Dаrxаtlа Vа Ulаrdаn Olinаydigаn Yаg'och Turlаrining Mаhаliy Hudutdа O'sаydigаn Turlаri Mundarija : Kirish


Download 362.07 Kb.
bet11/15
Sana17.06.2023
Hajmi362.07 Kb.
#1530285
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   15
Bog'liq
Kurs ishi mavzu Markaziy Osiyo o’rmonlari dendroflorasi va o’zi

Xandonpista (Pistacia vera). Xandonpista Markaziy Osiyodagi tog' qiyaliklarida yovvoyi holda o‘sadi. U Markaziy Osiyoda, Kavkazortida va Qrimda ko‘p ekiladi. Qurg‘oqchilikka va issiqqa juda chidamli. Ko‘p sug’orilsa yoki yerda nam haddan tashqari ko‘p bo’lsa, qurib qoladi. Xandonpista asosan urug‘dan ko‘paytiriladi.
Sivers olmasi (Malus Siversli (Ledeb)Rocm.) Turning areali Tyan-Shan, Pomir-Oloy, Tarbagatay va Afg‘onistonning shimolini qamrab olgan. Barcha togli hududlarda 900-2500 m balandliklarda 160 janubiy, sharqiy va janubiy-sharqiy tog‘ yonbag‘irlarida uchraydi. Ushbu turga polimorfizm xos bo‘lib,tabiatda xilma-xil meva shakllariga ega daraxtlar uchraydi. Bu olma turi sovuqqa va qurg'oqchilikka chidamli tur, 150 yilgacha yashaydi. O’rmonchilikda muhim
ahamiyatga ega, madaniy navlar uchun payvandtag rolini bajaradi.
Oddiy shirin bodom (Amygdalus communis L.) Yovvoyi tabiatda u G'arbiy Tyan-Shanning katta maydonlarida o'sadi. Bodom qadimdan ekilib kelgan, asosan O'rta Osiyo respublikalarida. Bodom termofildir, lekin erta gullaydigan o'simliklar sovuqqa -20 ° S dan pastroq va qobiq bilan qoplangan uxlab yotgan kurtaklarga, hatto minus 32-35 ° S dan pastroqqa bardosh bera oladi. Ko'plab mevali ekinlar bilan taqqoslaganda, bodom engil va tuproqqa nisbatan unchalik ahamiyatli bo'lmaganligi va uning unumdorligi bilan ajralib turadi. Ildiz sistemasi chuqur (6 metrgacha) rivojlanadi, qurg'oqchilikka chidamli, lalmikor yerlarda bodomzorlar barpo etish maqsadga muvofiqdir .
Turkiston yoki qizil do‘lana (Crataegus turkestanica Pojark.). Bu do‘lana tunning areali Tyan-Shan, Pomir, Oloy, Kopettog‘ni o'z ichiga oladi. U asosan toshloq tog‘ yonbag'irlarida, daralar tubida, dengiz sathidan 2000 metrgacha bo'lgan balandliklarda tabiiy holda o‘sadi. Ushbu tur turli iqlim sharoitlariga moslashuvchan hisoblanadi. Ayniqsa Markaziy Osiyo tabiiy iqlim sharoitlariga yaxshi moslashib ketgan. Asosan qurg’oqchilikka chidamli bo’lib, tabiiy holda ushbu tur toza o’rmonlarni ya’ni tabiiy do’lanazorlarni tashkil eta olgan.

Download 362.07 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   15




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling