Dаrxаtlа Vа Ulаrdаn Olinаydigаn Yаg'och Turlаrining Mаhаliy Hudutdа O'sаydigаn Turlаri Mundarija : Kirish


Tatar shilvisi (Lonicera tatarica L.)


Download 362.07 Kb.
bet7/15
Sana17.06.2023
Hajmi362.07 Kb.
#1530285
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   15
Bog'liq
Kurs ishi mavzu Markaziy Osiyo o’rmonlari dendroflorasi va o’zi

Tatar shilvisi (Lonicera tatarica L.) o‘rtacha buta yoki kichik daraxt. Tanasi va shoxlarining po‘stlog‘i kul rang, po’st tashlab turadi. Yon kurtaklari bir-birining ustida 2-3 tadan zich joylashadi. Barglari oddiy tuzilgan, tuxumsimon, tubi yuraksimon tuzilgan, juda keng. Shu bilan boshqa turlaridan farq qiladi. Bu shilvi may oyida gullaydi. Gullari juft-juft bo‘lib joylashadi, binafsha yoki oq rangda. Sharsimon, qizil rangli rezavor mevalari juft-juft bo‘lib, yarmigacha o‘zaro qo‘shilib o‘sadi. Ular iyul oyida yetiladi, ta’mi achchiq bo‘ladi, lekin uni qushlar iste’mol qiladi. Mevasining ichida yassi shakldagi urug‘i bo‘ladi. Urug’i bahorda sepilsa, bir necha kundan keyin unib chiqadi. Shilvi o‘simlik biti va virus kasalliklaridan tez-tez zararlanadi, natijada sekin o’sib, rivojlanadi. Uning erta bahorda chiroyli gullashi, yozda rezavor mevalarining rangdorligi, o‘rmon xo’jaligida va o‘rmon melioratsiyasi ishlarida undan keng foydalanishga imkon beradi.
Qora yoki sho’rxok saksovul (Haloxylon aphyllum (Minkv) fljin.) Tuproqni himoyalash, ko‘chma qumlarni to‘xtatish, cho‘l va yaylovlarni saqlash kabi cho‘ldagi muhim vazifalarni bajaradi. Bundan tashqari, qorasaksovulzorlar katta xo‘jalik ahamiyatiga ega. Chunki Markaziy Osiyo mamlakatlari aholisi uchun ular mayda qurilish materiali hamda asosiy yonilg'i manbasi bo‘lib xizmat qiladi.Qorasaksovul 12 metr balandlikkacha 0‘sadigan daraxt yoki buta sifatida uchraydi. Qumlik o'simliklari ichida bular eng ulkanlaridir. Tanasi (poyasi) qing‘ir-qiyshiq, bog’lamsimon, po‘sti qora, shox-shabbasi yoyiq panjarasimondir. Yosh va yetuk paytida shox-shabbasi sharsimon (dumaloq) shaklda yoki to‘psimon, yoshi o‘tgan sari o‘zgaradi, balandligiga o‘smaydi, aksincha eniga kengayadi, chunki o‘sish jarayoni susaygan sari shoxlari o’tirishib yon tomonga qiyshayib o‘sadi. Poyalari bo‘lmali, mo‘rt, suvli, to‘q yashil, sho‘rxoq-nordon ta’mli, osilib turuvchi bo‘lib, mayda g‘adir-budur o‘simtalari bor. Barglari bo‘lmaydi, kurtaklari fevralda ochila boshlaydi. Gullari mayda 2 mm och-sariq rangli, ikki jinsli, besh qo‘rg‘onli. Mevalari qanotchalar, meva chetlari bukilgan, atrofida qanotchalari bor, gul og‘zi bargchalaridan paydo bo‘ladi. Urug’larida spiralsimon murtagi bor. 5-6 yoshidan ba’zida undan ham oldinroq mevaga kiradi. Ildiz tizimi o‘q ildizli, tuproqning nam qatlamlarida yoyilib, (taralib) o‘sadi. Mustahkam va pishiq tolalar bilan qoplangan, mayda ildizchalarning qurib qolishidan himoya vositasi bo‘lib xizmat qiladi. Yog‘ochining o‘zagi to‘qroq rangda va zichroq bo‘lib po‘stloq ostidagi qatlamidan farq qiladi. Yosh paytida tez o‘sadi. Urug‘ ko'chati birinchi yilda 25-30 (120) sm gacha, to‘nka o’simtalari 1 metrgacha; 6-10 yillik paytida balandligi 5-7 metr, yog‘och tanasining yo‘g‘onligi 25-30 sm; 25-30 yillik qora saksovul esa 4-5 m balandlikkacha, yog‘ochining yo‘g‘onligi 40-50 sm gacha yetadi. Qora saksovul 50-60 yil umr ko‘radi.
O‘simliklar orasida saksovul qumlarni hammadan yaxshi mustahkamlaydi. Kuchli rivojlangan ildiz tarmoqlari bilan saksovul qum massalarini ushlab qolib, yo'nalishini to’xtatadi, bu joyda esa boshqa o’simliklar va butalar o’sib rivojlanadi. Cho’llardan tashqarida o’sgan daraxt va butazorlardan saksovul keskin farq qiladi. Oq saksovul poyalarida bo’ladigan tikanli qobiqchalar (cheshuyek) ni hisobga olmaganda, ularda barglar bo’lmaydi. Shu sababdan, o’simlikdagi organik moddalar yangi o’sgan novdalarida (ba’zi cho’l o’simliklari singari) to’planadi. O’simlik uchki novdasining o'sishi o’zgacha bo’ladi. Saksovul kambiy to’qimasi poyani aylana halqalar bo’yicha qoplamasdan, bog'lamlarga yig‘iladi, shuning uchun yillik halqa qatlami novda bo‘lmaydi. Poyaning ko‘ngdalang kesimidagi yillik halqachaga o‘xshagan chiziqlar aslida uzuq-uzuq spiralga xosdir. Bir yil davomida 5-8 ta va undan ham ko‘proq halqachalar paydo bo‘lishi mumkin. Bu narsa saksovul tanasining indivudial xususiyati hamda tuproq-iqlim sharoitiga bog’liq. Shu sababdan, saksovul yoshini yillik halqachalar sonidan aniqlab bo’lmaydi. Hozirgi vaqtda o’rmon xo‘jaligida saksovul yoshi shox ayrilari bo‘yicha V.M. Arsixovskiy va A.V. Gvozdikov tenglamalari yordamida aniqlanadi. Saksovul yog‘ochi nafaqat o‘zining tuzilishi, balki boshqa ko‘plab xususiyatlari bilan farqlanadi. U og‘ir, solishtirma og‘irligi 1,02 ga teng, suvda cho’kadi, nihoyatda qattiq va shu bilan birga juda mo‘rt. Yog‘ochining mo’rtligi tolalari kaltaligi va hujayralarining mineral tuzlar bilan to‘yinganligi sababdir. Saksovul yog‘ochini arralash, chopish qiyin, lekin sindirish oson. Saksovul yog'ochi qurilishlarda kam ishlatiladi, chunki poyalari qiyshiq, qattiq, mo‘rt, foydali yog‘och chiqishi juda kam (5 %). Lekin issiqlik berish xususiyatiga ko‘ra saksovul eng yaxshi yog‘och yonilg‘i sanaladi, nafaqat o’tin, balki yog‘och, ko‘mir sifatida ham ishlatiladi. Saksovul ko‘miri o‘zining yuqori issiqlik beruvchanligi va yonishi davomiyligi uzoq bo‘lganligi uchun yuqori baholanadi. Saksovul yog‘ochini tayyorlash usullari kovlab olish va poyalarini sindirish orqali bajariladi. Tayyorlangan yog‘och og‘irlik o‘lchov birligida belgilanadi, 1 tonna saksovul yog‘ochi 1 m3 yog‘ochga tenglashtiriladi. Saksovul mart-aprel oylarida 5-7 kun davomida gullaydi. Gullab bo‘lganidan keyingi jazirama yoz issig‘ida meva tugunchalari hosil bo‘lmaydi, faqat sentabr oyiga kelib mevalar shakllanadi. Sentabr oxirida saksovulda ko'plab mevalar hosil bo’ladi. Mevalari qanotchalar, havorang, gulni eslatadi. Oktabrda mevalari yetilib, to’kilib tushadi, faqat ayrimlaridagina ba’zi shoxchalarida qolgan mevalari keyingi bahorgacha turadi. Mevalari shamol yordamida tarqaladi. Har yili mevalari hosil bo‘ladi, lekin 2 yil oralatib, 3-yilga qarab mo‘l hosil beradi.

Download 362.07 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   15




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling