Dаrxаtlа Vа Ulаrdаn Olinаydigаn Yаg'och Turlаrining Mаhаliy Hudutdа O'sаydigаn Turlаri Mundarija : Kirish


O’rmon hosil qiluvchi turlarning tabiiy tarqalish areali hamda tashqi muhit bilan munosabatlari


Download 362.07 Kb.
bet10/15
Sana17.06.2023
Hajmi362.07 Kb.
#1530285
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   15
Bog'liq
Kurs ishi mavzu Markaziy Osiyo o’rmonlari dendroflorasi va o’zi

O’rmon hosil qiluvchi turlarning tabiiy tarqalish areali hamda tashqi muhit bilan munosabatlari.

Markaziy Osiyo o’rmonlarida o’rmon hosil qiluvchi daraxt turidan biri bu Zarafshon archasi (Juniperus zeravschanica) hisoblanadi. Juniperus seravschanica Qozog'iston, Qirg'iziston, Tojikiston va O'zbekistondagi baland tog’li o’rmonlarda uchraydi. Zarafshon archasi qurg'oqchilikka chidamli va issiqsevar daraxt. Sernam tuproqli yerda yaxshi o'sadi. Tog'li mintaqalarda dengiz sathidan 2800 m balandlikda o'sadi. Qurg'oqchilikka chidamli va ildiz tizimi baquvvat bo'lganligi sababli uni tog' qiyaliklariga ekish muhim ahamiyatga ega. Bu archa Markaziy Osiyo qo'shni mamlakatlarida ham uchraydi.
Turang‘i (Populus diversifolia Schrenk) Qozog‘istonda daryo bo‘ylarida, jumladan, Ural, Emba, Irtish daryolari bo‘yida, vodiylarda tarqalgan, Xitoyning g'arbida ham uchraydi. Daryo qirg'oqlaridagi qumli va qumoq tuproqli yerlarda turang‘i yaxshi o‘sadi. Turang’i yer tanlamaydi, namgarchilikda yaxshi o’sa oladi. Sho‘rtob yerlarni ko‘kalamzorlashtirishda turang‘i katta ahamiyatga ega.
Oqtol (Salix alba L). Bu tol keng tarqalgan, uning areali shimolda 62 shimoliy
kenglikkacha yetib boradi. U MDH ning Yevropa qismida, Kavkaz va Markaziy Osiyoda keng tarqalgan. Bu tol daryo qirg'oqlarida, ko'l bo'ylarida, botqoq yerlarda o'sadi, yer ostki suvlari yaqin yerlarda ekiladi. MDH dan tashqari, Kichik Osiyoda, Eronda va Xitoyda ham ko'p uchraydi. Oqtol qurg'oqchilikka, issiqqa va sovuqqa hamda tuproqning sho'riga chidamli, chiroyli daraxt. Shaharlarda aholi yashaydigan deyarli hamma joylarda ko'p ekiladi. Uning majnuntol singari shakllari bo'lib, ular ko'kalamzorlashtirish uchun juda mos keladi.
Grek yong‘og‘i (Juglans regia L.) Markaziy Osiyoda katta-katta yong'oqzorlar hosil qiladi. Hozir ularning maydoni 75 000 gektarga yaqin. Eronda, Afg'onistonda, Xitoyda, Koreyada va Yaponiyada ham o'sadi. Toglik hududlarda dengiz satxidan 800-2300 m gacha ko'tariladi. Markaziy Osiyoda, Kavkazda, Qrimda, Moldaviya va Ukrainada ko'p ekiladi. Sovuqqa chidamsiz bo'lganligidan MDH ning Yevropa qismida ko'p ekilmaydi. Hozir uning sovuqqa chidamli navlari chiqarilmoqda va tanlab olinmoqda. Yong'oq yorug‘sevar o’simlikdir. o'simlik, tuproq tanlaydi, unumdor va ohakli yerlarda yaxshi o'sadi. Yog'ochi o'zakli, qattiq, og'ir. U mebel sanoatida ko'p ishlatiladi.

Download 362.07 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   15




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling