro etadilar. Download 228.74 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling