Dаrxаtlа Vа Ulаrdаn Olinаydigаn Yаg'och Turlаrining Mаhаliy Hudutdа O'sаydigаn Turlаri Mundarija : Kirish


Oq yoki qum saksovul (Haloxylon persicum Bge


Download 362.07 Kb.
bet8/15
Sana17.06.2023
Hajmi362.07 Kb.
#1530285
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   15
Bog'liq
Kurs ishi mavzu Markaziy Osiyo o’rmonlari dendroflorasi va o’zi

Oq yoki qum saksovul (Haloxylon persicum Bge). Buta yoki 2-3 metr (ba’zida 5-6 m) bo‘yli daraxt bo’lib o‘sadi, shoxlanishi poya asosidan boshlanadi. Tanasining po‘sti oqish yoki och kulrang tusda, shoxlari bo’laksimon, quruq, ko’kish yashil rangda bo'ladi. Kuzda och -kulrang tusga kiradi, sovuq urganida esa somon sariq rangga o’zgaradi. Ya’ni, o’sgan novdalari, odatda, achchiq ta’mli, mayda, po’stsimon, shaffof qirrali bargchalari poyalariga zich taqalgan. Kalta novdalarida gullari ayrim joylashgan, och-sariq rangda bo’ladi. Unda katta yaproq barglari yo'q; aslida barglari suvli novdalar singari orqaga qaytdi. O'simlik qum tepalarida, cho'llarda va qum tizmalarida uchraydi, u yerda ko'pincha toza stendlar hosil bo’ladi, o’rtacha zichligi gektariga 400-500 daraxtgacha. Oq saksovul - bu ozuqaviy jihatdan kambag'al tuproqda o'sadigan va qurg'oqchilikka bardosh beradigan bardoshli daraxt. Daraxt yil davomida barg hosil qiladi, may-iyun oylarida gullaydi. Mevalari yassi qanotchalar bo’lib, diametri 1 sm gacha, 5 ta yarim shaffof yelpig’ichsimon qanotchalari bor, oktyabr oyida yetiladi. Yog’ochi kulrang tusda, yonilg’i sifatida ishlatiladi.
Rixter sho’rasi yoki cherkez (Salsola Richteri Kar.). 2-3 metr (ba’zida 5 m) balandlikka yetadigan daraxt yoki butadir. Shox-shabbasi panjarasimon, och yashil, oqish sariq tusli. Poyalari, shoxlari chiroyli, tekis (silliq), oqish, uzun, suvli, silindrsimon, kam tuklangan barglari bor, poyalari uchiga qarab barglari maydalashib boradi. Qish davrida barglari to‘kilib, to‘shama qavatini tashkil etadi.
Gullari ayrim jinsli, mayda (3-4 mm) pushtirang. Mevasi dumaloq, besh qirrali, yarim shaffof qanotcha, kulrang-kumush yoki tillarang, kuzga kelib och tusga kiradi, diametri 2 sm gacha bo‘ladi. Ildiz tizimi tarmog‘i yuza joylashgan, sizot suvlari yaqin bo’lgan yerlarda chuqurga qarab o'sadi. Tipik psammofitlar turkumiga mansub o’simlikdir. Poyalari qum bilan bostirilsa, qo'shimcha ildiz hosil bo'ladi, qum, shamol bilan ko’chganida ko'plab ildiz bachkilari paydo bo'ladi. Ildizlari rivojlanib tezda qumni ushlab qoladi. Sho’rlangan yerlarda o’sadi, qumlar to'planib qolganida poyalari uchlaridan quriydi. 15—20 yilgacha umr ko'radi.

Download 362.07 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   15




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling