Dаrxаtlа Vа Ulаrdаn Olinаydigаn Yаg'och Turlаrining Mаhаliy Hudutdа O'sаydigаn Turlаri Mundarija : Kirish


Semenov zarangi (Acer Semenovii Rgl.)


Download 362.07 Kb.
bet6/15
Sana17.06.2023
Hajmi362.07 Kb.
#1530285
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15
Bog'liq
Kurs ishi mavzu Markaziy Osiyo o’rmonlari dendroflorasi va o’zi

Semenov zarangi (Acer Semenovii Rgl.) 5 metr balandlikkacha o‘suvchi kichik daraxt. Ba’zan ko‘p tanali daraxt ko‘rinishida ham o‘sadi. Ko‘p yillik tanasi va shoxlari kulrang, bir yillik novdalari jigarrang. Barglari uch qirqimli, 3-4 tadan ko‘p bo’lib o‘sadi, zich yuqorisi yashilroq, pastki qismi ochiq rangda, chekkalari tishli. Gul to‘plami zich, mayda, sariq gullar to‘plamidan iborat bo‘ladi. Barglarini yozib bo’lganidan so‘ng gullaydi. Gullari asalga boy. Mevasi 2 qanotchali, uzunligi 3-4 sm, qanotlari to‘g‘ri burchak ostida joylashgan. Yosh mevalari olovrang qizil, lekin yetilishi davomida sarg'ayadi.
Ingichka bargli jiyda, qushjiyda (Elaeagnus angustifolia L.) Balandligi 8 metrgacha bo'lgan kichik daraxt yoki buta hisoblanadi. Barglari ellipssimon yoki lansetsimon shaklda 5-8 sm uzunlikda, yuqori tomoni yashil rangda, ostki qismi kumushsimon rangda. Barglarini yozib bo‘lgach gullaydi. Gullari juda xushbo‘yligi bilan ajralib turadi. Gullari qo‘ng‘iroqcha ko’rinishda sariq rangda, barg qo‘ltig‘ida 1-3 donagacha bo‘ladi. Mevalari 1,5 sm uzunlikkacha bo‘lgan donacha, unsimon shirin meva etiga ega. 5-6 yoshdan mevaga kiradi. Yog‘ochi duradgorchilikda ishlatiladi. Juda chuqur o‘suvchi ildiz sistemasini vujudga keltiradi. Dastlabki hayot bosqichida tezroq o‘sib rivojlanadi, kuchli sho‘rlangan va toshloq tuproqlarda 5 yoshida 4 m balandlikka yetadi. 60—80 yilgacha yashaydi.
Chilonjiyda yoki xitoy finigi (Ziziphus jujuba Mill.) 5-10 m balandlikdagi tikanli bargli buta yoki qalin qobig’i bo’lgan kichik daraxt. Uning gullari mayda, ko’kimtir, gul qismlari 5 tadan bo‘lib, mevasi usti qizil, jiydaga o‘xshash danakcha. Yosh novdalari egri-bugri, tikanli kichik daraxt. Urag‘dan yaxshi ko‘payadi, ildizidan bachkilaydi. Chilonjiyda Xitoyda ko‘p uchraydi, uning ming yillar davomida ko‘plab xalq seleksiyasi tomonidan yirik mevali navlari yaratilgan. Bu yerda u asosiy mevali o‘simlik hisoblanadi. Quritilgan mevasining tarkibida 70% qand, 5,36 % protein, 1,4 % kislota, 2,8 % kul bo‘ladi. Mazasi xurmoga va olmaga o'xshaydi. Chilon jiyda gipertoniya kasalligini davolashda ham foydali hisoblanadi.

Download 362.07 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling